Obsh 31. 03-p mdi
Download 220.6 Kb. Pdf ko'rish
|
ЎЗБЕКИСТОННИНГ ИННОВАЦИОН ТАРАҚҚИЁТИ – ЁШЛАР НИГОҲИДА 60 MUHITLARNING STRUKTURASINI O’RGANISHDA SPEKTRASKOPIK TADQIQOTLARNING O’RNI D.JUMANAZAROV, M.ELBOYEVA Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy Universiteti Ma’lumki, bugungi kunda muhitlarning strukturalarini o’rganish va ularning atom va molekulalarini o’zaro ta’surlashuv qonuniyatlari tog’risida ilmiy asoslangan tavsiyalar berish fundamental va amaliy ahamiyatga ega. Gazlardagi molekulalararo ta’sirlashuv jarayoni kuchsiz bo’lganligi uchun ularning xossalari to’la o’rganilgan va tajriba natijalari asosan ustma – ust tushadi. Qattiq jismni tashkil qilgan atomlar kristall panjaralarida joylashganligini e’tiborga olsak, bu muhitning xususiyatlari ham mukammal o’rganilgan. Gazsimon va qattiq jismlardan farqli suyuq moddalarning strukturalari tog’risida tegishli ma’lumotlar yetarli emas. Hatto, suyuq moddalarni tashkil qilgan atom va molekulalarining o’zaro ta’sirlashuv qonuniyatlari bilan bog’liq bo’lgan fizik jarayonlar ham to’laqonlik o’rganilmagan. Buning sabablaridan biri suyuq moddalar uchun birlik hajmga tog’ri keladigan 10 24 ÷ 10 26 ta molekulalar orasidagi tasirlashuv qonuniyatlarini eksperement yordamida o’rganish murakkab bo’lsa, ikkinchidan suyuq moddalarning holatini to’laqonlik aks ettiruvchi mukammal molekulyar nazariyalar ham yaratilmagan. Yuqoridagilarni e’tiborga oladigan bo’lsak, molekulalari turli xil simmetriyaga ega bo’lgan suyuq moddalarning strukturalarini o’rganish bo’yicha ham eksperimental, ham nazariy-ilmiy tadqiqotlar olib borilishi lozim. Moddalarning strukturalarini o’rganishda spektraskopik metodlarning o’rni alohida bo’lib, 10 -12 ÷ 10 -13 s oraligida sodir bo’ladigan relaksatsion jarayonlarni qayd qilish imkonini beradi. Ushbu ilmiy maqola Optika va lazerli fizika kafedrasida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlariga tegishli bo’lib, yorug’likning muhitlardan molekulyar sochilish spektrlari yordamida sochuvchi muhitning strukturasini o’rganishdagi ayrim nazariy ishlarni tahlil qilishga bag’ishlangan. Birinchi bo’lib, Rele tomonidan gazlarda yorug’likning sochilishi bilan bog’liq bo’lgan muammolar o’rganilib, yorug’likning gaz molekulalaridan sochilish koeffitsienti uchun quyidagi tenglamalar olingan: R= (ρ KT (1+cos 2 θ) (1) Bu yerda, - muhitga tushuvchi elektromagnit nurlanishining to’lqin uzunligi, ρ – muhitning zichligi, K- Boltsman doimiysi, θ – sochilish burchagi. (1) tenglamaga asosan, yorug’likning muhitlardan sochilishi zichlikning fluktuatsiyasiga bog’liq bo’lib, bu muhitning dielektrik singdiruvchanligining fluktuatsiyasiga olib keladi. Download 220.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling