Ochiq tanlovga hujjatlar topshirish muddati 2023 yil 25 fevral sanasigacha
Download 0.68 Mb.
|
logotip-tanlovi-tatuuf
- Bu sahifa navigatsiya:
- QOIDALAR
TANLOV HUJJATLARINI TAQDIM ETISHUshbu hujjatning to'rtinchi sahifasidagi ariza shakli dizaynning ikki ishchi fayli, ishtirok uchun zarur barcha hujjatlar yuklangan yagona elektron xatga ilova qilingan holda yuborilishi kerak. Ishtirokchilarning barcha elektron xatlari botirbekbahodirovich@gmail.com yoki telegramdagi t.me/botir_bakhodirovich manziliga yuborilishi lozim. Rasmli materiallar quyidagi formatda taqdim etilishi lozim: FullName_LogoDesign.jpg va kerak bo'lsa qo'shimcha ravishda .ai, .eps, .svg, .psd. Barcha arizalar 2023 yil 26-fevral, yakshanba kuni soat 23:59 (UTC +5) gacha topshirilishi lozim. G'olib logotip 2023 yil 10 -martda TATU Urganch filialining ijtimoiy kanallari orqali e'lon qilinadi. QOIDALARIshtirokchi ushbu shartnomaga barcha javobgarlikni his qilgan holda rozilik bildirishini tasdiqlaydi va qoida talablarini to'liq tan oladi: Ishtirokchi logotipni, uning eskizini yoki loyihasini rasmiy, xalqaro, davlat yoki sud organlarida biron bir tarzda rasmiylashtirish uchun ariza bermagan yoki logotipdan, uning biron bir eskizi yoki loyihasidan intellektual mulk sifatida foydalanish huquqlarini olish uchun ariza topshirmagan bo'lishi lozim. Taqdim etilgan barcha ijodiy ishlar tanlov ishtirokchisi tomonidan faqat va eksklyuziv tanlov uchun yaratilgan va avval hech qanday kontekstda nashr etilmagan, ishlatilmagan yoki uchinchi shaxslarga yuborilmagan bo'lishi lozim. Barcha huquqlarni berish va boshqalarga o'tkazish faqat (eksklyuziv ravishda) TATU Urganch filiali foydasiga amalga oshiriladi. Ishtirokchi barcha turdagi tayyorlov ishlari va loyihalardan aynan bir xil yoki o'xshash shakilda hatto shaxsiy maqsaqlari uchun ham ishlatmaslikka yoki ularni uchinchi shaxslarga taqdim etmaslikka majburdir. TATU Urganch filiali belgilangan muddatdan avval va muddat tugashi sanasigacha taqdim etilgan tanlov hujjatlarini qabul qiladi, qachonki barcha ariza hujjatlari to'liq, imzolangan va talab etilgan fayl formatida (.jpg & zarur hollarda .ai, .eps, .svg, .psd) bir elektron xat orqali o'z vaqtida yuborilgan bo'lsa. Ariza shaklida talab qilinadigan barcha ma'lumotlar to'liq, aniq va haqiqatga mos keladigan tarzda taqdim etiladi. TATU Urganch filiali va hakamlar hay'ati qarorni izohlamasdan topshrilgan ijodiy ishlarni tanlash yoki rad etish huquqiga ega. TATU Urganch filiali, har qanday ishtirokchini qoidalarni buzganligi va/yoki amaldagi qonunni buzganligini isbotlovchi yetarlicha dalillar bo'lsa, o'z xohishiga ko'ra, tanlovdan chetlatish huquqini saqlab qoladi. Tanlov g'olibi chetlatilgan taqdirda, TATU Urganch filiali yuqorida keltirilgan tanlov jarayonida muqobil g'olibni aniqlaydi. Noqonuniy xatti -harakatlarni aniqlash TATU Urganch filialining ixtiyoridadir. G'olib logotip e'lon qilingandan so'ng, TATU Urganch filiali foydalanish qoidalarini ishlab chiqadi TATU Urganch filiali logotipni ehtiyojdan kelib chqib o'zgartirish, to'ldirish yoki modifikatsiya qilish huquqini o'zida saqlab qoladi. Ishtirokchi taqdim etilgan dizayn TATU Urganch filiali yoki TATU Urganch filiali nashrga ruxsat bergan uchinchi shaxslar tomonidan o'tkaziladigan tanlov doirasida ishtirokchi nomi bilan nashr etilishiga rozilik bildiradi. TATU Urganch filiali logotipni barcha ma'lum va noma'lum foydalanish turlarida, xususan, bosma shaklda (masalan, ish yuzasidan yozishmalar, varaqalar, ko'rgazmalar, reklamalar va h.k.) va raqamli shaklda (masalan, Internetda, TATU Urganch filialining rasmiy sahifasida, bannerdagi reklama shaklida va h.k.) ishlatish huquqiga ega. Undan cheklanmagan vaqt davomida har qanday shaklda qayta -qayta foydalanish mumkin. Foydalanish huquqi, xususan, har qanday nusxalash, tarqatish, ommaviy ishlatish imkonini yaratish va yuborishni o'z ichiga oladi. TATU Urganch filiali nazorati ostida bo'lmagan voqea sodir bo'lsa TATU Urganch filiali, oldindan ogohlantirmasdan, musobaqani butunlay, uning bir qismini va / yoki qoidalarini to'liq yoki qisman bekor qilish yoki o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling