Ochiq dars ishlanmasi Mavzu: O’zbek xalq kuy va qo’shiqlari Ta’limiy maqsad


Download 32 Kb.
Sana14.12.2021
Hajmi32 Kb.
#181096
Bog'liq
Musiqadan-ochiq-dars


23-son umumiy o’rta ta’lim maktabi musiqa fani o’qituvchisi Ro’zmetov Bahromning 3-sinflarda 1 soatlik

Ochiq dars ishlanmasi



Mavzu: O’zbek xalq kuy va qo’shiqlari

Ta’limiy maqsad :O’quvchilarga o’zbek xalq kuy va qo’shiqlari haqida tushunchalar berish.

Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarni musiqaga bo’lgan muhabbatini tarbiyalash, ona-Vatanga mehr- muhabbat uyg’otish

Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarning ijodiy faoliyatini, iqtidorini,musiqiy qobiliyatlarini rivojlantirish.

Darsning turi: Nazariy va amaliy.

Darsning metodi:Tushuntirish, suhbat, aqliy hujum.

Darsning jihozlari:Qashqar rubobi, 3-sinf musiqa darsligi, kompyuter texnikasi.

Darsning borishi.

Tashkiliy qism: O’quvchilar davomatini aniqlash,o’quvchilarni darsga hozirlash.O’quvchilardan bahor fasli va qo’shiqlari haqida so’rash, “Onajon” qo’shig’I dan bir parcha ijro etiladi.O’tilgan mavzular alteratsiya va dinamik belgilarning ishlatilishi, belgilanishi haqida haqida so’raladi va mustahkamlanadi.

Musiqa tinglash: M.Mirzayevning “Bahor val’si” kuyi ijro etiladi.

1.Musiqiy tovushlar nechta?

2.O’bek bastakorlaridan kimlarni bilasiz?

3.Qaysi raqs kuylarini bilasiz?

4.Orkestr deb nimaga aytiladi?

5.DO-RE tovushlari orasida nechta ton bor?

6.Dinamik belgilar qayerrlarda ishlatiladi?

7.Major va minor qanday eshitiladi ?

8. Alteratsiya belgilari nechta bo’ladi?

9.Diyezning vazifasi nima?

10.Nechta asosiy nota chiziqlari mavjud?

11.Nechta dinamik belgi bor?

12.Davlat madhiyasini so’zini kim yozgan, musiqasini kim bastalagan?

13.MI-FA tovushlariorasida nechta ton mavjud?

14. XOR deb nimaga aytiladi?

15. BEMOLning vazifasi nima?

16.Skripka kaliti qaysi chiziqni qamrab oladi?

Darsning texnologik xaritasi


  1. Tashkiliy qism.

  2. O’tilgan mavzularni so’rash va mustahkamlash.

3 .Yangi mavzu ustida ishlash.

4. Mustahkamlash.

5. Dars yakuni va uy vazifasi.

Yangi mavzuning bayoni: O’quvchilarga o’zbek xalq kuy va qo’shiqlari haqida tushuncha berish. Bunda musiqa janrlari xalfachilik,dostonchilik,maqomchilik haqida aytiladi. O’zbek xalq kuylari Andijon polkasi,” Norim-norim”, “Aliqambar” , “Xorazm lazgisi” , “Dilxiroj” “Bahor val’si” haqida tushunchalar beriladi.

Jamoa bo’lib kuylash: O’quvchilarga “ O’zbekiston- gulzor” qo’shig’ining matni yozdiriladi va rubob yoki texnik vositalar yordamida musiqasi o’rgatiladi.

O’zbekiston - gulzor

Ham shahri lolazor

Qanday go’zal bu bog’lar

Keling mehmonlar.

Jon,jon,jon, jonim o’zbekiston

Jon ,jon,jon,jonim O’zbekiston

Keldi bahor o’ynang.

Paxtazorda kuylang

Keling do’stlar ,mehmonlar

O’ynoqlab oqsin suvlar

Hidlarin sochsin gullar

Olma,anorli bog’lar

Keling mehmonlar



Musiqa savodi: Musiqaning o’zgarmas qaytarilishi REPRIZA haqida tushunchalar beriladi.

Darsning yakuni:Darsda o’tilganlar mustahkamlanadi,kartochka olgan o’quvchilar bilimlari baholanadi.

Uyga vazifa: O’quvchilarga “ O’zbekiston- gulzor” qo’shig;ini kuylab kelish topshiriladi.
Download 32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling