V. Mustahkamlash.
-Inflyatsiya bu nima?
O’quvchilar fikri so’raladi va o’qituvchi tomonidan to’ldiriladi.
Agar mamlakat iqtisodiyotida muomaladagi pul miqdori ko’payib ketsa, pul muomalasi qonuniga ko’ra, Fisher tenglamasidagi muvozanatni saqlash uchun tovar va xizmatlar hajmini ko’paytirish yoki tovar va xizmatlarning o’rtacha narxini oshirish kerak bo’ladi.Lekin Tovar va xizmatlar hajmini bir daqiqada oshirish imkoni yo’q, shu sababli muomaladagi pul hajminig oshishi, odatda narxlarning oshishiga olib keladi.
Iqtisodiyotda narx- navoning oshishi jarayoniga inflyatsiya deyiladi. Inflyatsiya o’z navbatida davlat pul birligining qadrsizlanishiga olib keladi. Pulning qadrsizlanishi deb, unga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar miqdorining kamayishiga aytiladi. Agar narxlar oshsa, ma’lum miqdordagi sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar miqdori kamayadi. Bu esa pulning qadrsizlanishidan dalolat beradi.
Aksincha,bozordagi narxlar arzonlashsa, ma’lum miqdordagi pulga, ko’proq tovar va xizmatlar sotib olish mumkin bo’ladi. Bu pul qadrini oshganligini ko’rsatadi. Iqtisodiyotda narx-navoning pasayishi jarayoniga “deflyatsiya” deyiladi.
“Inflyatsiya” makroiqtisodiy jarayon bo’lib, mamlakat iqtisodiyotining hamma sohalarini qamrab oladi va deyarli barcha Tovar va xizmatlar narxining o`shishi bilan xarakterlanadi.
O’quvchilardan amaliy mashqni davom ettirish so’raladi va quyidagi savol beriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |