O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi toshkent moliya instituti
Download 135.74 Kb.
|
“Naqlgazmaxsusqurilish” aksiyadorlik jamiyati”
- Bu sahifa navigatsiya:
- XULOSA KIRISH Aksiyadorlar jamiyati
- Naqlgazmaxsusqurilish” AJ qo’shma korxonasining rivojlanish tarixi va asosiy faoliyat yo’nalishlari
- Naqlgazmaxsusqurilish” AJ qo’shma korxonasining moliyaviy hisobot ko’rsatkichlari tahlili
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI “MOLIYA” KAFEDRASI “MOLIYA” FANIDAN SMM-55 guruh talabasi Hakimov Shoxrux Erkin o’g’li Mustaqil ish MAVZU: “Naqlgazmaxsusqurilish” aksiyadorlik jamiyati” Toshkent-2023 REJA: KIRISH “Naqlgazmaxsusqurilish” AJ qo’shma korxonasining rivojlanish tarixi va asosiy faoliyat yo’nalishlari “Naqlgazmaxsusqurilish” AJ qo’shma korxonasining moliyaviy hisobot ko’rsatkichlari tahlili “Naqlgazmaxsusqurilish” AJ qo’shma korxonasining moliyaviy koeffsentlar tahlili XULOSA KIRISH Aksiyadorlar jamiyati — daromad topish maqsadida hissadorlik tamoyiliga binoan uyushgan sherikchilik jamiyati. Aksiyadorlar jamiyati boshqa sherikchilik korxonasidan farqliroq, muomalaga nominal qiymati koʻrsatilgan aksiyalar chiqarish va uni sotish yoʻli bilan tarqatish bunday jamiyatning moliyaviy negizini tashkil etadi. Aksiya egalari dividend shaklida daromad oladilar. Aksiyadorlar jamiyatining ochiq va yopiq jamiyat shaklidagi koʻrinishlari bor: Yopiq aksiyadorlar jamiyati — aksiya egalari maʼlum guruh, masalan, taʼsischilarning oʻzi bilan cheklanadi. Aksiyalar faqat ularning oʻrtasida tarqatiladi. Ochiq aksiyadorlar jamiyati — jamiyat aksiyalari erkin sotiladi va sotib olinadi, aksiyadorlar soni cheklanmagan, xohlagan va aksiya olishga puli bor yuridik yoki jismoniy shaxs, shu jumladan, ajnabiy shaxslar uning aʼzosi boʻla oladi. Aksiyadorlar jamiyati pulni bir yerga toʻplab biznesga qoʻyish uchun tuziladi. Uning tashkilotchilari taʼsischilar deb yuritiladi. Taʼsischi firmalar, banklar, davlat va ayrim fuqarolar boʻlishi mumkin. Aksiyadorlar jamiyatining afzalligi shundaki, u mayda pulni toʻplab yirik pulga aylantirish, yaʼni kapital boʻla oladigan pulga aylantirishdan, mayda puldorlarning pulini ham biznesga qoʻyishdan iborat. Aksiyadorlar jamiyatini boshqarishning oliy organi — aksiyadorlar majlisi, soʻngra — direktorlar kengashi va quyi boʻgʻini — boʻlinmalar boshqarmasidan iborat. Aksiyadorlar majlisi aksiyadorlar jamiyati yillik hisobotini, nizomdagi oʻzgarishlarni, daromadning taqsimlanishini, foyda-zarar hisob-kitobini, taftish natijalari, rahbarlarni saylash masalasini koʻrib chiqadi va tegishli qarorlar qabul qiladi. Dastlab aksiyadorlar jamiyati 17-asrda paydo boʻlgan, hozir keng tarqalib, ommaviy tus olgan. Oʻzbekistonda aksiyadorlar jamiyati bozor islohotlari davomida mol-mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonida paydo boʻldi, davlat korxonalarini aksiyadorlar jamiyati aylantirish mulkiy oʻzgarishlarning yoʻnalishlaridan biriga aylanadi. Islohotlarning birinchi bosqichida yopiq turdagi aksiyadorlar jamiyati tashkil topdi. Uning 2-bosqichida ochiq turdagi aksiyadorlar jamiyati shakllana boshladi. Oʻzbekistonda 1995-yilda 2255 ta, 1996-yilda 5500 ta aksiyadorlar jamiyati ishladi. Oʻzbekistonda aksiyadorlar jamiyati nodavlat sektoriga kiradi. Aksiyadorlar jamiyati mustaqil, lekin ular davlat belgilagan qonun-qoidalar asosida ish koʻradi. Ularning faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining „Aksiyador jamiyatlar va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida“ (1996.25.4) qonuniga binoan olib boriladi. “Naqlgazmaxsusqurilish” AJ qo’shma korxonasining rivojlanish tarixi va asosiy faoliyat yo’nalishlari So‘nggi yillarda iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirish, davlat aktivlarini xususiylashtirish orqali xususiy mulkchilikni kengaytirish, samarasiz ishlayotgan va istiqbolsiz korxonalarni tugatish yuzasidan tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, oxirgi uch yilda ustav fondida davlat ulushi mavjud 300 ga yaqin xo‘jalik jamiyatlari va davlat unitar korxonalari (keyingi o‘rinlarda — davlat ishtirokidagi korxonalar) va 1 600 dan ortiq ko‘chmas mulk obyektlari xususiylashtirildi, 650 dan ortiq korxonalar tugatildi va 160 tasi qayta tashkil etildi. Naqlgazmaxsusqurilish” aksiyadorlik jamiyati har bir aksiya uchun 3272,1 so‘m miqdorida dividendlar to‘laydi. “Naqlgazmaxsusqurilish” OAJ umumiy soni 87 967 dona bo‘lgan oddiy nomdagi aksiyalar bo‘yicha dividendlar to‘lashga qaror qilgan. Bitta aksiyaning nominal qiymati 600 so‘m bo’lgan. Bir aksiya bo‘yicha dividendlar miqdori 3272,1 so‘mni tashkil etgan edidi. Dividendlarni to'lash shakli naqd puldir. Dividendlar 2006 yil 1 iyundan 1 avgustgacha to'landi. “Naqlgazmaxsusqurilish” AJ qo’shma korxonasining moliyaviy hisobot ko’rsatkichlari tahlili
Download 135.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling