Ochiq dars bayonnomasi va qarori


Download 26.5 Kb.
Sana05.01.2022
Hajmi26.5 Kb.
#208109
Bog'liq
Ochiq dars bayonnomasi va qarori


Ochiq dars bayonnomasi va qarori

Sana: 17.12.2019

Sinf: 6 A
Mavzu: Do you want to be healthy?

Darsni salomlashishdan boshladim va kun, sana, ob-havo ma'limotlarini va darsdagi davomatni aniqladim. Dars davomida men noan'anaviy usuldan foydalandim. Darsga o'quvchilarni qiziqtirish uchun dars mavzusini tanishtirmasdan turib, Warm-up metodini qo'lladim. Ingliz tilidagi quvnoq qo'shiqni namoyish etib, o'quvchilarni kayfiyatini ko'tarib oldim. So'ngra men ularga yangi mavzuni bayon etdim. Darsda guruhlar bilan ishlash metodidan foydalandim, mavzuda uchraydigan yangi so'zlarni Slayd prezentatsiya orqali tushuntirdim. So'ng kitobda berilgan mashqlar bilan ishladim. Mashqlar bajarolishi davomida sokin klassik musiqadan foydalanib, o'quvchilar miyasini dam oldirdim. Mavzuga oid video orqali" Healthy"haqida o'quvchilarda to'liqroq ma'lumot shakllantirdim. Shundan so'ng Throw the Ball o'yinini o'ynatdim. Dars davomida faol qatnashgan o'quvchilarni rag'batlantirib bordim. Dars oxirida o'quvchilarga uy vazifasi berib, faol qatnashgan o'quvchilarni baxoladim.

Darsimga kirgan o'qituvchilar: Meliboyeva Gulnoraxon , Madaminova Yoqutxon, To'ychiyeva Saidaxon va Yo'lchiyeva Madinaxon ustozlar darsni tahlilini aytib o'tishdi. Darsimda quyidagi yutuqlarni aytib o'tishdi:

- guruhlarda ishlash joriy etilgani ;

-siyosiy yangiliklar so'ralgani

-ko'rsatmali vositalar sifatida nafaqat rasmlardan foydalanganlik ;

- darsda baholashning yo'lga qo'yilgani

- uyga vazifani tekshirish oldindan tayyorlangan tarqatmali vositadan foydalanilgani

- har bir o'quvchining bilish faoliyatiga jalb qilinganligi

- dars so'nggida faol o'quvchilar rag'batlantirilgani

- darsda AKT vositalaridan keng foydalanganligi ;

Lekin tan olishim kerakki darsimda ular quyidagi kamchiliklarga duch kelishibdi:

- uyga vazifani doskaga yozib emas og'zaki aytilgani

Ochiq dars qarori: Amaliyotchi talaba Azamova Gulhumor tomonidan o'tilgan ochiq dars yaxshi deb topildi.


Direktor o'rinbosari: Bunyodjon Saidov
Uslubchi: N.Oʻsarova
O'qituvchilar: Meliboyeva Gulnoraxon

To'ychiyeva Madinaxon

Kotiba : Azamova G.
Download 26.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling