ANTISEPTIKLAR VA DEZINFEKSIYALASH VOSITALARINI KIMYOVIY TUZILISHI BO'YICHA TASNIFLASH - 1. NOORGANIK BIRIKMALAR
- 1.1. Galogenlangan saqlovchi moddalar
- Yod preparatlari( yodning spirtli eritmasi, Lugol eritmasi, povidon-yod, yodoform, yodinol)
- Xlorli preparatlar (xloramin B, xlorli oxak, xlorgeksidin biglyukonat)
- 1.2. Oksidlovchilar (kaliy permanganat, vodorod peroksidning eritmasi)
- 1.3. Kislota va ishqorlar (borat kislotasi, novshadil spirti-ammiak eritmasi)
- 1.4. Og’ir metall tuzlari (simob ikki xlorid, kumush nitrat, mis sulfat, rux sulfat)
- 2. ORGANIK BIRIKMALAR
- 2.1. Fenol guruhi (fenol, rezorsin, timol, degot, ixtiol, benzilbenzoat)
- 2.2. Aldegidlar va spirtlar (formaldegid, etil spirti)
- 2.3. Buyoqlar(brilliant yashili, metilen ko’ki, etakridin laktat)
- 2.4. Nitrofuran unumlari (furasillin)
- 2.5. Detergentlar (serigel,rokkal,degmisid )
- GALOGEN SAQLOVCHI ANTISEPTIKLAR
- Bu gurhga asosan xlor va yod saqlovchi preparatlar kiradi. Bu moddalardan xlor va yod erkin holda ajralib, mikroorganizm oqsillarini koagulyasiya qiladi va halokatga uchratadi.
- .XLORAMIN-B antimikrob ta’siri davomli bo’lib, qorin tifi, vabo, sil kasalliklarda bemorlarning chiqindilarini, qo’llarini, yiringli yaralar, jarroxlik qo’lqoplarini, katetlarni ishlov berishda qo’llaniladi.
- XLORGEKSIDIN BIGLYUKONAT
- Xlorli preparatlar va detergent vositalarining xususiyatlariga ega
- Mikroorganizmlarning plazmatik membranasiga zarar etkazish qobiliyati ega
- Antibakterial va fungisid ta'sir ko'rsatadi.
- GR + va Gr-bakteriyalarga qarshi bakterisid ta'sir ega, treponema, gonokokklar, trichomonas, kuchsiz protealar, ko'k yiringli bakteriyalarga qarshi faoldir.
- Qullanilishi.
- Jarrohlik maydoni, jarrohning qo'llari, asboblari, kuyish yuzasi, yiringli-septik jarayonlar, jinsiy yo'l bilan yuqadigan kasalliklarning oldini olish. Og'iz bo'shlig'i va tomoqning yuqumli va yallig'lanish kasalliklarida rezorbsiya uchun tabletkalar shaklida. 0,2% eritma tishdagi qoplamalarni va gingivitni davolashda samarali hisoblanadi.
- .
- Nojo'ya ta'siri
- Qo'llar quruqlashi, terining qichishishi, dermatit
- Yod preparatlari bilan bir vaqtning o'zida foydalanmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |