Obulfayziyev Ma’ruf Yangi ming yillikda Rossiya-aqsh-Xitoy munosabatlari rivoji va istiqbollari Reja
Download 31.79 Kb.
|
амалий
Obulfayziyev Ma’ruf Yangi ming yillikda Rossiya-AQSh-Xitoy munosabatlari rivoji va istiqbollari Reja: Xitoy-Rossiya, Xitoy-G`arbiy Evro`pa, Xitoy-AQSH munosabatlarining rivojlanish tarixi. Xitoy geosiyosatining mohiyati. O’zbekiston va Xitoy o`rtasidagi strategic hamkorlik masalalari. Evrosiyoning ikki qo‘shni mintaqasi o‘rtasidagi munosabatlar tarixi qiziqarli faktlar, sanalar va ajoyib shaxslarga to‘la. XV asr boshida nomi tarix sahifalarida xitoycha ko‘rinishda qolgan Markaziy Osiyolik musulmon – admiral CHjen Xe, Min sulolasiga oid Xitoy imperatori CHju Dini misli ko‘rilmagan dengiz safarlariga mablag‘ ajratishga ko‘ndirdi. Admiral CHjen Xe ixtiyoriga 300 kema va 20 mingga yaqin kishidan iborat ulkan flot berildi. 1405-1433 yillarda u etti marta safarga chiqdi, Janubi-SHarqiy Osiyoni aylanib o‘tib, avval Hindiston, so‘ngra – Afrika sohillariga (hozirgi Efiopiya hududida) etdi. Admiral CHjen Xe Afrika qirg‘oqlarini tadqiq qilib, evropaliklardan yuz yil oldin YAxshi Umid burunigacha suzib bordi. Markaziy Osiyoning yana bir vakili, buxorolik musulmon o‘rta asrlarda Xitoyning yagona moliya tizimi tarkib topishiga ulkan hissa qo‘shgani ma’lum. Aloqalarning uzoq tarixini umumlashtirib, Xitoy va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanish dialektikasini belgilab kelgan ikki muhim omilni qayd etish mumkin. Savdo-sotiq, uning ko‘lami va xususiyati yuqorida zikr etilgan munosabatlarning o‘zgarishiga bevosita ta’sir ko‘rsatgan birinchi va asosiy omildir. Buyuk ipak yo‘lining Xitoyni Evropa bilan bog‘lagan quruqlikdagi barcha marshrutlari Markaziy Osiyo orqali o‘tgan. Bu Evropa va Uzoq SHarq o‘rtasidagi tabiiy, eng qulay va yaqin yo‘l aynan shu yo‘lning marshruti ekanligini isbotlaydi. Lekin keyinchalik siyosiy va iqtisodiy sharoitlarning o‘zgarishi savdo-sotiqning kamayishiga olib keldi. XV asrdan boshlab Evropa bilan Osiyo orqali quruqlik bo‘ylab aloqalarning barham topishi Markaziy Osiyo va Xitoy munosabatlariga ta’sir ko‘rsatgan muhim holat bo‘ldi. Iqlim o‘zgarishi va mintaqadagi urushlar bilan bog‘liq bo‘lgan bu holat 200 yil davom etdi. Ayni vaqtda, Rossiya XVI asrdan Osiyo yo‘nalishida faol harakat qila boshladi. XVII asr o‘rtalarida u Tinch okeaniga chiqdi va Xitoyning eng faol va yirik qo‘shnisiga aylandi. 1689 yil Rossiya va Xitoy o‘rtasida Nerchinsk shartnomasi tuzildi. Bu shartnomada chegaralar hamda savdo-sotiq shartlari belgilandi. Karvon savdosi yana yo‘lga qo‘yildi, lekin unda Rossiya salmoqliroq rol o‘ynay boshladi. Etnik jarayonlar Xitoy va Markaziy Osiyo munosabatlari tarixida muhim rol o‘ynagan ikkinchi omildir. Bu jarayonlar Xalqlarning buyuk ko‘chishi mohiyatini tashkil etgan. Xitoy bir necha marta qabilalar SHarqdan Markaziy Osiyoga va u erdan G‘arbga ko‘chishining manbai yoki sababchisi bo‘lgan. Ba’zan bu Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlarining yangi, urushqoq davlat tuzilmalariga qarshi manfaatlarining mos kelishiga sabab bo‘lgan. Mohiyat e’tibori bilan, bu Xitoy, SHarqiy Turkiston va Movarounnahr o‘troq sivilizatsiyalari ko‘chmanchi qabilalarning ittifoqlariga qarshi bevosita yoki bilvosita kelishilgan kurash olib borishlariga olib kelgan. Masalan, Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari V asrda Turk hoqonligi ko‘chmanchilariga, VII-VIII asrlarda – arablarga, XIII asrda – CHingizxon boshchiligidagi mo‘g‘ullar qo‘shiniga qarshi harbiy ittifoqlar tuzganlar. 1368-1373 yillarda Sohibqiron Temur mo‘g‘ullar o‘rdasiga qarshi birga kurashish maqsadida Min sulolasi bilan ittifoq tuzdi va XIV asr oxirida bu kurash muvaffaqiyat bilan yakunlandi. Lekin keyinchalik Markaziy Osiyo davlatlari va Xitoy asta-sekin zaiflasha boshladi. Markaziy Osiyoda bu uzluksiz o‘zaro urushlar, shuningdek qit’alararo savdo yo‘llari magistral yo‘nalishlarining o‘zgarishi natijasi bo‘ldi. Xitoyda imperiyani saqlab qolish, chet viloyatlarini bo‘ysundirishga urinishlar davlatning sillasini quritdi. Xalqaro maydonda Xitoy obro‘sining pasayishi boshqa buyuk davlatlarga Osiyoda o‘z mavqeini mustahkamlash imkonini tug‘dirdi. XIX asrda Markaziy Osiyo mintaqasida avvalo Rossiya va Buyuk Britaniya o‘rtasida «Katta o‘yin» boshlandi. Qo‘shni Xitoy unda ishtirok etmadi. 1885 yilda Xitoy Qoshg‘arda Angliya qo‘llab-quvvatlagan YOqubbek qo‘zg‘olonini bostirishga muvaffaq bo‘ldi. Bu vaqtga kelib Rossiya Markaziy Osiyoni to‘liq bosib olgan edi. Natijada to 1990-yillar boshiga qadar mintaqaning Xitoy bilan munosabatlari to‘liq Xitoy-Rossiya, so‘ngra – Xitoy-SSRI munosabatlarining mazmuni bilan belgilanib keldi. XXR rahbariyati 1964 yildayoq XX asr oxirigacha mamlakatni modernizatsiya qilish vazifasini qo‘ygan edi. Lekin bu vazifani bajarishga mamlakat faqat 1979 yildan boshlab, aholisi qashshoq, iqtisodiyoti qoloq, notekis rivojlangan ulkan mamlakatda modernizatsiyaning boshqacha strategiyasi zarurligi anglab etilganidan so‘ng kirishdi. O‘sha davrda Xitoy sinfiy kurashni ustun qo‘yish siyosatidan voz kechdi va iqtisodiy qurilish, islohotlar va tashqi dunyoga ochiqlik yo‘liga kirdi. Modernizatsiyaning «uch bosqichi» strategiyasi ishlab chiqildi. Birinchi bosqichda YAIMni 1980 yilga nisbatan ikki baravar ko‘paytirish, aholini oziq-ovqat va eng zarur mahsulotlar bilan ta’minlash masalasini hal qilish rejalashtirildi. Ikkinchi bosqichda 2000 yilgacha YAIMni yana ikki baravar oshirish va turmush darajasini «kichik farovonlik»1 darajasiga etkazish mo‘ljallandi. Nihoyat, uchinchi bosqichda XXI asr o‘rtalarigacha modernizatsiyani yakunlash va «kichik farovonlik jamiyati»dan (2020 yil) modernizsiya qilingan jamiyatga o‘tish nazarda tutildi. Agrar islohot oila pudrati tizimini ommaviy joriy etishdan boshlandi. Oila pudrati dastlab Anxoy provinsiyasidagi Syaogansun qishlog‘ida 18 dehqon tomonidan yashirincha qo‘llangan edi. 1984 yilga kelib qishloqda 50-yillar o‘rtalaridan boshlab hukm surgan ishlab chiqarish brigadalari va kommunalarida a’zolar deyarli qolmadi. SHundan so‘ng hukumat bu stixiyali jarayonni tartibga solish maqsadida qishloq xo‘jaligini yuritishning asosiy modeli sifatida oila pudratiga o‘tish to‘g‘risida qaror qabul qildi. YAngi qoidaga ko‘ra jamoa eri dehqon xo‘jaliklariga 15 yilga ijaraga berila boshlandi (keyinchalik bu muddat 30 yilgacha uzaytirildi). Dehqon xo‘jaliklari oziq-ovqat solig‘i to‘lash, shuningdek hosilning bir qismini qayd etilgan narxlarda davlatga sotish majburiyatini oldilar. Xo‘jaliklarga erga ishlov berish va ekish, joylashtiriladigan mablag‘lar turini tanlash masalalarini hal qilishda erkinlik berildi. Natijada dehqonlar o‘z mahsulotining bir qismini bozor narxlarida sotish huquqini qo‘lga kiritdilar. Ularning daromadlari osha boshladi. Bu noagrar sektorning rivojlanishiga ham turtki berdi. Xitoy g‘allani chetdan sotib oladigan mamlakatdan uni eksport qiluvchi mamlakatga aylandi. Sanoatda islohotlar asosan 1984 yildan boshlandi. Ular ham bozor iqtisodiyoti tamoyillarini joriy etish maqsadida amalga oshirildi. Bungacha davlat sektori korxonalarini ham markaziy hukumat, ham mahalliy ma’muriyatlar nazorat qilar edi. Islohotlar jarayonida korxonalar erkinligini oshirish va daromadning bir qismini ularning o‘ziga berish vazifasi qo‘yildi. Korxonalarga ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish va bozor kon’yunkturasiga qarab ish ko‘rish sohasida ham katta huquqlar berildi. Ularga rejada belgilanganidan ortiq mahsulotni erkin bozorda bozor narxlarida sotishga ruxsat berildi. Ayni vaqtda mahalliy hukumatlar ustidan nazorat ham kamaytirildi. Ular rejali nazoratdan xalos bo‘lgach, o‘z korxonalarini qo‘llab-quvvatlay boshladilar. XXR sanoatida davlat korxonalari ulushi 1978 yilda 76% dan 1994 yilda 34% gacha kamaydi, xususiy korxonalar ulushi esa 0,4% dan 25% ga ko‘paydi.2 Islohotlarning xitoycha modeli zamirida asosiy o‘zgarishlarni SHarqiy Evropa mamlakatlarida bo‘lganidek makrodarajada (moliya va pul tizimi, tashqi savdo va h.k.) emas, balki mikrodarajada (narxlar va korxonalarni isloh qilish, nodavlat sektorini rivojlantirish va h.k.) amalga oshirish yotadi. «Tashqi dunyoga ochiqlik» siyosatini olib borish islohotlarning muhim yo‘nalishiga aylandi. Tashqi dunyodan deyarli to‘liq ajralib qolgan Xitoy iqtisodiyoti tashqi aloqalarni yo‘lga qo‘ya boshladi. Tashqi savdoni isloh qilish uchun avvalo ma’muriy yakkahokimlik va davlat savdo mahkamalarining monopoliyasiga barham berildi. Tashqi savdo faoliyatini olib borishni xohlagan korxonalar uchun cheklashlar, shuningdek import tariflari kamaytirildi. Ko‘pgina mahsulotlar bo‘yicha litsenzion nazorat tizimi bekor qilindi, import-eksport narxlari esa jahon narxlariga yaqinlashtirildi. Bu qadamlarning ahamiyatini to‘laqonli baholash uchun Xitoy oxirgi olti asr davomida, Min sulolasi hukm surgan davr (XIV-XVII asrlar)dan boshlab, ayniqsa, Sin sulolasi davri (XVII-XX asrlar)da tashqi dunyodan ajralish siyosatini olib borganini eslash lozim. O‘shanda tashqi dunyo bilan har qanday aloqalar taqiqlab qo‘yilgan edi. Bu Xitoyning tanazzulga yuz tutishiga olib keldi, qashshoqlik va qoloqlikni yanada kuchaytirdi. XXR rahbariyati Osiyoning «to‘rt kichik ajdari» (Syangan, Singapur, Tayvan, Koreya) iqtisodiyoti taraqqiy etishiga olib kelgan omillarni o‘rganib chiqib, tashqi dunyoga ochiqlik yo‘liga kirdi. Xitoy ko‘p mehnat sarfini talab qiladigan tarmoqlardagi o‘z ustunligidan foydalanib, buyurtmachining materiallaridan mahsulot ishlab chiqarish, etkazib beriladigan detallar asosida yig‘ish va montaj qilish, buyurtmachining namunalariga ko‘ra tovarlar ishlab chiqarish hisobiga eksportni yo‘lga qo‘ydi. 2001 yilda XXR Jahon savdo tashkilotiga qabul qilindi. 1980 yilda dastlabki to‘rt Maxsus iqtisodiy rayon (MIR) – «chetga mahsulot ishlab chiqaradigan, bozor iqtisodiyoti qoidalariga ko‘ra tartibga solinadigan hududiy iqtisodiy tuzilmalar»ning tashkil etilishi muhim hodisa bo‘ldi. Ularda MIR korxonalari xususiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan yuklar import bojidan va yagona sanoat-savdo solig‘idan ozod qilindi. Bundan tashqari, chet ellik biznesmenlar olib kiradigan barcha tovarlarga import boji va yagona soliq undirishda 50% li imtiyoz belgilandi. CHet el investitsiyalarini rag‘batlantirish va eksport hajmlarini ko‘paytirishga qaratilgan boshqa imtiyozlar ham nazarda tutildi. 1988 yilga kelib XXRning butun qirg‘oq mintaqasi ochiq shaharlar va rayonlar zonasiga aylandi. 2004 yilga kelib XXRda chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni qariyb yarim millionga etdi. Amalda investitsiyalashtirilgan kapital miqdori 500 mlrd. dollardan oshib ketdi. Jahonning 500 yirik kompaniyasidan 400 dan ortig‘i Xitoyda investitsiyalashtirilgan loyihalarga ega. Bugungi kunda Xitoy uzoq davr mobaynida iqtisodiy taraqqiyotning yuqori ko‘rsatkichlariga erishib kelayotgan jahon mamlakatlaridan biri. So‘nggi 25 yilda Xitoyda yalpi mahsulotning yillik o‘sishi 8% dan pasaygani yo‘q. 1978 yildan beri aholi jon boshiga YAIM 100$ dan 1000$ ga o‘sdi. Den Syao Pen boshlagan islohotlarning dastlabki davrida asosiy e’tibor qishloq xo‘jaligini isloh qilishga qaratilgan bo‘lsa, bugungi kunda yuksak texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishlar mamlakatdagi eng jo‘shqin rivojlanayotgan tarmoqlardir. Xitoy elektronika va informatika ishlab chiqarish bo‘yicha AQSHdan keyin ikkinchi o‘ringa chiqdi. Mamlakatning yillik YAIMi 1,5 trillion dollarni, valyuta zaxiralari – 500 mlrd. dollarni tashkil etadi. Osiyo Taraqqiyot banki ma’lumotlariga ko‘ra, Xitoy jahon iqtisodiyoti o‘sishining 13% ni ta’minlamoqda (2002 yil). Tashqi savdo oboroti hajmi muttasil o‘sib borayotir. 2005 yilda u birinchi marta 1 trillion dollardan oshadi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Xitoy jahonda to‘rtinchi o‘rinni egallaydi. Xitoy bozoriga AQSH eksportining 22%, Germaniya eksportining 28%, YAponiya eksportining 32% to‘g‘ri keladi. 2002 yilda Xitoy jalb qilingan chet el investitsiyalari hajmi bo‘yicha birinchi marta AQSHdan o‘zib ketdi (53 mlrd. dollar). Xitoyning butun jahon bo‘ylab moliyaviy ekspansiyasi sifat jihatidan yangi hodisa bo‘ldi. Xitoy kompaniyalari 2004 yilning o‘zida faqatgina AQSH biznesiga 2,3 mlrd. dollar joylashtirdilar. Xitoy – ilg‘or texnologiyalarni faol o‘zlashtirayotgan mamlakat. Buyuk Britaniyaning o‘zida 38 ming xitoylik talaba tahsil olmoqda. AQSHda xitoylik talabalar soni bundan ham ko‘p. Mamlakat statsionar va uyali telefonlarning umumiy soniga ko‘ra jahonda birinchi o‘rinni egallaydi (240 mln. abonent). Internetdan foydalanuvchilar soniga ko‘ra xitoyliklar uchinchi o‘rinda. 90-yillarda hukumat xalqaro iqtisodiy aloqalarni yanada chuqurlashtirish dasturini qabul qildi va «to‘rt yo‘nalish bo‘yicha rivojlanish» strategiyasini ilgari surdi. SHulardan biri Markaziy Osiyoga yondosh hududlar – Sinszyan va Ichki Mo‘g‘ulistonni rivojlantirish. Markaziy Osiyo va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlar ko‘p jihatli doimiy tarixiy, geosiyosiy hodisa bo‘lib, to‘rt muhim omil bilan belgilanadi. Birinchisi – geografik omil. Markaziy Osiyo va Xitoy shunchaki chegaradosh emas. Xitoyning g‘arbiy qismi Markaziy Osiyoning geografik mintaqa sifatida keng tarqalgan talqiniga kiradi. Bu qism, yoki Sinszyan-Uyg‘ur avtonom rayoni – hatto fanda SHarqiy Turkiston deb ham ataladi. Vaholanki, G‘arbiy Turkiston - Markaziy Osiyoning turkiy tilida so‘zlashadigan qismidir. Ikkinchi omil – Xitoyning miqyosi, uning mintaqa va dunyo miqyosidagi obro‘si. Xitoy – BMT asoschilaridan biri, Tashkilot Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi. Xitoy boshqa xalqaro tashkilotlarda ham faol ishtirok etadi, ular orqali jahondagi vaziyatga ta’sir ko‘rsatadi. Xitoy EXHT bilan bevosita aloqa o‘rnatishga harakat qilmoqda. 1955 yilgi Bandung konferensiyasidan so‘ng Xitoy xalqaro munosabatlar amaliyotida tinch-totuv yashash prinsiplari qaror topishining tashabbuskorlaridan biriga aylandi. U ommaviy qirg‘in quroliga, ko‘p sonli, yaxshi jihozlangan va o‘rgatilgan qurolli kuchlarga, keng miqyosda jangovar harakatlar olib borish tajribasiga, qurolli kuchlarni qo‘llab-quvvatlash infratuzilmasiga ega bo‘lgan qudratli harbiy davlat maqomini olgan. SHuni ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo mamlakatlariga Xitoy tomondan xavf mavjud emas. Boz ustiga, Markaziy Osiyo va Xitoy rahbarlari o‘rtasidagi oxirgi muzokaralar jarayonida o‘zaro ishonchni mustahkamlashga qaratilgan muhim bitimlar imzolandi. SHu jumladan hozirda mavjud chegaralarning daxlsizligi va hududlar bo‘yicha hech qanday da’vo yo‘qligi tan olindi. Uchinchi omil – Xitoyning iqtisodiy taraqqiyoti. Ma’lumki, Xitoy jahonning iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan eng yirik davlatlaridan biriga aylanib bormoqda. Xitoy – ulkan va tobora kattalashib borayotgan bozor. U chetdan kelayotgan juda ko‘p tovarlarni iste’mol qilishga qodir. Ayni vaqtda, u boshqa mamlakatlarga ko‘p turdagi arzon iste’mol mahsulotlari etkazib beradi. Markaziy Osiyo va Xitoyning geografik jihatdan yaqinligi ular o‘rtasida savdo aloqalarining istiqbollari porloq ekanligidan dalolat beradi. Umuman olganda, Xitoy Markaziy Osiyo bilan iqtisodiy hamkorlikdan juda manfaatdor. Uning manfaatlari savdo aloqalarini rivojlantirish bilangina cheklanmaydi. Ular strategik, iqtisodiy omillar – tabiiy va energetik resurslar, sanoat va mehnat salohiyati, ushbu mintaqa orqali G‘arb bilan bog‘lanish istiqbollari bilan bog‘liq. To‘rtinchi omil – Xitoyning davlat-siyosiy xususiyatlari. Bu mamlakat – Osiyodagi eng qadimgi va yashovchan davlat tuzilmalaridan biri. Xitoy davlat-siyosiy tizimi takomillashganiga qaramay, an’anaviy markazlashgan davlatchilikning asosiy prinsiplarini saqlab qolgan. SHu holat hamda mamlakat so‘nggi yillarda qo‘lga kiritgan va kiritayotgan ulkan yutuqlar qit’aning boshqa mamlakatlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda. SHuni nazarda tutish kerakki, Xitoy yigirmanchi asrning dastlabki yillaridayoq davlatchilikning dunyoviy shaklini tanlagan va Sun YAtsen amalga oshirgan islohotlardan so‘ng respublika boshqaruv shakliga o‘tgan Osiyodagi birinchi davlatlardan biridir. Beshinchi omil – Xitoynng demografik xususiyati. Tug‘ilishni cheklash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, Xitoy aholisi o‘sishining mutlaq ko‘rsatkichi o‘rtacha kattalikdagi davlat aholisi soni bilan barobar. Mamlakat iqtisodiyot sohasida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritayotganiga qaramay, aholining katta qismi muhtojlikda kun kechirmoqda. Natijada juda ko‘p xitoyliklar har yili yaxshi hayot izlab chet elga chiqib ketmoqdalar. Rivojlangan mamlakatlarda emigratsiyaning cheklanishi yangi mintaqaviy siyosiy muammolar bilan birga Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiyani Xitoy fuqarolarining bir qismi tabiiy ravishda kelib o‘rnashadigan zonaga aylantiradi. SHu tariqa mahsulot eksportiga Xitoyning ijtimoiy-demografik muammolarini qo‘shni mamlakatlarga eksport qilish qo‘shiladi. Oltinchi omil – Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi madaniy aloqalarning qadimiyligi. Din va tilda farqlar kattaligi tufayli madaniy aloqalar bevosita bo‘lmagan, chunki Markaziy Osiyo doim islom tafakkurining bir qismi bo‘lib kelgan, Xitoy esa o‘z Uzoq SHarq yoki Xitoy tafakkur tarziga ega bo‘lgan. SHunga qaramay, fan va madaniyat sohasida faol aloqa qilish kanallari mavjud bo‘lgan. Markaziy Osiyoning mustaqil davlatlariga nisbatan Xitoy tashqi siyosati nisbatan asta-sekin, lekin izchil rivojlanib bordi. Xitoy o‘zining «ta’sirchan» qismi – Sinszyan-Uyg‘ur avtonom rayoni bilan chegaradosh mintaqada biron-bir uchinchi taraf o‘z ta’sirini o‘rnatishidan manfaatdor emas. Boz ustiga, tarixiy va madaniy jihatdan Sinszyan Markaziy Osiyo bilan uzviy bog‘liq, geografik jihatdan esa uning tarkibiy qismidir. Mintaqada boshqa davlatlar o‘z ta’sirini o‘rnatishidan manfaatdor bo‘lmasa-da, Pekin bu masala yuzasidan ochiq va qattiq ixtilofga kirishish niyatida ham emas. Uning strategiyasi mintaqa bilan hamkorlikni izchil, bosqichma-bosqich rivojlantirishdan iborat. SHu bois Xitoy Markaziy Osiyoning barqaror rivojlanishidan manfaatdordir, chunki beqarorlik, bir tomondan, tartibsizlik uning g‘arbiy hududlariga o‘tishiga, ikkinchi tomondan esa, mintaqaga uchinchi taraf «ortiqcha jalb qilinishi»ga sabab bo‘lishi mumkinligini inobatga oladi. Pekin Markaziy Osiyo mamlakatlarida sekulyarizmning mustahkamlanishidan va ular bilan Xitoyda “uch yovuz kuch” deb ataladigan xalqaro terrorizm, etnik separatizm va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashda hamkorlik qilishdan manfaatdordir. Xitoy bu masalada O‘zbekistonning pozitsiyasini yuksak baholaydi va unga «ishonchli hamkor» sifatida qaraydi. Xitoyning savdo va moliya ekspansiyasi strategiyasi Markaziy Osiyoning istiqbolli va o‘sib borayotgan bozorini chetlab o‘tolmaydi. 2004 yilda XXR SHanxay Hamkorlik Tashkiloti a’zolariga, ya’ni amalda mintaqa mamlakatlariga imtiyozli savdo krediti sifatida 900 mln. dollar ajratganini e’lon qildi. Xitoy mintaqaning energetik resurslaridan foydalanishdan manfaatdordir. U Qozog‘istondan Sinszyan-Uyg‘ur avtonom rayoniga neft quvur yo‘li o‘tkazishga katta mablag‘lar ajratdi. SHu bois Markaziy Osiyo bilan transport-kommunikatsiya aloqalarini kengaytirish Xitoy uchun ustuvor ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, yangi marshrutlar Evropa hamda O‘rta va YAqin SHarqqa olib boradigan transport yo‘llarining muqobil variantlarini vujudga keltirishga xizmat qiladi. Valyutasi 8,2774 Xitoy yuani – 1 AQSH dollariga teng. Tashqi savdoda importning ulushi - 295,2 mlrd. AQSH dollari Eksportning ulushi - 325,6 mlrd. AQSH dollari. Savdo sheriklari: - deyarli butun jahon davlatlari bilan savdo qiladi. Harbiy salohiyati. - Qurolli kuchlarining umumiy soni: Faollar – 2 255 000 Zahiradagilar – 800 000 SHundan Armiya (quruqlik qo’shinlari) da 1 600 000, harbiy Dengiz Flotida 255 000, harbiy havo Kuchlarida 400 000 kishi xizmat qiladi. Qurol-yarog’i o’ta zamonaviy. YAdro quroli, 69 suv osti kemasi, 21 eskadra mina tashuvchi va 42 qorovul kemasiga ega. Patrul va qirg’oq qo’shinlarida 96 snaryadli kema, 9 torpedo va 226 Patrul Kemasimavjud. YArim harbiylashganlar 1 500 000 nafar Xalq harbiy Politsiyasidir. O’zbekiston bilan Xitoy o’rtasidagi barcha sohalarda ikki tomonlama munosabatlarni tartibga soluvchi 100 dan ortiq davlatlararo va boshqa kelishuvlar imzolangan. Ikki davlat rahbariyati o’rtasida davomli uchrashuvlar va tashriflar amalgaoshirilmokda. O’zbekiston Prezidenti I.A.Karimov Xitoyga 1992, 1994, 1999 va 2001 yillarda tashrif buyurdi. 2002 yildaOliy Majlis raisining o’rinbosari Boris Bugrov, 2003 yilda bosh vazir O’tkir Sultonov, 2004 yilda Tashqi ishlar vaziri Sodiq Safoev, 2004 yilda bosh vazir o’rinbosari E. g’anievlar XXRga tashrif buyurgan bo’lsalar, Xitoy tomonidan 1994 yilda davlat kengashi raisi Li Pen, 1995 yili rais o’rinbosari Xu TSzintao, 1996 yilda rais TSzyan TSzemin, 1999 yilda Davlat kengashi raisining o’rinbosari TSyan TSichen, 2001 yilda Davlat kengashi raisining o’rinbosari Li Lantsin, 2002 yilda Davlat kengashining a`zosi I.Aymat, 2003 yilda Tashqi ishlar vaziri Li CHjaosin, 2003-2004 yillarda Ijtimoiy xavfsizlik vazirining o’rinbosari YAn Xuannin, 2004 yildaXXR raisi Xu TSzintaolar O’zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo’ldilar. Xu TSzintao tashrifi davomida 10 ta muhim hujjat, jumladan, O’zbekiston vaXXR o’rtasida sheriklik munosabatlarini, do’stlik va hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash to’g’risida qo’shma deklaratsiya, narkotik vositalar, psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi va iste`mol qilinishiga qarshi hamkorlikda kurashish haqida bitim va Bolgariyalar imzolandi. Tashqi ishlar vazirlarining tashriflari chog’ida quyidagi bitimlar imzolandi: terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurash to’g’risida; ikki tomonning tashqi siyosiy idoralari o’rtasida hamkorlik va maslahatlar to’g’risida. Iqtisodiyot sohadagi hamkorlik. Davlatlar o’rtasidagi savdo-iqtisodiy bitimga binoan o’zaro iqtisodiy munosabatlar kun sayin rivojlanib bormoqda. O’zbekiston Davlat statistika qo’mitasining axborotiga binoan 2004 yilda ikki tomonning tovar aylanmasi 367,1 mln. AQSH dollari miqdorida bo’lib, uning 101,5 mln.i O’zbekistondan eksportni va 265,6 mln.i O’zbekistonga importni Tashkil etdi. O’zbekistondaXXR sarmoyasi ishtirokida 122 ta korxona mavjud bo’lib, ularning 102 tasi qo’shma korxona va 20 tasi 100% XXR sarmoyasi asosidagi korxonalardir. 1 2 Download 31.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling