Ochiq dars ishlanmasi
IV. Yangi mavzu: Inflatsiya va uning turlari
Download 59,37 Kb.
|
Инфляция-Dars ishlanmasi
IV. Yangi mavzu: Inflatsiya va uning turlari
Mavzuning bayon qilis rejasi: 1). Muomalada qancha pul bo’lishi kerak. 2). Inflatsiya. 3).Inflatsiya sabablari. 4) Yangi mavzuni guruxlardagi o’quvchilar mustaqil o’qish orqali amalga oshiriladi. Guruxlarga: O’quvchilar Sa’dullaevlar oilasining bir oylik chiqimlari bilan tanishtiriladi va quyidagi savollar beriladi. 1) Sa’dullaevlar oilasining o’rtacha xarajatlari miqdorini hisoblang. 2)Agar oziq-ovqatlar narxi 20% oshsa, Sa’dullaevlar oilasining oylik xarajatlari miqdori necha so’mga oshadi?Bu oilaning umumiy oylik xarajatlari necha foizga o’sadi? 3)Agar keyim kechaklar narxi 10% ga ko’tarilsa, Sa’dullaevlar oilasining oylik xarajatlari necha so’mga oshadi?Bu oilaning umumiy oylik xarajatlari necha foizga teng? O’quvchilarga yozma ravishda javob tayyorlashlari aytiladi va topshiriqni bajarish uchun 7 daqiqa vaqt beriladi. Topshiriqni bajarib bo’lishganidan so’ng 2 nafar o’quvchi doskaga chiqariladi va tayyorlagan javobi birgalikda tahlil qilinadi. Yechimlar: 1. 400000 so’m 2. a) 200000:100x 20= 40000 b) 40000: 400000 x 100=10% 3. a) 100000:100x10=10000 b) 10000:400000x100=2,5% Javob: 1. Sa’dullaevlar oilasining 1 oylik o’rtacha xarajati jami 400000 so’m. 2. Oziq-ovqatlar 20% oshganligi sababli Sa’dullaevlar oilasining umumiy xarajati 40000 so’mga ko’payadi, bu oilaning umumiy oylik xarajatlarining 10% tashkil qiladi. 3. Keyim –kechaklar narxi 10% ga oshganligi natijasida oilaning umumiy xarajatlari yana 10000 so’mga ko’payadi, bu oilaning umumiy oylik xarajatlarining 2,5% ga oshganini bildiradi. Yuqoridagi 2-3 bahdlarda hisoblangan umumiy xarajatlar o’sishining foizlardagi miqdori, Sa’dullaevlar oilasi uchun oylik inflyatsiya darajasini bildiradi.40000+10000=50000:400000x100=12,5%
Download 59,37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling