Toshkent viloyati Bekobod shahar 18-umumiy o`rta ta’lim maktabi
Biologiya fani o`qituvchisi
Xidiraliyev Abdufattohning
OCHIQ DARS ISHLANMASI
2020-2021-o’quv yili
Mavzu: Xalqali chuvalchanglar tipi. Kam tuklilar sinfi
1
|
Darsning maqsadi va vazifalari
|
Darsning ta’limi maqsadi: O’quvchilarni yomg’ir chuvalchangining nafas olishi, ayirish nervi sistemasi, sezgi organlari, refleksi, ko’payishi, xilma-xilligi ahamiyati, kelib chiqishi bilan tanishtirish
Darsning tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarni yomg’ir chuvalchangining o’ziga xos hususiyatlari bilan tanishtirish orqali ular ilmiy dunyoqarashlarini kengaytirish, iqtisodiy va ekologik tarbiya berish.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning tirik organizmlarning xilma-xilligi haqidagi bilimlarni, darslik ustida mustaqil ishlash, mantiqiy fikr yuritish, ko’nikmalarini rivojlantirish.
Darsda yoritilishi lozim bo’lgan asosiy tushunchalar: Qorin nerv zanjiri, teri muskul xaltasi, yelka qorin qon tomiri, kapillar qon tomiri, yomg’ir chuvalchangi, chuchuk suvda yashovchi qizil chuvalchang.
Mavzu rejasi:
1. Halqali chuvalchanglar tipi va kamtuklilar sinfining umumiy tavsifi.
2. Yomg’ir chuvalchangining yashash muhiti va boshqa tuzilishi.
3. Teri-muskul xaltasi va tana bo’shlig’ining tuzilishi.
4. Sezgi organlari va refleksi.
|
2
|
Yangi mavzu mazmuni
|
1. Halqali chuvalchanglar tipi. Halqali chuvalchanglar tanasi halqali, tana bo’shlig’i rivojlangan hayvonlar. Ularga 7000 tur kiradi. Yashash muhiti tuproq, chuchuk suvlar, dengiz. Tanasi bo’g’imlarga bo’linib, ikkala yonida harakat vositasi bo’lgan tuklari – paradoiyalar joylashgan.
Halqali chuvalchanglar 2 ta sinfga bo’linadi. 1. Kam tuklilar sinfi (oligoxetlar). 2.Ko’p tuklilar sinfi (poligoxetlar).
1. Kam tuklilar sinfi (oligoxetlar) tuproq va suvda yashaydi. Paradoyalari yo’qolgan, o’rnida bir nechta tuklar qolgan. Germafrodit organizmlar, lichinkalari o’zgarishsiz rivojlanadi. Turlari: yomg’ir chuvalchangi, oq gultuvak chuvalchangi, chuchuk suvda, balchiqda yashovchi qizil chuvalchanglar.
2. Yomg’ir chuvalchangi. Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Yomg’ir chuvalchangi chirindiga boy nam tuproqlarda hayot kechiradi. Uni ariq bo’yida, beda, sabzavot va poliz ekinlariekiladigan dalalarda uchratish mumkin.
Chuvalchanglar tuproq ichida hayot kechiradi, lekin qattiq jaladan so’ng ba’zan ko’plab yer yuzida chiqib qoladi. Ana shu sababdan ular yomg’ir chuvalchangi deb ataladi.
Yomg’ir chuvalchangi tanasining uzunligi 8-10 sm, oldingi uchi konussimon o’tkirlashgan. tanasi halqalarga o’xshash tortmalar bilan ko’p sonli bo’limlarga bo’lingan. Har bir tana bo’g’inining qorin tomonidan to’rt juftdan kalta va ingichka tuklar joylashgan. Tuklar harakatlanayotgan chuvalchang uchun tayanch vazifasini bajaradi. Oldingi tomonidagi bir necha dona halqalari yo’g’onlashib, maxsus belbog’ hosil qiladi. Tanasida taxminan 100-180 ta halqa bo’ladi.
Teri-muskul xaltasi. Chuvalchangning tanasi tashqi tomonidan bir qavat epiteliyhujayralardan iborat yupqa terilar bilan qoplangan. Bu hujayralar ishlab chiqaradigan shilimshiq modda terini doim namlab turadi. Teri ostida halqasimon va bo’ylama muskullar ikki qavat bo’lib joylashgan. Muskullarning ostida bir qator bo’lib joylashgan hujayralardan iborat ichki epiteliy qavati tana bo’shlig’i devorini hosil qiladi. Tashqi va ichki qavatlar va ularning orasida joylashgan halqasimon hamda bo’ylama muskullar teri-muskul xaltasi deb ataladigan tana deorini hosil qiladi. Bu halta ichki organlar joylashgan tana bo’shlig’ini o’rab turadi.
Harakatlanishi. Yomg’ir chuvalchangi tanasining tashqi tuzilishi tuproqda in qazibhayot kechirishga msolashgan. Chuvalchang halqasimon va bo’ylama muskullari yordamida tanasini cho’zadi, yoki qisqartiradi va har tomondan burilib, ancha murakkab harakat qiladi. Tuproq ichida harakatlanayotgan chuvalchangning halqasimon va bo’ylama muskullari galma-galdan qisqarib boradi. Dastlab tanasining oldingi tomonidagi halqasimon muskullar qisqarishi tufayli chuvalchangning oldingi tomoni cho’zilib, ingichkalashadi va chuvalchang tanasining konussimon oldingi uchini tuproq zarralari orasiga tiqadi. Shundan so’ng tana devoridagi bo’ylama muskullar qisqarib, tanasining olingi qismi yo’g’onlashadi. Tuproq zarralari surilib, chuvalchang tanasining keyingi qismini tortib oladi va o’ziga in ochadi. Zichlashgan toproqda chuvalchang tuproqni ichagi orqali o’tkazib, o’ziga yo’l ochadi. Terida joylashgan tuklar chuvalchang harakatlanganida tayanch vazifasini bajaradi. Teri ustidagi shilimshiq parda esa, chuvalchang tanasining siljishini yengillashtiradi.
Tana bo’shlig’i. Yomg’ir chuvalchangining tana bo’shlig’i suyuqlik bilan to’la bo’lib, unda barcha ichki a’zolari joylashgan. Halqali chuvalchanglarning tana bo’shlig’i to’gachak chuvalchanglaridan farq qilib, yupqa pardadan iborat ko’ndalang to’siqlar bilan alohida bo’lmalarga ajratilgan. Tana bo’shlig’i bo’lmaganlarining soni tashqi tana halqalari soniga teng. Bundan tashqari, halqali chuvalchanglartana bo’shlig’i devorining tichki yuzasi bir qavat bo’lib joylashganhujayralar bilan qoplangan.
Hazm qilish sistemasi. Yomg’ir chuvalchangining og’iz beshigi tanasining oldngi ichida, birinchi tana bo’shlig’ining ustida joylashgan. Og’iz qisqa xalqum orqali qizilo’ng’achga tutashgan.
Qiziqlo’ng’achning kengaygan keyingi qismi jig’ildon deb ataladi. Jig’ildon esa, kichikroq oshqozonga ochiladi. Oshqozondan tananing orqa tomoniga qarab ichak ketadi. Chuvalchanglar chiriyotgan o’simlik qoldiqlari bilan oziqlanadi. Ular chirindilarni tuproq bilan birga qo’shibichagidan o’tkazadi. Oziq ichakda hazm shirasi ta’sirida o’zlashtiriladiyu Oziq tarkibidagi moddalar qonga so’riladi. Oziqning hazm bo’lmagan qismi tuproq bilan birga unol teshigi orqali tashqariga chiariladi. Tashqariga chiqarilayotgan tuproq zarralarihazm shirasiga aralashib, qisman bir-biriga yopishib, yumaloqlanib chiqadi va donador ko’rinishga ega bo’ladi. Bu donachalar kopralitlar deyiladi. Yomg’ir chuvalchangining tuproqni donador qilib yumshatishi va bu bilan o’simliklar ildizining yaxshi nafas olishiga yordam berish hususiyati ham mana shunda.
Qon aylanish sistemasi. Qon aylanish sistemasi dastlab halqali chuvalchanglarda kuzatilgan. Yomg’ir chuvalchangining qon aylanish sistemasi bir-biri bilan tutashib turadigan qon tomirlaridaniborat. Chuvalchang tanasida ikkita yirik qon tomir, biri – orqa qon tomiri, tananing orqa tomonida, ichak ustida, ikkinchisi – qorin tomiri, ichak ostida joylashgan. Bu ikkala yirik qon tomirlarhalqa tomirlar orqali o’zaro tutashgan. Qizilo’ng’ach atrofida joylashgan 5-6 ta yo’g’on halqa tomirlarning devori muskullar bilan ta’minlangan. Bu tomirlar qisqarish hususiyatiga ega bo’lganligi tufayli “yurak” deb ataladi. Halqa tomirlar va yirik qon tomirlardan tanadagi turli organlarga mayda qon tomirlar tarqaladi. Bu tomirlar ham o’z navbatida judamayda tomirlar ajraladi.
Organlarga joylashgan eng mayda qon tomirlar kapilyarlar deb ataladi. Kapilyar tomirlar terida va ichak devorida ayniqsa ko’p bo’ladi. Xalqumdagi halqa qon tomirlari qisqarish natijasida qon orqa tomir bo’ylab tananing oldingi tomonigaoqadi. Chuvalchangning qon tomirlaritana bo’shlig’i bilan tutashmaganligi sababli ularning qoni tana suyuqligi bilan aralashib ketmaydi, qon esa, harakat qon tomirlarda oqadi. Shu sababdan yomg’ir chuvalchangi va boshqa halqali chuvalchanglarning qon tomirlari yopiq qon aylanish sistemasini hosil qiladi. Qon orqali kislorod va oziq moddalari bosiladi. Ichakda hazm bo’ladigan oziq moddalarichakdevori orqali qonga so’riladi va hamma organlarga tarqaladi.
Nafas olishi. Yomg’ir chuvalchangi terisi orqali nafas oladi. Kislorod tuproq havosidan teri orqali kapilyarlardagi qonga o’tib, qon bilan hamma organlarga tarqaladi. Hujayralarda moddalar almashinuvi natijasida hosil bo’lgan karbonad angidrid gazi ham teri orqali organizmdan chiqib ketadi.. Chuvalchang terisi shilimshiq modda bilan namlanib turadi. Nam teri kislorodni yaxshi o’tkazadi.
Ayirish sistemasi. Yomg’ir chuvalchangining ayirish sistemasi oq planariyanikidan farq qiladi. Har bir tana bo’g’nida bir juftdan sirtmoqqa o’xshash burilgan ingichka uchun naychalar ayirish sistemasi vazifalarini bajaradi. Naychalarning bir uchi tana bo’shlig’iga, ikkinchi uchi esa, teri orqali tashqariga ochiladi. Naychalarning tana bo’shlig’iga ochilgan uchi voronkaga o’xshash kengaygan va juda ko’p kiprikchalar bilan ta’minlangan. Bu kiprikchalarning harakati tufayli zararli moddalar tana suyuqligi bilan birga naychalarga o’tadi va teri yuzidagi teshikchalar orqali organizmdan chiqarib yuboriladi.
Nerv sistemasi. Tanasining oldingi qismidagi nerv hujayralarito’planib xalqumusti va xalqumosti yirik nerv tugunlarini hosil qiladi.Bu nerv tugunlarini xalqumni ikkita tomondan aylanib o’tadigan xalqa nerv tolalari birlashtirib turadi. Xalqumosti nerv tuguni qorin bo’ylab ketadiganqorin nerv zanjiribilan tutashgan. Qorin nerv zanjirida har bir tana bo’g’ini to’g’risida bittadan kichik nerv tugunlari joylashgan. Hamma nerv tugunlaridan teriga va ichki organlarga nervlar chiqadi. Shunday qilib, yomg’ir chuvalchangining nerv sistemasioq planariya va uskaridanikidan nisbatan ancha murakkab tuzilgan bo’lib, xalqumusti va xalqumosti nerv tugunlaridan, qorin nerv zanjiridanhamda ulardan chiqadigan nerv tolalaridan iborat.
Sezgi organlari va refleksi. Yomg’ir chuvalchangining maxsus sezgi organlari bo’lmaydi, lekin u yorug’lik, harorat kimyoviy va mexanik ta’sirlarni yaxshi sezadi. Uning teri hujayralarida sezuvchi nerv tolalaribo’ladi. Bu nervlar nerv tugunlari bilan bog’langan. Yomg’ir chuvalchangining refleksi gidra va oq planariyaga nisbatan ancha murakkab va xilma-xil bo’ladi. Gidra yoki planariya tanasiningqaysi qismiga ta’sir etsak bir xil qisqartirish bilan javob beradi. Buning aksicha, yomg’ir chuvalchangi tanasining qaysi qismiga ta’sir qilsak o’sha tomoni ta’sirlanadi va har xil harakat qiladi. Masalan oldingi tomoniga biror narsani tekkizganimizda bosh qismini tortib oladi va boshqa tomonga burilib, qochishga harakat qiladi. Reflekslar yomg’ir chuvalchangi hayotida katta ahamiyatga ega. Reflekslar yordamida chuvalchanglar o’z ozig’ini qidirib topadi, dushmanlardan saqlanadi, kuchli yorug’lik va issiqlikdan yashirinadi.
Ko’payishi. Yomg’ir chuvalchangi germafradit hayvon, lekin ko’payishi davrida ikki chuvalchang bir-birini urug’lantiradi. Chuvalchang tuxum qo’yish davrida belbog’chasidan shilimshiq modda ajratadi. Bu moddadan pilla hosil bo’ladi. Har qaysi pillaga 2-3 dona, ba’zan 6-20 donagacha tuxum qo’yadi.Pilla chuvalchang tanasidan sirg’alib tuproqqa tushadi. Pilladagi tuxumlardan bir oydan keyin yosh chuvalchanglar chiqadi. Chuvalchanglar bir necha yil yashaydi.
Regenerasiyasi. Yomg’ir chuvalchanglari ham gidra yoki oq planariya singari tanasining jarohatlangan qismini tiklash hususiyati ega.Chuvalchang tanasi ikki bo’lakka ajratilganida uning har bir bo’lagidan yangi chuvalchanglar hosil bo’lishi aniqlangan.
Ahamiyati. Yer yuzida yomg’ir chuvalchanglarining 180 dan ortiq turi tarqalgan. Yomg’ir chuvalchanglari chuchuk suvlarda hayot kechiradigan halqali chuvalchanglarning tana halqalarida ko’zga ko’rinmaydigan siyrak va kalta tukchalar bo’ladi. Shuning uchun ularni kam tukli halqali chuvalchanglar sinfiga kiritiladi. Yomg’ir chuvalchanglari tuproqni yumshatib, unga suv va havo o’tishini yaxshilaydi. O’simlik ildizlari chuvalchanglar qaziganinlar orqali yaxshi o’sadi. Bundan tashqari chuvalchanglar tuproqni ichagidan o’tkazib, uni chirindiga boyitadi. Chuvalchang ko’p bo’lgan tuproq donador bo’lib, namlik va oziq moddalarni o’zida yaxshi saqlaydi. Bir gektar maydonda yomg’ir chuvalchanglari bir yil davomida 250-600 tonna tuproqni qayta ishlab berishi aniqlangan. Yomg’ir chuvalchanglarining ayrim turlaridan chorvachilik va uy-ro’zg’or chirindilarini qayta ishlab sabzavot va poliz ekinlari uchun qimmatli o’g’it hisoblanadigan biogumus olishda foydalaniladi.
Qo’shimcha ma’lumot. Yomg’ir chuvalchanglarining yer unumdorligini oshirishdagi ahamiyatini hisobga olib, AQSh va ba’zi g’arbiy Yevropa mamlakatlarida uni ko’paytiruvchi fermerlar faoliyat yuritmoqda. Bunday ishlar respublikamiz viloyatlarida ham tashkil etilgan. Yomg’ir chuvalchangi ko’p bo’ladigan tuproqlarda mevalar mazali va vitaminlarga boy bo’ladi. XVII asrlarning ikkinchi yarmida Anton Levenchuk tomonidan mikroskopning ixtiro qilinishi tuproqshunoslikda katta inqilob yasadi. Uning yordamida mayda, ko’z ilg’amas tuproq jonivorlarining tuproq hosil bo’lishi jarayonidagi beqiyos roli faqatgina 100 yil o’tganidan so’nggina Lui Paster tomonidan ochib berildi.
|
3
|
O’quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi
|
Shakl: suhbat, munozara
Metod: qisqa savollar, internet, klaster usuli, xatomni top.
Jixozlar: tirik yomg’ir chuvalchangi, nam tuproq solingan idish, yomg’ir chuvalchangining ko’ndalang kesimi, mikropreparati, rasmlar, lupalar
Usul: yozma, og’zaki, ko’rgazmali
Baholash: reyting tizimi
|
4
|
Kutiladigan natija
|
O’qituvchi:
Belgilangan vaqtda o’quvchilarga ko’p va chuvalchanglar haqida qiziqarli ma’lumotlar berish berish ko’nikmasi rivojlanadi, o’z faoliyatiga ijodiy yondashishi ortadi.
|
O’quvchi: Yomg’ir chuvalchangining o’ziga xos hususiyatlari bilan tanishtirish to’g’risidagi bilimlari rivojlanadi, qiziqishlari ortadi, mustaqil guruhlarda ishlash, umumiy xulosalar chiqarish
|
5
|
Kelgusi rejalar
|
O’qituvchi: Dars jarayonida foydala-nilgan texnologiya-larni yanada takomil-lashtirish rejasini tuzadi
|
O’quvchi: Mavzuga oid bilimlarini internet ma’lumotlari bilan boyitish va rejalashtirish rejasini tuzadi.
|
Darsning texnologik bosqichlari.
T/r
|
Texnologik bosqichlar
|
Vaqt
|
O’qituvchi faoliyati
|
O’quvchi faoliyati
|
1-bosqich
|
Tashkiliy qism
|
2
|
1. Sinf o’qituvchilarini darsga tayyorlaydi.
2. Davomatni tekshiradi.
3. Darsning maqsadi va vazifalari bilan tanishtiradi.
|
1. Darsga tayyorlanadilar.
2. Bugungi darsning borishi, maqsadlari bilan tanishadilar
|
2-bosqich
|
O’tilgan mavzu yuzasidan o’qiuvchilarning bilimlarini nazorat qilish
|
13
|
O’tilgan mavzu yuzasidan tuzilgan nazorat topshiriqlari asosida o’quvchilar bilimlarini aniqlaydi. 1-nazorat topshirig’i “qisqa savollar”, 2-nazorat topshirig’i internet, 3-nazorat topshirig’i xatomni top, 4-nazorat topshirig’i klaster usuli. O’tilgan mavzu yuzasidan bo’shliqlarni to’ldirgan holda uni yakunlaydi
|
Berilgan topshiriqlarni individual, guruhlarda bajaradi.
|
3-bosqich
|
O’quvchilarning bilish faoliyatlarini tashkil etish va mavzuni o’rganish
|
15
|
1. Yangi mavzu e’lon qilinadi.
2. O’quv topshiriqlarining maqsadi, mohiyativa bilan tanishtiradi.
3. O’quvchilarni guruhlarda mustaqil ishlashlarini ta’minlaydi.
4. Guruh a’zolari yangi mavzuni o’zlashtiradilar
|
1. Bugungi o’tiladigan yangi mavzu bilan tanishadilar.
2. Bajariladigan topshiriqlar yuzasidan ko’rsatmalarni tushunib oladilar va ularni hamkorlikda bajaradilar. 3-sinf o’quvchilari 3 ta guruhga bo’linadilar.
|
4-bosqich
|
Yangi mavzun mustahkamlash va o’qiuvchilarning ballarini izohli e’lon qilish
|
10
|
Mavzuga doir o’quvchilar egallagan bitlimlarini mustahkamlash uchun tayyorlangan topshiriqlar mohiyati bilan o’quvchilarni tanishtiradi va ularning bajarilishini nazorat qiladi. 1-nazorat topshirig’i: qisqa savollar, 2-nazorat topshirig’i: internet
|
Topshiriqlarni bajaradilar
|
5-bosqich
|
Erishilgan natijalarni tahlil qilish va darsni yakunlash
|
|
Dars jarayonida faol ishtirok etgan o’quvchilar bilimlarini tahlil qiladi va ballarini e’lon qiladi. Uy vazifasini tushuntiradi va darsni yakunlaydi. Uy vazifasi: 12-13 mavzuni o’qish, 24, 25, 26, 27, 28-rasmlar bilan ishlash, 44-47 betlardagi nazorat topshiriqlariga javob yozib kelish
|
Uy vazifasini yozib oladilar, baholash natijalarini kundalik daftarga qo’ydiradilar
|
1-guruh uchun nazorat topshiriqlari.
O’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan materiallar yuzasidan o’quv topshiriqlari
|
Topshiriqlarni bajarish yuzasidan ko’rsatmalar
|
Darsdagi materiallarni diqqat bilan o’qib quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring.
1. Yomg’ir chuvalchangining nerv sistemasi qanday tuzilgan?
2. Yomg’ir chuvalchangi qanday xarakterlanadi?
3. Yomg’ir chuvalchangi qanday sezadi?
4. Yomg’ir chuvalchanglarining teri-muskul xaltasi qanday tuzilgan?
|
O’quvchilar guruh bilan hamkorlikda ishlang.
O’quvchilar bilan o’tkaziladigan savol-javobda faol ishtirok eting.
|
2-guruh uchun nazorat topshiriqlari.
O’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan materiallar yuzasidan o’quv topshiriqlari
|
Topshiriqlarni bajarish yuzasidan ko’rsatmalar
|
Darsdagi materiallarni diqqat bilan o’qib quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring.
1. Yomg’ir chuvalchangi qanday ko’payadi?
2. Yomg’ir chuvalchangi hazm qilish sistemasi qanday tuzilgan?
3. Yomg’ir chuvalchangining qon aylanish sistemasi qanday tuzilgan?
4. Yomg’ir chuvalchangida qon qanday vazifalarni bajaradi?
|
O’quvchilar guruh bilan hamkorlikda ishlang.
O’quvchilar bilan o’tkaziladigan savol-javobda faol ishtirok eting.
|
3-guruh uchun nazorat topshiriqlari.
O’quvchilar o’zlashtirishi lozim bo’lgan materiallar yuzasidan o’quv topshiriqlari
|
Topshiriqlarni bajarish yuzasidan ko’rsatmalar
|
Darsdagi materiallarni diqqat bilan o’qib quyidagi savollarga javob toping va topshiriqlarni bajaring.
1. Yomg’ir chuvalchangi qanday nafas oladi?
2. Yomg’ir chuvalchangining ayirish sistemasi sistemasi qanday tuzilgan?
3. Yomg’ir chuvalchangining tashqi tuzilishi qanday tuzilgan?
4. Yomg’ir chuvalchangining tana bo’shlig’i qanday tuzilgan?
|
O’quvchilar guruh bilan hamkorlikda ishlang.
O’quvchilar bilan o’tkaziladigan savol-javobda faol ishtirok eting.
|
O’tilgan mavzu yuzasidan o’quvchilar bilimini nazorat qilish, topshiriqlarning o’qituvchi va o’quvchitarqatmalari
1-nazorat topshirig’i: “Biologik diktant” (individual bajariladi). O’qituvchi bugungi diktant savollari 10 ta ekanligini e’lon qiladi.
O’quvchilar daftarlariga:
Sana..............
“Biologik diktant”
1. 6.
2. 7.
3. 8.
4. 9.
5. 10.
Yoo’ib o’qituvchi tomonidan o’qib eshittiriladigan savollarni , eshitib unga javob yozadilar.
“Biologik diktant” topshirig’ining savollari:
1. Yomg’ir chuvalchangi tanasining uzunligi necha santimetr?
2. Halqali chuvalchanglarga nechta tur kiradi?
3. Halqali chuvalchanglar nechta sinfga bo’linadi?
4. Yomg’ir chuvalchangi tana halqalari yo’g’onlashgan qismi nima deb aytiladi?
5. Yomg’ir chuvalchangi tanasida nechta halqa bo’ladi?
6. Halqali chuvalchanglarning tana bo’shlig’i to’garak chuvalchanglaridan qanday farq qiladi?
7. Yomg’ir chuvalchanglar organlaridagi eng mayda qon tomiri nima deb ataladi?
8. Yomg’ir chuvalchangining qayerda oqadi?
9. Yomg’ir chuvalchangi terisi nima bilan namlanib boradi?
10. Regenerasiya nima?
“Biologik diktant”ning javob varaqasi (o’qituvchi varianti).
1. 8-10 sm.
2. 7000 tur kiradi.
3. Ikkita sinfga bo’linadi.
4. Bo’g’im.
5. 100-180 ta halqa.
6. Yupqa pardadan iborat ko’ndalang to’siqlar.
7. Kapilyar.
8. Tomirlarda.
9. Shilimshiq modda bilan.
10. Qayta tiklanish.
Yangi mavzuni mustahkamlash uchun nazorat topshiriqlari:
1-nazorat topshirig’i. Sud o’yini (o’quvchilar uchun).
Oqlovchi
|
Qoralovchi
|
Yomg’ir chuvalchangining exinokok bilan o’xshashligi
|
Yomg’ir chuvalchangining exinokokdan farqi
|
1-nazorat topshirig’i. Sud o’yini (o’qituvchilar uchun).
Oqlovchi
|
Qoralovchi
|
Yomg’ir chuvalchangining exinokok bilan o’xshashligi:
1. O’xshashligi bular chuvalchanglar tipiga mansub.
2. Ularda tuklar kam bo’ladi.
3. Ikkalasi ham germofrodit.
4. Ikkalasining tanasibo’g’imlardan iborat.
5. Regenerasiya ikkovida ham bo’ladi.
|
Yomg’ir chuvalchangining exinokokdan farqi:
1. Yomg’ir chuvalchangining ovqat hazm qilish sistemasi yaxshi rivojlangan.
2. Yomg’ir chuvalchangining tanasi yumaloq, exonokokniki esa yassi.
3. Tana uzunligi exinokok 0.3-0.6 mm, yomg’ir chuvalchangi 8-10 sm.
4. Exinokok parazit chuvalchang, yomg’ir chuvalchangi foydali chuvalchang.
5. Exinokokda anal teshigi bo’lmaydi, yomg’ir chuvalchangida anal teshigi bor
|
1-nazorat topshirig’i. Jadvallarni to’ldiring (guruhlarda bajariladi, o’quvchi uchun).
Hayvonning nomi
|
Yashash muhiti
|
Nafas olish organi
|
Yurak tuzilishi
|
Ayirish sistemasi
|
Yomg’ir chuvalchangi
|
|
|
|
|
Askarida
|
|
|
|
|
Oq planariya
|
|
|
|
|
1-nazorat topshirig’i. Jadvallarni to’ldiring (guruhlarda bajariladi, o’qituvchi uchun).
Hayvonning nomi
|
Yashash muhiti
|
Nafas olish organi
|
Yurak tuzilishi
|
Ayirish sistemasi
|
Yomg’ir chuvalchangi
|
Yomg’ir chuvalchangi chirindiga boy tuproqlarda hayot kechiradi
|
Terisi orqali nafas oladi
|
Qizilo’ng’ach atrofida joylashgan. 5-6 ta yo’g’on halqa tomirlarning devori, muskul
|
Ayirish sistemasi tana bo’g’imida bir juftdan joylashgan. Sirtmoq naycha
|
Askarida
|
Askarida odamning organizmiga parazitlik qilib yashaydi
|
Tana yuzasidan nafas oladi
|
Yuragi rivojlanmagan
|
Ayirish sistemasi tana bo’ylab o’tgan ikkita uzun naydan iborat
|
Oq planariya
|
Oq planariya daryo va ko’llar tubida hayot kechiradi
|
Tana yuzasidan nafas oladi
|
Yuragi rivojlanmagan
|
Tanasining g’ovak to’qimasida juda ko’p uchi berk naychalar joylashgan
|
Halqali chuvalchanglar tipi. Kam tuklilar sinfi mazusi bo’yicha dars ishlanmasi taqdimoti.
Xalqali chuvalchanglar tipi klassifikasiyasi.
1. Tup-halqali chuvalchanglar
2. Sinf-Kam tuklilar.
3. Vakil-Yomg’ir chuvalchangi.
Yomg’ir chuvalchangining tashqi tuzilishi.
A-yon tomnidan ko’rinishi
B-Qorin tomonidan ko’rinishi
1-og’iz.
2-yon tuklar.
3-qorin tomoni tuklari.
4-belbog’
5-jinsiy teshaklari
Yomg’ir chuvalchangi tanasining uzunligi 8-10 sm, oldingi uchi konussimon o’tkirlashgan. Tanasi halqaga o’xshash tortmalar bilan bilan ko’p sonli bo’g’imlarga bo’lingan. Har bir tana bo’g’inining qorin tomonida to’rt jutdan kalta va ingichka tuklar joylashgan. Tuklar harakatlanayotgan chuvalchang uchun tayanch vazifasini bajaradi.
Yomg’ir chuvalchangi tanasining ko’ndalang kesimi.
1. Teri.
2. Halqa muskullar.
3. Tana.
5. Ichak.
6. Qon tomirlari.
7. Nerv tizimi.
Chuvalchang tanasi bir qavat epiteliy hujayralardan iborat yupqateri bilan qoplangan. Bu hujayralar shilimshiq modda bilan terini doim namlantirib turadi. Tashqi va ichki epiteliy, halqasimon va bo’ylama muskullarteri muskul xaltasi debataladigan tana devorini hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |