Общая характеристика наземных брюхоногих моллюсков


Download 115.54 Kb.
bet1/4
Sana25.04.2023
Hajmi115.54 Kb.
#1398156
  1   2   3   4
Bog'liq
Quruqlik qorinoyoqli mollyuskalarning umumiy tavsifi

Quruqlik qorinoyoqli mollyuskalarning umumiy tavsifi

Ko’riladigan masalalar

1. Quruqlik qorinoyoqli mollyuskalarning umumiy tavsifi

2. Вiologiyasi

3. Quruqlik mollyuskalarning sistematikasi va tarqalishi

Quruqlik qorinoyoqli mollyuskalarning umumiy tavsifi

Quruqlik o’pkali mollyuskalari - barcha quruqlikda yashovchi mollyuskalarni birlashtirgan ekologik guruh bo’lib, hozirgi dunyo faunasida 25 mingga yaqin retsent turlari bor.

Qorin oyoqli mollyuskalar evolyutsiyasi davomida quruqlik o’pkali mollyuskalari quruqlikka yashashga o’tishi bir necha marotiba sodir bo’lgan. Shuning uchun ular nihoyatda xilmaxil, ko’pincha bir-biriga yaqin bo’lmagan sistematik guruh hisoblanadi.

Quruqlik mollyuskalari er sharining Antraktidadan tashqari barcha qismida uchrab, cho’ldan to yomg’irli o’rmonlargacha bo’lgan turli xil biotoplarda yashaydi.

Ular asosan ikkita hayot shakliga ega: chig’anoqlilar va yalang’och shilliqqurtlar.

Quruqlik o’pkali mollyuskalarning ko’zlari paypaslagichlari uchlarida joylashgan. Nafas olish organi-o’pka bo’shlig’i devori qon tomirlariga boy. Tanadagi suvni haddan tashqari bug’lanishini, tanadan ajralib chiqadigan shiliq va chig’anoq himoya qiladi.

Quruqlik o’pkali mollyuskalarning ko’zlari paypaslagichlari uchlarida joylashgan. Nafas olish organi-o’pka bo’shlig’i devori qon tomirlariga boy. Tanadagi suvni haddan tashqari bug’lanishini, tanadan ajralib chiqadigan shiliq va chig’anoq himoya qiladi.

Helix avlodi vakillari bir necha kun davomida tanadagi suv yo’qotishni 50% ga va yalang’och shiliq qurtlar 80% ga bardosh bera oladi. Noqulay va xavfli vaziyatlarda tanasini chig’anoq ichiga tortib chig’anoq og’zi mantiyaning yo’g’onlashgan chetlari bilan, uzoq davom etgan issiq va sovuq davrda chig’anoq og’zi epifragma bilan yopiladi.

Yalang’och shiliq qurtlarda ichki qop reduktsiyaga uchragan, ichki organlari ikkinchi marta tseflapodiyga joylashgan; shunga ko’ra hayvon simmetrik tuzilshga o’xshab ko’rinadi, ammo baribir nafas olish va jinsiy teshigi tananing o’ng tomonida joylashgan.


Download 115.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling