Общение и коммуникация


Kuzatish va kuzatuvchanlik


Download 7.26 Kb.
bet2/3
Sana23.11.2023
Hajmi7.26 Kb.
#1795921
1   2   3
Bog'liq
104-guruh talabasi Xaydarova Dilnoza — копия

Kuzatish va kuzatuvchanlik.

  • Kuzatish va kuzatuvchanlik. Kuzatish idrokning mustaqil faoliyati sifatida namoyon bo'ladi. Kuzatishning muvaffaqiyati oldindan quyiladigan maqsadga, ko'riladigan tayyorgarlikka, kishining bilim va tajribalariga, diqqatning kuchiga va fikrlash aktivligiga bog'rliq. Kishining rejali, tizimli va davomli ixtiyoriy idrok qilish qobiliyatini kuzatuvchanlik deyiladi. Kuzatuvchanlik shaxsning shunday xislatlaridanki, bunda u narsa-hodisalarning unga bilinmaydigan lekin muhim harakterli xususiyatlarini payqay oladi. Kuzatuvchan kishi ko'proq narsani ko'radi. Chukurroq tushunadi, narsa-hodisalar o'rtasidagi o'xshashlik va farqni topadi, muhim bo'lmagan belgilarni ajratadi. Akademik I.Pavlov kuzatuvchanlikning ilmiy bilimdagi ahamiyatiga yuksak baho bergan.

Kuzatish va kuzatuvchanlik.

  • Lekin u sezgilarga qaraganda birmuncha murakkabroq I.Pavlov ta'limotiga ko'ra, tevarak-atrofdagi narsa-hodisalarning reseptorlarga ta'sir etishi tufayli bosh miya katta yarim sharlari po'stida hosil bo'ladigan muvaqqat nerv bog'lanishlari idrokning fiziologik asosini tashkil etadi. Bu muvaqqat bog'lanishlar narsa-hodisaning birgina xossasi bilan emas, balki barcha xossalari bilan kompleks qo'zg'ovchilar ta'siri bilan vujudga keladi. Masalan student butun bir daryo jarayonida idrok qilinganda o'qituvchini ko'radi, uni nutqini tinglaydi, yozadi.

Vaqtni idrok qilish

  • Biz idrok qilib turgan narsa - hodisalar muayyan vaqt davomida paydo bo`ladi, o`zgaradi va o`tib ketadi. Vaqt materiya mavjudligining asosiy shakllaridan biridir. Vaqtni idrok qilish voqelikdagi hodisalarning ob`yektiv tezligi, davomiyligi va muntazamligini aks ettirishdir. Vaqtni idrok qilish ob`yektiv reallikni aks ettirib, kishini o`rab olgan muhitda mo`ljal olishiga imkon beradi. Vaqtni mo`ljal olish oriyentirovkasi miyaning po`sti bo`limlari yordamida amalga oshadi. Lekin vaqtni idrok qiluvchi maxsus a`zo yo`q.

Vaqtni idrok qilish

  • Vaqtni idrok qilishda turli analizatorlar qatnashadi, biroq vaqtlar oralig`ining bir muncha aniq farqi kinestezik va eshitish sezgilari beradi. Markaziy asab tizimida, bosh miya katta yarim sharlarida qo`zg`alish va tormozlanishning ritmik almashuvi, vaqtni idrok qilish asosida yotadi. Agar bosh miya po`stida qo`zg`alish jarayoni ustunlik qilsa, vaqt “tez” o`tgandek, agar tormozlanish ustunlik qilsa, vaqt “sekin” o`tgandek idrok qilinadi. Vaqtning “tez” yoki “sekin” o`tishi kishining vaqtga va diqqat yo`naltirilgan ob`yektga munosabatiga ham bog`liq. Masalan: biror darsning o`tishi, kinofilmni ko`rish, avtobus yoki biror kishining kelishini kutish va hokazo. Odamlar vaqtni ob`yektiv belgilash uning oralig`ini to`g`ri farqlashga imkon beradigan, narsalar oy, quyosh, yulduzlar harakatidan foydalanib kelganlar.

Download 7.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling