Ochiq kon ishlarining marksheyderlik taʼminoti. Karer uchun otish asoslanishini yaratish. Karyera tafsiliklari


Ochiq kon ishlarining marksheyderlik taʼminoti


Download 230.24 Kb.
bet2/10
Sana30.10.2023
Hajmi230.24 Kb.
#1734501
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Konlarni ochiq usulda qazib olishda marksheyderlik ishlari.

Ochiq kon ishlarining marksheyderlik taʼminoti.

Ochiq kon ishlari deganda konlarni tabiiy sharoitda yer yuzasida qazilma boylikni qazib olishi tushunuladi. Unga karer uslubida qazish, suv osti konlarini qazib olish ishlari kiradi. Oʻzbekistonda ochiq kon uslubida mis, qoʻrgʻoshin, rux, oltin, marmar, oxak, kvartsit, koʻmir va boshqalar qazib olinadi. Ochiq kon ishlarining yer osti uslubidan ustunligi unda chegaralanmagan miqdorda quvvatli texnikalardan foydalanish imkoniyati bor, yuqori mehnat samaradorligi, ruda-ning tannarxining kichikligi. Konlarni ochiq usulda qazishda marksheyderlik ishlarining sharoitga bogʻliq boʻlgan qator yaxshi yomon tomonlari bor. Ishlarning yer yuzasida bajarilishi bir tomondan marksheyderlik dala ishlarini yengillashtirsa, ikkinchi tamondan ob havo taʻsiri bor. Bu dala ishlarini oʻtkazishni ogʻirlashtiradi. Marksheyderlik ishlari korxonada konni ochiq usulda qazish ishiga bogʻliq, karer uslubida, gidravlik usulda, suv osti uslubida qazish. Karerlarda asosiy marksheyderlik ishlari quyidagilardan iborat: kon ishlar hududida tayanch tarmoqlarini barpo qilish, syomka tarmoqlarini barpo qilish, tafsilot syomkasi, maxsus marksheyderlik ishlarini va syomkalarini bajarish, marksheyderlik plan grafikalarini komplektini tuzish, zahira hajmini hisobga olish, qazilma boylikni qazish va isrofni hisobga olish.
Konchilik korxonasining marksheyderlik xizmati bosh marksheyder tomonidan boshqariladi va u oʻz navbatida ruda qazib olish boshqarmasining bosh muhandisiga boʻysunadi. Uslubiy - maʻmuriy jihatdan u kombinat bosh marksheyderi vakolati doirasida faoliyat olib boradi. Ochiq kon ishlari rudnigi (kareri) bosh marksheyderi bevosita rudnik bosh muhandisiga boʻysunadi va bilvosita rudaboshqarmasi bosh marksheyderiga hisobot beradi.

  • Rudnikdagi marksheyderlik boʻlimi tarkibiga quyidagilar kiradi:

  • Bosh marksheyder;

  • Uchastka marksheyderlari;

  • Texnik – kartograf;

  • Marksheyderlik xizmatidagi kon ishchilari.

  • Rudnik marksheyderlik xizmatining asosiy vazifasiga quyidagilar kiradi:

  • Rudnikning loyihaviy ishlarini joyga koʻchirish va uni toʻgʻri olib borilishini nazorat qilish;

  • Marksheyderlik tayanch tarmoqlarini yer ajratmasi va kon ajratmasi hududlarida tuzish, saqlash va samarali foydalanish;

  • Konchilik ishlari kon – geometrik hujjatlarini tuzish, olib borish va saqlashni taʻminlash;

  • Konchilik ishlarini bexatar olib borishni taʻminlash;

  • Yer qaʻridan oqilona foydalanish va uni muhofaza qilish;

  • Kon zahirasini toʻgʻri qazib olishni nazorat qilish, zahiraning hisobini yuritish meʻyorlarini ishlab chiqish va oʻz vaqtida hisobdan chiqarish;

  • Foydali qazilmani nobudgarchiligi va sifatsizlanishining meʻyorlarini ishlab chiqish, hisobotini yuritish va uning sifatini boshqarish;

  • Konchilik ishlarining sanoat va ekologik havfsizligini taʻminlash;

  • Kon lahimlarini qazib oʻtishni marksheyderlik taʻminlash, oʻz vaqtida planlarga tasvirlash, konservatsiya va letvidatsiya qilish ishlarini loyihalash va uni amalga oshirishda ishtirok etish;

  • Konchilik ishlari oqibatida buzilgan landshaftni qayta tiklash va rekultivatsiya qilish ishlarini nazorat qilib borish;

  • Marksheyderlik ishlarini olib borishda zamonaviy texnika va texnik vositalarni qoʻllash, marksheyderlik informatsion tizimlardan, kompyuter texnologiyalaridan foydalanishni joriy qilish;

  • Kon geometrik hujjatlarni yaratish, olib borishda zamonaviy elektron vositalardan va materiallardan foydalanish va boshqalar.

Merksheyderlik ishlarini bajarish uchun Kalmakir karerida marksheyderlar quyidagi asbob va uskunalardan foydalanadi:4T30 teodolitlaridan va Leica firmasining TS06,TS07,TS09 zamonaviy elektron taxeometrlaridan foydalanib kelinmoqda,masofa oʻlchash uchun «Блеск» СТ5 – svetodalnomerlaridan, РГ – 30 va РГ – 50 poʻlat tasmali ruletkalardan foydalaniladi. Bundan tashqari Leica firmasining GNSS GS18 markali GPS laridan foydalanib kelinmoqda.
GS18 - aniq va ishlatish uchun qulay GNSS RTK Roverdir. U GNSS, IMU uzluksiz integratsiyasiga asoslangan yuqori innovatsion Visual Positioning texnologiyasidan foydalanadi. Bu sizga karerda yoki ofisdagi proektlar kerakli darajasidagi aniqlikdagi nuqtalarni oʻlchash imkonini beradi. Shu bilan bir qatorda, imkoniyatlarni yanada kengaytiradi. Koʻp sonli nuqtalarni samarali oʻlchash uchun moʻljallangan. GS18 sizga jismonan uzoq masofalarga borishga hojat qoldirmasdan bir necha daqiqa ichida syomka qilish va yuzlab nuqtalarni oʻlchash va vaqtdan unumli foydalanish imkonini beradi. Karerda yoki ishni olib boriladigan hududda oʻtkaziladigan ishlar qisqa vaqt ichida amalga oshadi vaqt qisqaradi va qayta tashriflar minimallashtiriladi – syomka ishlari amalga oshirilgandan, siz xohlagan vaqtda barcha tafsilot syomkalarini oʻlchashingiz mumkin. Bu sizga sohada moslashuvchanlikni beradi, chinakam samaradorlikni va ish unumdorligini yetarli darajada oshiradi. Sputnikli navigatsion sistemalarning ishi qabul indikatorlarining texnikaviy xususiyatlari bilan belgilanadi. GPS ning bir chastotali qabul indikatorining ish prinsipi koʻramiz. GPS ni karerlarda qoʻllash yer yuzasidagi nuqta koordinatalarini aniqlashning differentsial usuli imkoniyatlaridan foydalanishga bogʻliq. Usul mohiyati ikki punktda (biri statsionar, koordinatalari berilgan punkt) sinxron ravishda qisqa vaqt ichida (10 -15 min) informatsiyani magnit lentasida yoki diskda yozib qoldirish sharti bilan, kuzatishlardan iborat. Oʻlchashlarni keyinchalik ishlab chiqish natijada ikkita punktni birlashtiruvchi vektor aniqlanadi. Bu holat uchun xordali vektor muhitning (ionosfera, trotosfera) taʻsiri xotoligidan holi boʻladi. Chunki 50-60 km masofa uchun sputnik signallarini parallel chiziqlar boʻylab oʻtgan deb hisoblash mumkin. Hozirgi kunda sentralniy va severniy Kalmakir karerida GS18 GPS laridan foydalanib,karerdagi barcha ishlar bajarib kelinmoqda. GS18 ning 3 ta roveri mavjud va karerning yuqori nuqtasida GS18 ning asosiy bazasi oʻrnatilgan. Bunga nuqtalarning barcha malumotlari kiritilgan va ishlar amalga oshirilib kelinmoqda . GS18 0.001-0.002 aniqlikda syomka ishlari amalga oshiriladi. Marksheyderlik xizmati boʻlimida ishlatiladigan marksheyderlik – geodezik asboblar zamon talablariga mos keladi hamda boʻlim oldiga qoʻyilgan vazifalarni ado etishda qoʻl keladi. Bundan tashqari hozirgi kunda marksheyderlik ishlarni olib borishda ishlarni bexatar olib borish va yuqori aniqlikda ish olib borib kondan oqilona foydalanish va ish unumdorligini oshirish maqsadida yana boshqa GPS larni olib kelish maqsadi asosiy boʻlib turibdi. Kalmakir konida Sentralniy va Severniy karerlarida GPS lardan foydalanib marksheyderlik ishlari olib borilmoqda,konning tarkibiga kiruvchi kichik karerlarda esa elektron taxeometrlardan foydalanib kelinmoqda.
Yaqin kelajakda Kalmakir koniga yangi zamonaviy Xitoyning ELLIPS Technology kompaniyasining CHCNAV i90 markali GPS laridan olib kelish va boshqa kichik karerlarda foydalanish va ishni tez va yuqori aniqlikda bajarish asosiy vazifa boʻlib turibdi. Bluetooth, Wi-Fi, NFC, 4G va UHF radio modem. 4G modem RTK tarmoqlarida ishlashda foydalanish qulayligini taʻminlaydi. Ichki mikrotoʻlqinli radio modem tayanch stansiyadan 5 km gacha uzoq masofalarga suratga olish imkonini beradi. Bundan tashqari lazerniy skaynerlardan foydalanish karer bortlarida boʻladigan deformatsiyalarni aniqlash ularni nazorat qilish va 3D modelini yaratish uchun yuqori aniqlikda ishlaydi va ishlarni xavfsiz olib borishni taʻminlaydi.
Ochiq usulda qazib olishda rejali va baland tog'li geodezik asos triangulyatsiya yoki poligonometriya va tekislash, shuningdek, sun'iy yo'ldosh navigatsiya tizimlaridan foydalangan holda yaratiladi. Aniqlik nuqtai nazaridan, u ko'mir konlarining er yuzasida geodeziya tarmoqlarini qo'llab-quvvatlash talablariga javob berishi kerak [1].
Qoida tariqasida, korxona faoliyati hududidagi qo'llab-quvvatlash tarmog'i davlat geodeziya tarmog'i asosida yaratilgan kondensatsiya tarmog'idir. Qo'llab-quvvatlash tarmoqlarini loyihalash, konlarning shakli, relyefi, qazib olish ishlarining xarakteriga qarab, uchburchaklar zanjiri, markaziy tizim, to'rtburchaklar, burchak qo'shimchalari va boshqalar shaklida bo'lishi mumkin.
Har bir alohida joylashgan tog'-kon korxonasining faoliyat hududi, hajmi va rivojlanish chuqurligidan qat'i nazar, qo'llab-quvvatlash tarmog'ining kamida ikkita nuqtasi, yirik karerlarda esa - uchta nuqta bilan ta'minlanishi kerak.
Magistral tarmoqlarni qurishda quyidagi shartlar bajarilishi kerak:
· karerlarning chiqindixonalari va yon tomonlarida punktlarni bir xilda joylashtirish;
· keng kon maydonidagi har bir nuqtaning ko'rinishini ta'minlash;
· buyumlarning iloji boricha uzoqroq saqlash muddatini ta'minlash;
· qo'zg'almas tomonlardan nuqtalarning eng yaqin joylashuvi;
· konchilik va melioratsiyani rivojlantirish istiqbollarini hisobga olgan holda.
Geodeziya ishlarining talab qilinadigan aniqligini ta'minlash uchun rejalashtirilgan qo'llab-quvvatlash tarmog'i nuqtalarining asl nuqtalarga nisbatan o'rnini aniqlashda o'rtacha kvadrat xatolar 0,1 m dan oshmasligi kerak va rejalashtirilgan qo'llab-quvvatlash tarmog'i nuqtalarining nisbiy holati standart bilan aniqlanishi kerak . 0,03 m dan ortiq bo'lmagan og'ish.

Download 230.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling