Obyekt va model
Download 347.32 Kb. Pdf ko'rish
|
Obyekt va model LOyiha ishi Mamarizayeva G
- Bu sahifa navigatsiya:
- Model
www.UzReferat.ucoz.net Loyiha ishi Mamarizayeva G Obyekt va model Avvalgi boblarda narsa yoki jarayonni o`rgamshda ularni obyektlari atalishi haqida ma'lumot bergan edik. Har bir o`rganilayotgan obyek o'zining xususiyatlari (tavsifi) bilan ajralib turadi. Masalan, yer shari lavsifi-sharsimon, og'irligi 5976•10 21 kilogramm, radiusi taqriban 6378 kilometr, orbital tezligi sekundiga taqriban 30 kilometr; koptokning tavsifi - sferasimon, og'irligi 2,2 kilogramm, radiusi 15 santimetr, rezinadan yasalgan va hokazo. Obyektlarning bu kabi xususiyatlarini yig'ish ma'lumotlar omborini tuzishda qisman o'rganiladi. Ko'p hollarda ma'lum bir sohaga oid izlanishlar olib borilayot- ganda haqiqiy obyekt emas, balki uning qandaydir ma'nodagi nusxasi o`rganiladi. Bunga bir tomondan, ma'lum bir sabablarga ko'ra (chaqmoqning turg'un emasligi, quyoshning uzoqligi, obyekt bilan ishlash katta mablag' talab etishi yoki inson hayotiga havf tug'diri- shi va hokazo) haqiqiy obyektni to’g’ridan-to’g’ri o'rganishning ilojisi bo`lmasa, ikkinchi tomondan, izlanishlar uchun obyektning qandaydir ma'nodagi nusxasini o'rganish yetarli bo`ladi. Albatta, bu hollarda obyektning nusxasi izlanish olib borilayotgan sohaning talablariga javob berishi kerak bo'ladi. Model – haqiqiy obyektning izlanish olib borilayotgan soxaning ma’lum talablariga jovob beradigan nusxasi. www.UzReferat.ucoz.net Model so'zi (lotincha modulus - o'lchov, me'yor) Sizga samolyot sozlik, mashinasozlik yoki kemasozlik to'garaklari orqali tanishdiz. Hayotda obyektlarning modellariga juda ko'p misollar keltirish mumkin. Masalan, yerning modellari bo'lib globus yoki xarita; samolyotning modeli bo`lib kichiklashtirilgan nusxasi, avtomashi- naning modeli bo'lib o'yinchoq, chaqmoqning modeli bo'lib yuqori kuchlanishli elektr manbaidagi qisqa tutashuv yoki payvandlash elektrodining yonishi; inson-ning modeli bo'lib uning hujayrasi yoki qo'g'irchoq yoki fotosurati; inson miyasining hisoblashga oid modeli bo'lib kalkulyator yoki kompyuter xizmat qiladi. Haqiqiy obyekt va uning modeli o'tkazilayotgan tajribalarda bir xil natija bersagina izlanish olib borilayotgan soha talablariga javob beradi. Masalan, samolyot va uning kichik nusxasi bo'lgan model bir xil aerodinamik qonunlarga bo'ysunadi. Model uchun topilgan natijalar haqiqiy samolyot uchun ham o'rinlidir. Loyiha- lashtirilgan haqiqiy samolyot qurilgach, uni laboratoriya-dagi maxsus qurilmalar – samolyotga havo oqimini yuboruvchi stendlarda sinab ko'riladi. Bu holda laboratoriyadagi stendlar atmos- feraning modeli bo'lib xizmat qiladi. Hayotda shunday jarayonlar bo'ladiki, ularning modeli sifatida matematik munosabatlar va formulalar qaraladi. Bu holda tanlangan model haqiqiy obyektning xususiyatlarini o'zida mujassamlash- tirgan bo'lishi zarur, ya'ni o'rganilayotgan obyekt va tanlangan model xususiyatlari bir xil munosabat va formulalar orqali ifodalanishi lozim. www.UzReferat.ucoz.net O’rganilayotgan obyektning matematik munosabat- lar, belgilar va bog’lanishlar orqali ifodasi matematik madel dep ataladi. O`rganilayotgan obyektning matematik munosabatlar va belgilar orqali ifodalash jarayoni matematik modellashtirish deyiladi. Avvalgi darsda ko'rilgan knob sahifasidagi satrlar sonini topish masalasi kvadrat tenglama ko`rinishida ifodalandi. Demak, masalani kvadrat tenglama ko`rinishida ifodalash jarayoni matematik madeli bo’lar ekan. Hozirgi kunda ham modellashtirish kimyo, gialogiya, tibbiyot, iqtisod kabi fan yo’nalishlarida keng qo’llanilib, juda qiziqarli natijalar olmoqda. www.UzReferat.ucoz.net Download 347.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling