Obrazovaniya respubliki uzbekistan
Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologining 2019-2020 o‘quv yili uchun yillik ish rejasi
Download 224.07 Kb.
|
155 lotinda (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ish mazmuni Ish shakli Muddat
- PSIXO1 KORREKSIYA
- PSIXOLOGIK TARG‘IBOT ISHLAR
- 2. Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologining oylik ish rejasi
- oyi uchun psixologning oylik ish rejasi
- 1-hafta 2-hafta 3-hafta
- Yil davomida o‘tkaziladigan tadbirlar
- Ota-onalar va xodimlar uchun maslahatlar.Ushbu bo‘limda psixolog maslahatiga muhtoj ota-onalar va xodimlarning murojaatlari hamda uning echimi qayd etib boriladi.
- Xodim Ota-ona
- F.I.SH Kern - Yirasek Uycha
- O‘quv maqsad (ijtimoiy va mantiqiy, savollar) Umumiy rivojlantirish darajasi
- 6. Pedagogik jarayonni kuzatish
- 06-03. Pedagoglar bilan o‘zaro hamkorlik ish rejasi
- 06-04. Psixologik xulosalar va bolaning psixologik rivojlanish xaritasi
- Bolalarning psixologik rivojlanish darajalari ko‘rsatkichlari
- Tafakkur Mayda motorika Nutq
Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologining 2019-2020 o‘quv yili uchun yillik ish rejasi
2. Maktabgacha ta’lim tashkiloti psixologining oylik ish rejasi Oylik ish reja yillik ish rejadan kelib chiqqan holda psixolog tomonidan psixoprofilaktika, psixodiagnostika, psixokorreksiya, psixologik targ‘ibot hamda metodik ishlar hafta va hafta kunlariga qarab joylashtiriladi. Namuna oyi uchun psixologning oylik ish rejasi
Yil davomida o‘tkaziladigan tadbirlar Tadbirlar rejasiga psixolog faoliyati davomida tashkilot, tuman (shahar) miqyosida o‘tkaziladigan seminarlar, ochiq muloqotlar, treninglar, davra suhbatlari, oilalarga tashriflar, ota-onalar bilan uchrashuvlar, mutaxassislar bilan mahorat maktablarini o‘tkazish shakli va muddatini belgilaydi. Namuna
Ota-onalar va xodimlar uchun maslahatlar.Ushbu bo‘limda psixolog maslahatiga muhtoj ota-onalar va xodimlarning murojaatlari hamda uning echimi qayd etib boriladi.
Izoh: Ma’lumotlar yopiq saqlanadi Umumiy o‘rta ta’lim maktablariga chiqariladigan bolalar bilan olib boriladigan ishlar:Bolalarni maktabga tayyorgarlik darajasi, bolalarni kuzatishlar asosida rivojlanishi xaritasini to‘ldirilishi yakunlariga ko‘ra aniqlanadi. Bolalarning psixologik rivojlanish darajasini aniqlash uchun turli psixologik testlar o‘tkazilishi mumkin. Namuna
6. Pedagogik jarayonni kuzatish Kuzatuv daftari maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari uchun guruhlar kesimida yuritiladi, bunda bolalarning moslashuv davri, ularning faoliyatlardagi ishtiroklari va pedagog xodimlarning olib borayotgan ish jarayoni muntazam ravishda kuzatiladi. Kuzatuv jarayonida bolaning “Ilk kadam” davlat o‘quv dasturi asosida egallayotgan bilimlari, mashg‘ulot va o‘yinlarda tengdoshlari bilan munosabati, undan tashqari, bolaning iqtidor qirralari, notinch, muammoli tomonlari, agressiya belgilari aniqlanishi mumkin (aniqlangan kamchiliklar kuzatuv natijasi bandida qayd etiladi). Kuzatuv natijalariga ko‘ra, psixolog tarbiyachi bilan birgalikda bolaning ta’limiy- tarbiyaviy faoliyatdagi salbiy munosabati va aniqlangan muammolari yuzasidan induvidual ish olib boradi. Kuzatuv bir oyda 8-10 marotaba o‘tkaziladi. Namuna
06-03. Pedagoglar bilan o‘zaro hamkorlik ish rejasi Ushbu hamkorlik rejasi mutaxassislar orasida o‘zaro yuritilib, bir-birlarini to‘ldirishga qaratilgan. YA’ni: psixolog muassasada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, ota-onalar, bolalar hamda xodimlar uchun turli xildagi tavsiya, mahorat maktablari, trening mashg‘ulotlari, faoliyatlari davomida uchrashi mumkin bo‘lgan noxush holatlarning oldini olish, ishlash uchun qulay sharoit yaratish bo‘yicha bir yillik reja tuzadi. Ushbu rejani bajarish mutaxassislar hamkorligida amalga oshirilishi lozim. Namuna
06-04. Psixologik xulosalar va bolaning psixologik rivojlanish xaritasi - xizmat doirasidagi hujjat hisoblanib, bola shaxsi va huquqlarini hurmat qilgan holda, u haqida aniqlangan ma’lumotlar begonalarga e’lon qilinmaydi. Uquv yilining I yarim yilligida, ya’ni sentyabr-oktyabr oyida katta va maktabga tayyorlov guruh bolalarining bilish jarayonlari (tasavvur, xotira, diqqat, tafakkur, mayda qo‘l motorikasi va nutqi) diagnostika qilinadi. Diagnostik tahlil olib boriladi va rivojlanish darajasida past ko‘rsatkich aniqlangan bolalar korreksion ishlar olib borish ro‘yxatiga kiritiladi va ular bilan korreksion ishlar olib boriladi. Bolalarning bilish jarayonini aniqlash maqsadida 2 va undan ortiq metodika qo‘llaniladi. Diagnostika natijasi ballar asosida rivojlanish xaritasi jadvalida aks ettiriladi. (3 -ball yuqori, 2-ball o‘rta, 1-ball past). Namuna Bolalarning psixologik rivojlanish darajalari ko‘rsatkichlari
Utkazilgan sana Guruh Download 224.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling