Obsh 31. 03-p mdi
ФИЗИКА ФАНИНИНГ БУГУНГИ РИВОЖИДА ИСТЕЪДОДЛИ ЁШЛАРНИНГ ЎРНИ
Download 220.6 Kb. Pdf ko'rish
|
ФИЗИКА ФАНИНИНГ БУГУНГИ РИВОЖИДА ИСТЕЪДОДЛИ ЁШЛАРНИНГ ЎРНИ
61 Rele nazariyasining ahamiyati shundan iboratki, birinchi bor yorug’likning muhitlardan sochilish intensivligini shu muhitga tushuvchi yorug’lik nuri to’lqin uzunligining to’rtinchi darajasiga teskari proporsionalligini aniqlanganligidadir. Y. M. Frenkel [1] tomonidan muhitlarda bo’ladigan relaksatsion jarayonlar o’rganilib, muhitning xususiyatlarini quyidagi tenglama xarakterlaydi: τ =τ o (2) Bu yerda, τ – relaksatsiya vaqti, τ o – molekulaning tebranish davri, U- energiya. (2) tenglamaga asosan, har qanday muhitning holatini bitta parametr, ya’ni τ xarakterlaydi. Lekin, real holatda qarasak, muhitning holatini bir qator mikroskopik va makroskopik parametrlar bilan xarakterlanadi. Bu parametrlar Frenkel nazariyasida e’tiborga olinmagan. M.A. Leontovich [2] tomonidan yorug’likning muhitlardan sochilish intensivligi uchun quyidagi tenglama tavsiya etilgan: J = A (3) Bu yerda, J – sochilish intensivligi, A – o’zgarmas kattalik bo’lib, uning tarkibiga muhitga tushuvchi yorug’likning intensivligi kiradi, sochilish spektrining chastotalari farqini ifodalaydi. (3) tenglamaga asosan, ga ma’lum qiymatlar berib, uning bog’lanish grafigi tog’ri chiziqdan iborat bo’lib, ning oshib borishi bilan intensivlik kamayib boradi. Bu qonuniyatni 1- shaklda quyidagicha tasvirlangan. Lekin muhitlarda yorug’likning sochilish spektrini tajriba yordamida aniqlash asosida shunday natijalarga erishilganki, 1 / J ning 2 ga bog’liqligi bitta tog’ri chiziqdan emas, bir nechta qismdan iboratligi aniqlangan. Bu esa ushbu nazariyaning ayrim kamchiliklariga ega ekanligini bildiradi. Masalan, Optika va lazerli fizika kafedrasida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasiga ko’ra benzol molekulasi uchun quyidagi bog’lanish olingan (Shakl -2). Shakl-2 dan ko’rinib turibdiki, benzol molekulasi uchun 1 / J ning 2 ga bog’liqligi bitta tog’ri chiziqdan emas, balki uchta qismdan tashkil topgan. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, sochilish spektrining hosil bo’lishi bir nechta fizik jarayonlarning yig’indisidan iborat. 1-shakl |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling