Ochil roziqov, mels mahmudov bahtiyor adizov, alijon hamroyev on a til I didaktikasi
Download 111.3 Kb.
|
ona tili ditaktikasi
2-fasl. Ta’lim metodlari tasnifl
Ta’lim metodlari tasnifiga oid asosiy qarashlar. Didaktikada ta’lim metodlarini tasnif etishga oid turli-tuman qarashlar mavjud. Ba’zi mutaxassislar ta’lim metodlarini tasnif etishda bilim manbalarini hisobga olishsa, ayrim mutaxassislar o‘qituvchi faoliyati xususiyatlaridan kelib chiqishadi, uchinchi bir guruh olimlar esa, o‘quvchilar faoliyatini e’tiborga olishadi. Ta’lim metodlariga bunday qarashlarning ko‘p va rang-barang boiishi tabiiy. Zero, ta’lim metodlari mazmunan boy hodisa bo‘lib, ular ma’lumot mazmuni bilan ham, bilim va malakalar bilan ham, shuningdek, ijodiy qobiliyatlami, munosabatlarni rivojlan- tirish bilan ham daxldor kategoriyadir. S.I.Perovskiy, E.Y.Golant o‘qitish metodlarini tasnif etishda ta’lim manbalarini hisobga olishgan. Ular o‘qituvchi nutqi, ko‘rgazma qurol, darslik hamda qo‘shimcha adabiyotlarni ta’lim manbai sifatida qarab, ta’lim metodlarini uch guruhga ajratishgan: bilimlarni og‘zaki bayon qilish metodlari; ko‘rgazmali metodlar; amaliy metodlar. Didaktikada ta’lim jarayonining turli zvenolarida bajariladigan ishlar mazmunidan kelib chiqib, ta’lim metodlarini tasnif etish g'oyasi ham mavjud. M.A.Danilov, B.P.Yesipov ozlarining qator asarlarida ta’lim metodlarini quyidagi guruhlarga ajratishgan: bilimlarni o‘rganishga oid metodlar; malaka va ko‘nikmalami shakllantirish metodlari; bilim va malakalarni tatbiq etish metodlari; ijodiy ishlash metodlari; bilim va malaklalami mustahkamlash, tekshirish metodlari. M.N.Skatkin, I.Y.Lerner ta’lim metodlarini tasnif etishda o‘quvchilar faoliyati xususiyatlarini e’tiborga olishgan va ularni quyidagi guruhlarga ajratishgan: izohli ko‘rgazmali metodlar; qayta eslashga oid standart metodlar; muammoli bayon metodi; evristik metod; ilmiy izlanish metodlari. M.I.Maxmutov ta’lim metodlarini tasnif etishda o‘qitish usullari bilan o‘qish usullarini ozaro qo‘shishni taklif etadi. Uning uqtirishicha, bu usullar o‘zaro qo‘shilib, quyidagi ta’lim metodlarini hosil qiladi: xabar-umumlashtirish tipidagi metodlar; izohli va eslashga oid metodlar; ko‘rsatmali (instruktiv)-amaliy metodlar; izohli rag‘batlantiruvchi (faoliyatga undovchi) metodlar; qisman izlanishga oid metodlar; izlanish metodlari. Ukrain olimlari V.F.Palamarchuk, V.I.Palamarchuk ta’lim metodlarini tasnif etishda uch narsani — ta’lim manbalari, bolalarning faollik va mustaqillik darajasi, o‘quv bilishning borishidagi mantiqiy yo‘lini hisobga olish zarurligini uqtirishadi. Shuningdek, S.G.Shapovalenko ta’lim metodlarini tasnif etishda ularning mantiqiy-mazmuniy, jarayoniy, tashkiliy-boshqaruvchanlik xususiyatlarini hisobga olishni taklif etadi. Didaktikada ta’lim metodlarini tasnif etishda ta’lim manbalari va mantiqiylikni (N .M .Verzilin), ta’lim manbalari va о‘quvchilarning mustaqillik darajasini (A.N.Aleksyuk, I.D.Zverov) mezon qilib olish moyilligi ham mavjud. Y.K.Babanskiyning qator ilmiy-pedagogik asarlarida ta’lim metodlari o‘qituvchi faoliyati nuqtai nazaridan tasnif etilgan. U ta’lim metodlarini uch guruhga ajratgan: o‘quv- biluv faoliyatini tashkil etish va boshqarish metodlari; o‘quv- biluv faoliyatini rag‘batlantirish metodlari; o‘quv-biluv faoliyati samaradorligini nazorat etish metodlari. Har bir guruh o‘z ichida yana kichikroq guruhlarga ajraladi. Masalan, birinchi guruh metodlar jumlasiga quyidagilar kiradi: og‘zaki bayon metodlari; ko‘rgazmali metodlar; amaliy metodlar; induktiv va deduktiv metodlar; reproduktiv metodlar; muammoli-izlanish metodlari; mustaqil ishlash metodlari. Yuqoridagiga o'xshab rag‘batlantirish, nazorat qilish metodlari ham o‘z ichida guruhlarga ajratilgan. Hozirgi paytda ta’lim metodlariga oid mukammal tizim Y.K.Babanskiy tasnifidir. Ta’lim metodlarini tasnif etish masalasiga doir qarashlarning ko‘pligi, rang-barangligi ularning ko‘p qirrali didaktik hodisa ekanligi bilan izohlanadi. Endilikda ta’lim metodlari mohiyatini bayon etishga ko‘p tomonlama, yaxlit yondashish zaruriyati .kuchayib bormoqda. Bu inson faoliyatiga yaxlit yondashish metodologiyasi asosida ta’lim metodlari to‘g‘risidagi bilimlami umumlashtirish va yagona tizimga birlashtirish imkoniyatlarini kengaytirmoqda. О‘zaro ta’sir ta’lim metodlarini tasnif etish mezoni. 0 ‘zaro ta’sir integrativ didaktik hodisa bo'lib, bir tomondan, ona tili didaktikasining ham, didaktikaning ham tadqiqot predmeti, ikkinchi tomondan esa ta’lim metodlarini tasnif etish mezoni sanaladi. U insonning boshqa faoliyatlari, masalan, moddiy ne’matlarni ishlab chiqarish jarayonlarida ishtirok etish, ilmiy kashfiyotlar qilishga o‘xshab o‘z maqsadi, vositasi, natijasiga ega. 0 ‘zaro ta’siming ma’lum bosqichida erishilgan maqsad keyingi bosqichda vosita sifatida amal qiladi. Binobarin, ta limning borishida erishilgan maqsad natijasiga, natija esa o‘z navbatida keyingi maqsadlarni amalga oshirish vositasiga aylanadi. 0 ‘zaro ta’sir о‘qitish va o‘qish usullarining bir-biriga qo‘shiluvi natijasida muvofiqlashuvi — hosila faoliyat shaklida amal qiladi. Uning bosqichma-bosqich harakati tashkiliy-boshqaruv, undash-rag‘batlantiruv, nazorat- tekshiruvni taqozo etadi. Binobarin, o'zaro ta’simi ma’lum vosita bilan harakatga tushirish, tartibga solish mumkin. 0 ‘zaro ta’simi o‘qitish usullari va o‘qish usullarining о‘zaro tutashuvidan-ularning о‘zaro qo‘shilgan joyidan izlash yo‘li bilan ta’lim metodlarini yaxlit tizim sifatida tavsiflash mumkin. Ta’lim metodlarini о‘zaro ta’sir mohiyatidan kelib chiqib tasnif etganda quyidagilarga erishiladi: ta’lim metodlarming yaxlit tizimi yaratiladi; ta’lim metodlarini tasnif etish uchun integrativ birlik ajratiladi; ta’lim metodlarming о‘qitish va o'qish usullari tutashuvidan shakllanishi e’tirofetiladi; ta’lim metodlari muammosiga kompleks yondashiladi; ta’lim metodlariga mazmuniy va jarayoniy tavsif beriladi. Ta’lim metodlari tasnifi. 0 ‘qitish usullari va o‘qish usullarining bir-biriga muvofiqlashuvi ta’lim ijtimoiy institutning alohida turi — о‘qitish va o‘qish faoliyatlarining о‘zaro ta’siri shaklida amal qilishini ta’minlaydi. 0 ‘qitish va o‘qish faoliyatlari о‘zaro ta’sir mohiyatidan kelib chiqib, ta’lim metodlarini ikki guruhga ajratamiz: о‘zaro ta’simi tashkil etish va boshqarish metodlari; о‘zaro ta’sir natijasini nazorat etish metodlari! Muammoli-izlanish tipidagi metodlar o‘quvchilarning tafakkuriga, binobarin, ularning ijodiy faoliyatiga yo‘nalgan ta’lim usullaridir. Bu metodlar asosida о‘quv-tarbiya ishlari tashkil etilganda o‘qituvchi va o‘quvchilaming о‘zaro ta’siri quyidagicha umumiy ko‘rimshga ega boladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling