Ochiq iqtisodiyotning mohiyati va uning ko’rinishlari
Ichki va tashqi muvozanat modeli
Download 257.5 Kb.
|
Reja Ochiq iqtisodiyotning mohiyati va uning ko’rinishlari
Ichki va tashqi muvozanat modeli
Tadqiqotlar ko’rsatishicha odatda yalpi talabni tartibga solish orqali faqat ichki muvozanatga erishish uchun yo’naltirilgan iqtisodiy siyosat ba’zi hollardagina bir vaqtda tashqi muvozanatga olib keladi. Xuddi shunday holat tashqi muvozanatni asoslangan holda tartibga solishda ham yuzaga keladi. Shu sababdan ham ichki va tashqi balansga bir vaqtda erishish juda qiyin hal etiladigan masala hisoblanadi. Ushbu muammoni tahlil qilish davomida iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirishning fundamental tamoyili aniqlangan. Bu tamoyil Ya. Tinbergen tomonidan yaratilgan bo’lib, unda ikki bir-biriga bog’liq bo’lmagan maqsadlarga erishish uchun iqtisodiy siyosatning hech bo’lmaganda ikkita bir-biriga bog’liq bo’lmagan vositalari talab etiladi. Muvofiq ravishda iqtisodiy siyosatning uchta maqsadiga erishish uchun uchta vositasidan foydalanish zarur va hakozo. Ikki maqsad sifatida ichki balans, ya’ni ishsizlikning tabiiy darajasi va past yoki nollik inflyatsiya bo’lganda ishlab chiqarishning hohlangan hajmiga erishish hamda tashqi balans, ya’ni to’lov yoki savdo balansi nolga teng bo’lishiga erishish qatnashadi. R. Mandell ishlarida pul-kredit va byudjet-soliq siyosati vositalaridan foydalanish, bu model kapitalning xalqaro harakatini ko’zda tutgan sharoitda bir vaqtda ichki va tashqi muvozanatga erishishga imkon beradi. Ichki va tashqi muvozanat muammosining nazariy jihati ko’pincha IS-LM ning bir muncha modifikatsiyalangan modeliga to’lov balansi muvozanatini ko’rsatuvchi VR chizig’ini qo’shib qo’llash sifatida qaraladi. Bu model valyuta kursining turli tartiblari uchun quriladi. Mukammal kapital harakatiga ega bo’lgan kichik ochiq iqtisodiyot Mandell-Fleming modeli yordamida tahlil qilinishi mumkin. R. Mandell va M.Fleming o’z tadqiqotlarida pul-kredit va byudjet-soliq siyosati ichki va tashqi muvozanatga turli nisbiy ta’sir o’tkazishini aniqladilar.Ular qayd etilgan ayirboshlash kursida monetar siyosat to’lov balansini tartibga solishda, fiskal siyosat esa ichki muvozanatni tartibga solishda nisbiy afzallikka ega ekanligini ko’rsatdilar. Bu qoidani Mandellning samarali bozorni sinflash tamoyili deb atashadi. Suzib yuruvchi ayirboshlash kursida ichki va tashqi muvozanatni ta’minlashda pul-kredit hamda byudjet-soliq siyosatining natijalari aksincha bo’ladi, ya’ni byudjet-soliq siyosati tashqi savdo va to’lov balansini tartibga solish orqali tashqi balansni, pul-kredit siyosati esa ichki balansni ta’minlashda nisbiy afzallikka ega bo’ladi. Ichki va tashqi muvozanatni ta’minlash modeli XVF qarzlari hisobiga barqarorlashtirish siyosati va tarkibiy qayta qurishlarni o’tkazgan ko’plab mamlakatlar tomonidan qo’llanilgan. XVF dasturlarida bu modelda uchta maqsad va uchta vosita qo’llanilgan. Bu modelga muvofiq, byudjet-soliq siyosati ichki balans bilan, real valyuta kursi joriy operatsiyalar hisobi bilan, pul-kredit siyosati xorijiy valyutaning zahiralari hajmi bilan bog’langan.Bu modelda tashqi balans maqsadi ikki tarkibiy qismga, ya’ni joriy operatsiyalar hisobi va valyuta zahiralari darajasiga ajratiladi. Bunda quyidagi uchta qoida qo’llaniladi: agar inflyatsiya juda yuqori bo’lsa, byudjet taqchilligini kamaytirish kerak; agar joriy opreatsiyalar hisobi taqchilligi yuqori bo’lsa, real ayirboshlash kursini pasaytirish zarur; agar xorijiy valyuta zahiralari juda kam yoki juda tez qisqarayotgan bo’lsa, pul-kredit siyosatini qat’iylashtirish lozim. Download 257.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling