Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishga doir Namunaviy pudrat shartnomasi
Download 73.65 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. Shartnoma boʻyicha ishlar qiymati
- IV. Pudratchining majburiyatlari
II. Shartnoma mavzusi
2. Pudratchi mazkur shartnoma shartlariga ХХХХХХ (loyihaning nomi) loyihada koʻzda tutilgan obyektni foydalanishga tayyor holda qurish boʻyicha qurilish ishlarini bajarish majburiyatini oladi, Buyurtmachi esa Pudratchiga qurilish ishlarini bajarish uchun zarur sharoitlar yaratish, ularni qabul qilish va toʻlovni amalga oshirish majburiyatini oladi. III. Shartnoma boʻyicha ishlar qiymati 3. Mazkur shartnoma boʻyicha Pudratchi tomonidan bajarilgan, tanlov savdosi (tender) natijasida aniqlangan va tender komissiyasining qarori (03.04.2023dagi ХХХХХХ-son bayonnoma) bilan tasdiqlangan ishlar qiymati barcha soliqlar, yigʻimlar va ajratmalarni oʻz ichiga olgan holda joriy narxlarda 1000050000 (summa yozuv bilan) ni tashkil etadi. 4. Ishlar qiymati uzil-kesil hisoblanadi va keyinchalik qayta koʻrib chiqilishi mumkin emas, quyidagi hollar bundan mustasno: qurilish qiymatini koʻpaytirishga yengib boʻlmaydigan kuch (fors-major) holatlari sabab boʻlganda; ishlar hajmi Buyurtmachi tomonidan oʻzgartirilganda; obyektning qurilishi bir yildan ortiqqa oʻzgartirilganda. 5. ХХХХХХ bir yildan ortiq boʻlganda ikkinchi yilga va keyingi yillarga shartnomaviy narxlarni aniqlashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 6. Tegishli asoslar mavjud boʻlganda, sanab oʻtilgan oʻzgarishlar Buyurtmachi bilan Pudratchi oʻrtasidagi shartnomaga qoʻshimcha bitim bilan rasmiylashtiriladi. IV. Pudratchining majburiyatlari 7. Mazkur shartnoma boʻyicha Pudratchi mazkur shartnomaning II boʻlimida nazarda tutilgan ishlarni bajarish uchun: barcha ishlarni mazkur shartnomada hamda unga ХХХХХХ -ilovaga muvofiq ishlarni bajarish jadvalida nazarda tutilgan hajmda va muddatlarda oʻzining kuchlari va/yoki jalb qilingan kuchlar bilan bajarish hamda ishni Buyurtmachiga mazkur shartnoma shartlariga muvofiq topshirish; ХХХХХХ-ilovaga muvofiq qurilish maydoniga zarur qurilish materiallari, buyumlar, konstruksiyalar, asbob-uskunalar va butlovchi buyumlar, qurilish texnikasini yetkazib berish, ularni qabul qilish, tushirish, omborga joylash va saqlash; qurilish maydoni hududida vaqtinchalik inshootlar qurish; Buyurtmachini pudrat shartnomalari tuzilishi davomida subpudratchilar bilan shartnomalar tuzilishi, shartnoma mavzusi, subpudratchining nomi va manzili toʻgʻrisida xabardor qilish; qurilish maydonida texnika xavfsizligi, ishlarni bajarish vaqtida atrof muhitni, oʻtqazilgan daraxtlarni va yer uchastkasini muhofaza qilish boʻyicha zarur tadbirlar bajarilishini taʼminlash, shuningdek yoritish chiroqlari oʻrnatish; qurilish tavakkalchiliklarini sugʻurta qilish; mazkur shartnoma boʻyicha obyektni foydalanishga qabul qilib olish toʻgʻrisidagi dalolatnoma imzolangan kundan boshlab bir oy muddatda qurilish maydonini oʻziga tegishli qurilish mashinalari va asbob-uskunalari, transport vositalari, anjomlar, priborlar, inventarlar, qurilish materiallari, buyumlar, konstruksiyalar hamda vaqtinchalik binolardan boʻshatish; qurilish maydoni qoʻriqlanishini taʼminlash; mazkur shartnomada nazarda tutilgan barcha majburiyatlarni toʻliq hajmda bajarish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. 8. Pudratchi mazkur shartnoma boʻyicha barcha ishlarning oʻz kuchlari bilan va subpudratchilar tomonidan zarur tarzda bajarilishi hamda obyektning foydalanishga tayyor holda topshirilishi uchun Buyurtmachi oldida toʻliq mulkiy javob beradi. Download 73.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling