Obyektlarga ixtisoslashgan dasturlashga kirish


Download 23.49 Kb.
bet4/4
Sana22.04.2023
Hajmi23.49 Kb.
#1379877
1   2   3   4
Bog'liq
11-mavzu

Obyekt destruktsiyasi


Yuqoridagi bo’limda aytilganidek obyektlar “heap” tizim xotirasida joylashadi. Boshqa manbalar singari tizim xotirasi xam chegaraga ega. Demak, obyektlar bilan ishlash mobaynida xotirada joyni tejash maqsadida keraksiz obyektlarni muntazam o’chirib turish kerak. Aksariyat dasturlash tillarida dasturchi keraksiz obyektlarni ochirishni o’zi nazorat qilishi va amalga oshiruvchi dastur kodini tuzishi kerak. Java dasturlash tili keraksiz obyektlarni ochirishni avtomatik tizimiga ega bo’lib u keraksiz obyektlarni to’plash tizimi deyiladi.


Agar obyekt dasturning biron bir o’zgaruvchisi tomonidan ssilkaga ega bo’lmasa ushbu obyekt keraksiz xisoblanadi va keraksiz obyektlarni to’plash tizimi tomonidan o’chiriladi. Ushbu tizim obyektlarni ssilkalarini muntazam tekshirib turadi va ssilkasi qolmagan obyektlarni o’chirish uchun belgilaydi va o’chiradi, o’chirilgan obyektlar egallagan xotira manbalari tizimga qaytariladi.
Masalan,

Avtomobil a = new Avtomobil(); a = null;


Dastur kodining birinchi qatorida Avtomobil obyekti yaratilib u a o’zgaruvchisi tomonidan ssilka qilinmoqda. Ikkinchi qatorda a o’zgaruvchisi tomonidan Avtomobil obyektiga qilinayotgan ssilka bekor qilingan. Ushbu qator bajarilgandan keyin Avtomobil obyekti ssilkasiz qolib keraksiz obyektga aylanadi va keraksiz obyektlarni to’plash tizimi tomonidan o’chiriladi.

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:





  1. Obyektlarga ixtisoslashgan dasturlashning afzalliklari nimalardan iborat?

  2. Klass deganda nima tushuniladi?

  3. Klass qanday e’lon qilinadi?

  4. Metod nima vazifani bajaradi?

  5. Metod qayerda e’lon qilinadi?

  6. Lokal o’zgaruvchi deganda nima tushuniladi?

  7. Obyekt qanday va nima asosida yaratiladi?

  8. Obyekt qachon o’chiriladi?

Download 23.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling