Ochiq arxitektura printsipi
Download 22.29 Kb.
|
TEXNIK VOSITALARNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI.
TEXNIK VOSITALARNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI. Reja: Hisoblash texnikasi vositalarini rivojlanish bosqichlari. Ochiq arxitektura printsipi.Kompyuterning turlari va uni klassifikatsiyalash. Dunyodagi eng buyuk kashfiyotlarning ko`p qismi XX asrga to`g`ri kelsada, ulardan eng noyoblari komp`yuter va Internet ekanligiga sir emas. CHunki, insoniyat bilimi, tafakkuri natijasi o`laroq yaratilgan komp`yuter, «Hisoblash qurilmasi» beqiyos imkoniyatlari bilan kishini hayratlantiradi.Endilikda komp`yuter nafaqat hisoblash qurilmasi, balki u televizor, video, telefon, masofada o`qitish vositasi, elektron pochta, elektron kutubxona, virtual aloqa bog`lash vositasi va hokazolarni o`z ichiga oladi. Bu esa butun olam ahlini uzoq manzilini yaqin qilish, muloqot, savdo, sayohat, madaniyat, fan-texnika yangiliklari bilan ma`lumot almashishni yo`lga qo`yadi. Ingliz yoki rus tilini bilganlar uchun Internet orqali katta firmalarga, korporatsiya, kutubxona, muzeylarga kirib borish hech gap bo`lmay qoldi. Kino olami, sport to`g`risida turli axborot vositalari yoritayotgan xabarlarni kunda o`qib borish mumkin. Xuddi mamlakatlar o`rtasidagi chegaralar yo`qday.CHindan ham komp`yuterning paydo bo`lishi, hisoblash texnikasi tarixida katta rivojlanish bosqichi bo`ldi.Uning tarixiga nazar tashlasak, amalda tatbiq qilingan birinchi analitik-hisoblash mashinasi G. Xollerit tomonidan yaratilgan bo`lib, 1890 yili Amerikadagi aholi sonini ruyxatga olishda foydalanilgan.G. Xollerit (1860-1929) Buffalo shahrida nemis emigrantlari oilasida tug`ildi. U Kolumbiya universitetini bitirib aholini ro`yxatga olish korxonasiga ishga kiradi. SHu korxonada yuqori mansabdor, bo`lg`usi qaynotasining tabulyatsiya ishini perfokarta yordamida bajarish qulay, degan maslahati bilan o`n yillar davomida shunday tizimni yaratish ustida ishladi. Natijada statistik tabulyator analitikmashinasini yaratadi. Unda, axborotni kiritish uchun perfokartalar ishlatilib, qolgan qurilmalar oddiy perforator (perfokartaga simvollarni joylash uchun ishlatiladigan qurilma), murakkab perforator, saralash mashinasi va tabulyatordan iborat edi. Keyinchalik, u 1996yilda bu mashinalarni ishlab chiqarish va sotish bo`yicha firma ochadi. So`ngra, turdosh bir nechta firmalar bilan birlashib, Computer Tabulating Recording Co kompaniyasini tashkil etadi, biroq mazkur kompaniyani u 1911yilda sotib yuboradi. Keyinchalik, 1924 yil 14 fevralidan kompaniya nomini International Business Machines Corp. Korporatsiyasiga (qisqacha IBM deb yuritiladi) o`zgartiriladi. SHu bois ba`zi adabiyotlarda G. Xollerit IBM korporatsiyasini asoschisi sifatida tilga olinadi. XX asrning 30-yillarida hozirgi zamon komp`yuterlarining ilk loyihalari yaratilgan edi. Amerikalik bolgar millatiga mansub olim D. Atanasov (1903yil 3 oktyabrida tug`ilgan) birinchi elektron hisoblash mashinasining muallifi hisoblanadi. Atanasov 1937yilda, so`ngra 1939 yilda zamonaviy hisoblash mashinasi kontseptsiyasining tugallangan variantini e`lon qildi. Unga ko`ra: komp`yuter o`z elektr quvvati va elektronika yutuqlariga asoslangan bo`ladi; shu vaqtgacha yaratilgan qurilmalardan farqli ravishda u o`nlik emas, ikkilik sanoq tizimiga bog`liq bo`ladi; xotiralovchi qurilma sifatida kondensatorlar xizmat qiladi; hisoblash matematik amallar bilan emas, balki mantiqiy amallar yordamida bajariladi. IBM PC komp`yuteri 80-yillarda paydo bo`lishi bilan mashxur bo`lib, IBM PC firmasi, boshqa firmalardan farqli o`laroq o`z komp`yuterining konstruktsiyasi, loyihalarini patent himoyasiga olmadi, mantiqqa teskari ish yuritib komp`yuter bo`laklarini alohida sozlash, yig`ish usullarini maxfiy saqlamay hammaga oshkor etdi. Mazkur ma`lumotlar barcha istagan, so`raganlarga berildi.Ochiq arxitektura printsipi deb ataluvchi bu yo`l IBM firmasiga faqat foyda keltirdi. CHunki dunyodagi yuzlab, minglab firmalar IBM PC turidagi komp`yuter qurilmalarini yaratish uchun raqobat qila boshladi va bu musobaqa natijasi iste`molchilarga foydali bo`ldi, qismlar,qurilmalar qiymatlar arzonlashdi. Boshqa firmalar yangi komp`yuterlar yaratish loyihasi uchun ilmiy izlanish, ishlariga mablag` ajratmay, IBM PCga mos turdagi komp`yuterlar ishlab chiqara bordi, hattoki ba`zilari yangi texnik yangiliklarni tezroq kiritdi. Ko`p iste`molchilar bu komp`yuterlarni qo`shimcha qurilmalar bilan to`ldirdilar. Natija kutilganidan ham ziyoda bo`ldi. Hamma IBM PC komp`yuteri to`g`risida qayg`uradigan, barcha o`z hissasini qo`shib, uni texnik holatini yaxshilaydigan bo`ldi, komp`yuter qismlari arzonlashdi, o`zi esa dunyoda shuhrat qozondi, ommaviylikka erishdi. Dunyoda yiliga o`n milliondan ortiq IBM PC turidagi komp`yuter ishlab chiqariladi, ular umumiy komp`yuter bozorining 90%dan ko`prog`ini tashkil etadi. IBM PC komp`yuterlari va uning qurilmalarini ishlab chiqarish bilan minglab firmalar - yuzlab gigant korporatsiyalar, shu jumladan, Intel, Toshiba, Fujitsu, Siemens, Dell, Hitachi, Hewlett-Packard, Philips, Samsung va boshqalar mashg`ul. Ular o`rtasida raqobat juda kuchli, shu sababli mahsulot sifati yaxshilanyapti, tannarxi esa arzonlashyapti. Misol uchun, operativ xotira mikrosxemalari qiymati 1995yildan boshlab 5martadan ko`p arzonlashdi. Mikroprotsessor va tizimli plata ishlab chiqaruvchi Intel firmasining obro` va salmog`i yuqori bo`lsada, uning ham etarli raqobotdoshlari: AMD, Gyrix, IBM va boshqalar yo`q emas. Biroq ba`zi ma`lumotlarga qaraganda Inlel firmasi dunyo bozorining 80% dan ortiq mikroprotsessorlarini ishlab chiqarar ekan. To`g`ri, IBM PC komp`yuterining qurilma va qismlarini ishlab chiqaruvchi firmalarning aksariyati Janubiy SHarqiy Osiyo mintaqasida davlatlari: Tayvan, Malaziyya, Singapur, Janubiy Koreya, Xitoyda joylashgan, chunki bu davlatlarda ishchi kuchi arzon. Dunyoga mashhur, o`ta sifatli komp`yuterlar (brahd-name turi) ishlab chiqaruvchi firmalar: Compag, IBM, Hewlett-Packard, Micron, Dell; komp`yuterlari brand-name nomini olishga intilgan transnatsional kompaniyalar; Evropa, Rossiya va Janubiy SHarkiy Osiyoning mayda firmalari(middle-name); Download 22.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling