Yomg’ir chuvalchangi tanasining ichki tuzilishi.
1.Og’iz 2.Xalqum 3.Qizilo’ng’ach 4.Jig’ildon 5.Oshqozon 6.Ichak 7.Yurak 8.Orqa qon tomiri 9.Qorin qon tomiri 10.Tana bo’shlig’i to’siqlari 11.Xalqum usti nerv tuguni 12.Xalqum osti nerv tuguni 13.Qorin nerv zanjiri.
Chuvalchanglarning og’iz teshigi tanasi oldingi uchida, birinchi tana bo’g’ini ostida joylashgan. Og’iz qisqa xalqum orqali qizilo’ng’achga tutashgan. Qizilo’ng’achning kengaygan keyingi qismi jig’ildon deb ataladi. Qon aylanish sistemasichuvalchanglarda paydo bo’lgan.
Yomg’ir chuvalchangining ayrish sistemasi.
1. Ayirish naychalari.
2. Naychalarning tana bo’shlig’ida ochiladigan uchi
3. Naychalarning teri sirtida ochiladigan uchi
Yomg’ir chuvalchanglarining ayirish sistemasi tana bo’g’inida bir juftdan joylashgan, sirtmoqqa o’xshash ingichka uzun naychalardan iborat. Naychalarning bir uchi tepa bo’shlig’iga, ikkinchi uchi esa teri orqali tashqariga ochiladi. Naychalarning tana bo’shlig’iga ochilgan uchi esa voronkaga o’xshab kengaygan bo’lib, juda ko’p kiprikchalar bilan ta’minlangan. Bu kiprikchalarning harakati tufayli zararli moddalar tana suyuqligi bilan birga naychalarga o’tadi va teridagi teshikchalar orqali chiqarib yuboriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |