SELECT NAME, SUM(AMOUNT)
FROM ORDERS, SALESREPS
WHERE REP = EMPL_NUM
GROUP BY NAME
Agar guruxlash maydonlaridan birida NULL qiymat mavjud bo‘lsa qaysi guruxga tegishli bo‘ladi? WHERE ifodasida NULL va NULL tenglikka solishtirish natijasi yana NULL beradi. SHuning uchun ANSI/ISO standartida GROUP BY ifodasida NULL qiymatlar teng deb qabul qilingan.
Guruxlash va HAVING yordamida ajratish
SHart bo‘yicha satrlarni ajratish uchun WHERE ifodasidan foydalangan edik. SHart bo‘yicha guruxlarni ajratish uchun HAVING operatori mavjuddir. Uning sintaksisi WHERE operatori bilan bir xil va ulardan birgalikda foydalanigsh mumkin. Quyidagi so‘rovni ko‘ramiz:
Buyurtmalar umumiy narxi $300 dan ortiq xizmatchilar uchun buyurtma o‘rtacha narxi qanchaga teng?
SELECT REP, AVG(AMOUNT)
FROM ORDERS
GROUP BY REP
HAVING SUM(AMOUNT) > 300
Ko‘rinib turibdiki HAVING SUM(AMOUNT) > 300 ifodasi satrlarni guruxlash sharti sifatida kelmoqda.
Agar SUM(AMOUNT) > 300 sharti yolg‘on bo‘lsa, bu gurux natijaviy to‘plamdan chiqariladi. Agar rost bo‘lsa gurux natijaviy to‘plamga kiradi!
YAna bir misol ko‘raylik: Ikki va undan ortiq xizmatchiga ega xar bir ofisning xamma xizmatchilari uchun rejadagi va xaqiqiy sotuvlar umumiy xajmini xisoblash.
SELECT CITY, SUM(QUOTA), SUM(SALESREPS.SALES)
FROM OFFICES, SALESREPS
WHERE OFFICE = REP_OFFICE
GROUP BY CITY
HAVING COUNT(*) >= 2
Bu misolda WHERE va HAVING ifodalari o‘z funksiyalarini bajaradilar. Na shunga e’tibor berish kerakki HAVING ifodasida agregat funksiyalardan foydalaniladi, So‘rov bajarilishini ko‘ramiz:
OFFICES va SALESREPS jadvallari xizmatchi yashaydigan gshaxarni topish uchun qo‘shiladilar.
Qo‘shilgan jadval satrlarlari ofislar bo‘yicha guruxlanadilar.
Ikkidan kam satrga ega guruxlar tashlab yuboriladi. Ular HAVING ifodasi talabiga javob bermaydilar.
Xar bir gurux uchun xaqiqiy va rejadagi sotuvlar xajmlari xisoblanadi.
Murakkabroq misolni ko‘ramiz:
Xar bir tovar nomi uchun narxi, ombordagi soni va buyurtma berilganlar umumiy sonini ko‘rsating, agar uning uchun buyurtma berilganlar umumiy soni ombordagi umumiy soni 75 foizidan ko‘p bo‘lsa.
Do'stlaringiz bilan baham: |