Obyektlarning analitik modellarini qurish usullari


Kimyo va farmasevtiktexnologik tizimlari


Download 301.45 Kb.
bet4/13
Sana02.05.2023
Hajmi301.45 Kb.
#1422399
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Hamrayev mirzohid 6769 (2)

Kimyo va farmasevtiktexnologik tizimlari

Kimyo va farmasevtik texnologiya tizimlari (kegusida texnologik tizimlar) deganda, unda ketayotgan fizik-kimyoviy jarayonlar va ularni amalga oshiruvchi vositalar birgalikda tushuniladi. Shunday qilib texnologik tizimlar jarayonni, u ketayotgan qurilmani, jarayonni nazorat va boshqarish vositalarini va ular orasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni o‘z ichiga olar ekan.


Masalan: reaktorda ketayotgan boshqariladigan texnologik jarayonni- texnologik tizimlar deb qarash mumkin (1 - rasm). Texnologik jarayonning ketishi bo‘yicha axborot birlamchi o‘zgartirgichdan (BO‘) rostlagichga (R) uzatiladi, u o‘z navbatida texnologik parametrning shu vaqtdagi qiymatini belgilangan qiymatdan farqiga qarab rostlash ta’sir signali ishlab chiqaradi va ijrochi qurilma (IKM) orqali ob’ektga ta’sir ko‘rsatadi.
texnologik tizimlarda ma’lum bir fizik kimyoviy jarayonni amalga oshirish uchun, bizga aralashtirgichli reaktor va shu jarayonni boshqarish tizimi bo‘lishi kerak.

Ushbu texnologik tizim tashqi muhit bilan o‘zaro ta’sirda bo‘lgani uchun, uning holatini kirish X va chiqish U signallari orqali baholash mumkin. Kirish signali bo‘lib odatda xom-ashyo, uning miqdori, tarkibi, temperaturasi va boshqalar bo‘lishi mumkin. Chiqish signali bo‘lib, tayyor mahsulot miqdori, uning sifati, teperaturasi va boshqalar bo‘lishi mumkin.



1 – rasm
Texnologik tizim mo‘ljallangan maqsadga erishishga yo‘naltirilgan algoritm bo‘yicha ishlaydi. Hamma Texnologik tizimlarni shartli ravishda katta va kichik tizimlarga bo‘lish mumkin.
Kichik tizimlar odatda bir tipik jarayon bilan cheklangan bo‘lib, ikki tizimlarga bo‘lish mumkin. Undagi ichki bog‘liqliklar va jihozlarning o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi.
Katta tizimlar, kichik tizimlarning murakkab ravishda mujassamlangan ko‘rinishi bo‘lib, ulardan ham miqdoriy, ham sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha farq qiladi. Katta kibernetik Texnologik tizim sifatida kimyoviy sexni yoki korxonani misol qilish mumkin (2 - rasm).



2 – rasm.






Download 301.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling