Obyektlarga ixtisoslashgan dasturlashga kirish
Download 23.49 Kb.
|
11-mavzu
MetodlarMetodlar klass tanasida joylashadi. Ular lokal o’zgaruvchilar va boshqa Java ifodalarini o’z ichiga oladi va ushbu o’zgaruvchilar metod chaqirilganda ishga tushiriladi. Metodlar ularni chaqirgan ifodaga qiymat qaytarishi mumkin. Qaytariladigan qiymat sodda qiymatlar, o’zgaruvchi yoki void, xech qanday qiymat qaytarilmaydi, bo’lishi mumkin. Metod e’lon qilinganda qaytariladigan qiymat metod nomidan oldin ko’rsatilishi kerak. Metodlar qiymat qabul qilishi xam mumkin va ushbu qiymat chaqiruvchi tomonidan beriladi. Metod e’lon qilinganda qabul qiladigan qiymat metodni qavslari ichida ko’rsatiladi. Masalan: class ArifmetikQiymat {
int xQiymat; int yQiymat; double xisoblash(int x, int y) {
double arifQiymat = (x + y)/2; return arifQiymat; } }
Ushbu dasturda ArifmetikQiymat klassida ikkita butun sonlarni (int x va int y) qabul qiluvchi xisoblash() metodi e’lon qilingan. Ushbu metod ratsional (double) qiymatni return kalit so’zi orqali chaqiruvchi ifodaga qiymat sifatida qaytaradi. xisoblash() metodi ichida arifQiymat nomli o’zgaruvchi e’lon qilingan. Metod ichida e’lon qilingan o’zgaruvchilar lokal o’zgaruvchilar deyiladi. Lokal o’zgaruvchilarni klass o’zgaruvchilardan farqi shundaki, ular vaqtincha bo’lib metod bajarilguncha axamiyatga ega. Metod bajarilib bo’lingandan so’ng lokal o’zgaruvchilar o’z axamiyatini yo’qotadi. Bundan tashqari lokal o’zgaruvchilariga metod tashqarisidan murojaat qilib bo’lmaydi. Java dasturlash tilida bitta klass ichida bir xil nomga ega bir nechta metodlarni e’lon qilish xam mumkin. Ushbu printsip metodni qayta e’lon qilish deb nomlanadi. Faqatgina qayta e’lon qilingan metod xar xil son va turdagi argumentlarni qabul qilishi shart. Metod chaqirilganda kompilyator metod qabul qiladigan argumentlariga qarab ushbu metodlar ichidan kerakligini ishga tushiradi. Masalan, public class QabulQilinganQiymat {
public void qiymat(String s) {
System.out.println(“birinchi metod”); System.out.println(“qabul qilingan qiymat - ” + s); } public void qiymat(int x) {
System.out.println(“ikkinchi metod”); System.out.println(“qabul qilingan qiymat - ” + x); } }
dasturida qiymat(“tekshiruv”); metodi chaqirilsa dastur ekranga birinchi metod qabul qilingan qiymat – tekshiruv chiqarib beradi. Agar, qiymat(5); metodi chaqirilsa dastur ekranga ikkinchi metod qabul qilingan qiymat – 5 chiqarib beradi. Download 23.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling