«ZIYONET» JAMOAT TA’LIMI AXBOROT TARMOG‘I - «ZiyoNET» jamoat ta’limi axborot tarmog‘i muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. Nogironlar uchun axborot texnologiyalari markazlari va maxsus treninglar tashkil qilindi.
TO‘RTINCHI AVLOD (4G) ALOQA TARMOG‘I - Mamlakatimizda MDHda ilk bor to‘rtinchi avlod (4G) aloqa tarmog‘i ishga tushirildi, interfaol shaklda davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha «yagona oyna» markazlari ochildi. Forumda qator xorijlik ekspertlar AKT sohasidagi eng so‘nggi ishlanmalarni joriy etish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashdi.
- O‘zbekiston Respublikasining axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda, milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |