Obyektlarning muhandislik-texnik himoyalanganlikni tashkil etishning zamonaviy texnik yechimlari
“PEDAGOGS” international research journal ISSN
Download 1.49 Mb. Pdf ko'rish
|
24-33
“PEDAGOGS”
international research journal ISSN: 2181-4027 _SJIF: 4.995 www.pedagoglar.uz Volume-26, Issue-1, January - 2023 25 Tayanch so‘z va iboralar: Avtomobil raqamini avtomatik aniqlash, umumiy kameralar, mavjud to‘siqni boshqarish tizimlariga ulanish, bir nechta tizimlarga xizmat ko‘rsatish uchun markaziy ma'lumotlar bazasini tashkil qilish, tashqi ma'lumotlar bazalaridan qo‘shimcha ma'lumotlarni integratsiyalash va ko‘rsatish, markaziy operatsion terminaldan bir nechta tizimlarni kuzatib borish va boshqarish. Xorijiy mamlakatlar amaliyotida himoya tizimi degan tushuncha allaqachon qo‘llanilib kelinmoqda, ushbu tushuncha ostida obyekt faoliyatiga tahdidlarni aniqlash va uning barcha turlariga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan tashkiliy va texnik tadbirlar kompleksi nazarda tutiladi. Himoya tizimidagi mavjud tahdidlarni baholash va tanlashda obyektlar, banklar, korxonalar, katta hajmli ofislar va boshqalarga nisbatan qo‘riqlash faoliyatini tashkillashtirish bo‘yicha xalqaro tajribalarni hisobga olish ahamiyatli hisoblanadi. Bu mavjud halqaro tajribalar himoyaning zamonaviy normativlarini tayyorlashda ham asos bo‘lib xizmat qiladi. Tahdidlar tabiatidagi ahamiyatli tafovutlarga qaramay, ularning har biriga nisbatan himoyaning yaratilishi barcha tizim bilan kompleks tarzda bo‘lishi lozim. Masalan, axborotlarni sanktsiyasiz yechib olinishi, qo‘shni binodan ma’lumotlar bazasiga ishlov berish vositalaridagi yo‘qotishlarni texnik nazorat qilish yo‘li bilan, masofadan ularning xavfsizligini amalga oshirish mumkin. Ayniqsa bu ma’lumotlar maxfiy xarakterga ega bo‘lsa. Nurlanishning elektromagnit maydonini to‘sib qo‘yadigan apparatura va kommunikatsiyalarning erkin savdoda bo‘lishi, shuningdek maxsus apparaturalarning qo‘llanilishi bu turdagi tahdidga nisbatan himoyani avvalgidanda oshirishga zarur sabab hisoblanadi. Albatta axborot, xususan turli toifaga ega bo‘lgan axborotlarni himoyalash obyekt xavfsizligini ta’minlashning asosiy shartlari biridir. Xavfsizlikka oid barcha ma’lumotlar qo‘riqlanayotgan obyektning apparat-dasturiy vosilarida saqlanadi va qayta ishlanadi. Xavfsizlik tizimlarining asosiy elementlaridan biri, bu obyektga kirish- chiqish jaroyini takomilashtirish, taqiqlangan buyumlarni olib chiqilishi va olib kirilishini oldini olish, ushbu jarayonni ishonchli texnik vositalar yordamida imkon qadar kam vaqt sarflab bajarish muhim jihat sanaladi. Ayni shu ishlarni amalga oshirish uchun dunyoda ko‘plab apparat-dasturiy vosilalarni o‘z ichiga olgan tizimlar ishlab chiqilyotganini va hayotga tadbiq qilinayotgani kuzatishimiz mumkin. Bu kabi tizimlarni muntazam takomilashtirib borish lozim, chunki fan-texnika, insonlar ongu-tafakkuri taraqqiy etib borar ekan, tartibbuzar modeli ham o‘zgarib murakkablashib boraveradi. Albatta buni payqash uchun shunchaki jahon bo‘ylab amalga oshirilayotgan turli xildagi toifalangan obyektlarda uyushtirilayotgan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling