Obyektlarni foydalanishga tayyor holda qurishga doir Namunaviy pudrat shartnomasi
Download 73.65 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- XVI. Alohida shartlar
- XVII. Tomonlarning bank rekvizitlari va yuridik manzillari
XV. Nizolarni hal etish tartibi
65. Shartnomani bajarishda va bekor qilishda shuningdek yetkazilgan zararlarni qoplashda paydo boʻladigan nizoli masalalarni tomonlar hal etolmasa ular qonun hujjatlarida belgilangan tartibda iqtisodiy sud tomonidan koʻrib chiqiladi. XVI. Alohida shartlar 66. Mazkur shartnoma imzolangandan keyin, mazkur shartnomaga tegishli boʻlgan tomonlar oʻrtasidagi barcha oldingi yozma va ogʻzaki bitimlar, yozishmalar, tomonlarning oʻzaro kelishuvlari oʻz kuchini yoʻqotadi. 67. Pudratchi qurilish obyektiga yoki uning alohida qismlariga tegishli ish hujjatlarini Buyurtmachining yozma ruxsatisiz, subpudratchilardan tashqari, biron-bir uchinchi tomonga sotish yoki berish huquqiga ega boʻlmaydi. 68. Mazkur shartnomaga barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar, agar ular yozma shaklda rasmiylashtirilgan va tomonlar ularni imzolashgan boʻlsa, haqiqiy hisoblanadi. 69. Buyurtmachi bilan Pudratchi oʻrtasidagi mazkur shartnomadan kelib chiqmaydigan yangi majburiyatlar paydo boʻlishiga olib keladigan har qanday ahdlashuvni tomonlar mazkur shartnomaga qoʻshimchalar yoki oʻzgartirishlar shaklida yozma ravishda tasdiqlashi kerak. 70. Agar Pudratchi shartnoma boʻyicha ishlar yakunlangandan keyin qurilish maydonida oʻziga tegishli mol-mulkni qoldirsa, u holda Buyurtmachi Pudratchi qurilish maydonini ozod qilish sanasigacha bajarilgan ishlar uchun unga haq toʻlashni kechiktirishga haqlidir. 71. Mazkur shartnomada nazarda tutilmagan boshqa barcha hollar uchun amaldagi qonun hujjatlari normalari qoʻllaniladi. 72. Mazkur shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan 2 nusxada tuzildi. XVII. Tomonlarning bank rekvizitlari va yuridik manzillari:
Download 73.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling