07 - Maktabgacha ta’lim tashkiloti musiqa rahbari
07-01. O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 1-MH-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan (Adliya vazirligida 3 iyul 2018 yilda 3032-son bilan ro‘yxatdan o‘tgan) “O‘zbekiston Respublikasi ilk va maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan Davlat talablari”.
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 7 iyuldagi 4-sonli hay’at yig‘ilishi qarori bilan tasdiqlangan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi.
07-02. Musiqa rahbarining shaxsiy ish rejasi (Ish jurnali) quyidagi bo‘limlardan iborat:
Musiqa rahbarining ish jadvali.
Musiqa mashg‘ulotlarining istiqbol rejasi.
Musiqa mashg‘ulotlarini mavzuli rejalashtirish.
Musiqa rahbarining oylik ish rejasi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida bayram tadbirlarini o‘tkazish siklogrammasi.
Musiqa rahbariniig ish jadvali
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirining 2018 yil 15 oktyabrdagi 215-son buyrug‘i asosida taxminiy namuna tariqasida berilgan. Musiqa rahbari ish jadvalini o‘zining rejasi, pedagogik yuklamasi, MTMning ichki imkoniyatlari va boshqa pedagoglarning ish jadvaliga mos, yosh guruhlari va bolalarning xususiyatlarini inobatga olgan holda tuzadi.
Musiqa mashgulotlarining istiqbol rejasi
Istiqbol ish rejasi jadval shaklida berilib, unda barcha musiqiy faoliyat turlari hamda tanlov asosida musiqali faoliyatni tashkil etish shakllari bo‘yicha dasturiy vazifalar aniq ko‘rsatiladi; yil choragi (3 oy) davomida foydalanilgan repertuar qayd etilib boriladi. Repertuarlarning o‘quv yili davomida osondan murakkabga qarab izchillik bilan tanlanishi maqsadga muvofiqdir.
Namuna
Do'stlaringiz bilan baham: |