Ochiq tizimlar o'zaro bog'lanishining mos yozuvlar modeli
TCP/IP protokollari stekining tuzilishi
Download 29.49 Kb.
|
KOMPYUTER TARMOQLARI 2-MUSTAQIL ISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarmoq topologiyasi
- Fizik
- Fizik topologiya
- [tahrir | manbasini tahrirlash]
TCP/IP protokollari stekining tuzilishi
TCP/IP protokoltar steki turli xil tarmoqlarni yagona ma'lumotlar uzatish tizimiga birlashtirilgan transport tizimini yaratish uchun mo'ljallangan ierarxik tartibga ega protokollar to'plamidir. Tarmoqlarning xilma-xilligi OSI modelining fizik va kanal sathlarida "mahalliy" tarmoqlarni qurish texnologiyasidagi farq sifatida tushuniladi. Hozirgi vaqtda TCP/IP protokollari steki Internetdagi asosiy ma'lumotlar uzatish protokollaridir. Stekning nomi asosiy protokollarning nomlaridan kelib chiqqan: TCP (Transmission Control Protocol) uztishlarni boshqarish protokoli va IP (Internet protocol) tarmoqlararo protokol. Ko'pincha birlashtiriladigan tarmoqlarga tarmoq osti deb ataladi va birlashgan tarmoq intertarmoq yoki Internet deb ataladi. Internet protokollarining texnik spetsifikatsiyasi RFC (Request for Comments)ning hujjatlari shaklida chiqariladi. RFCning hujjatlari Internetda, masalan, http://www.rfc-editor.org saytidada chop etiladi. Tarmoq topologiyasi - bu grafik konfiguratsiyasi boʻlib, uning choʻqqilari tarmoqning soʻnggi tugunlariga (kompyuterlar va aloqa uskunalari (marshrutizatorlar)), qirralari esa choʻqqilar orasidagi fizik yoki axborot aloqalariga mos keladi. Tarmoq topologiyasi, shuningdek, kompyuter tarmogʻining turli elementlarini (bogʻlanishlar, tugunlar va boshqalar) joylashtirishdir. Asosan, tarmoqning topologik tuzilishi fizik yoki mantiqiy jihatdan tavsiflanishi mumkin. Tarmoq topologiyasining quyidagi koʻrinishlari mavjud. Fizik - tarmoq tugunlari orasidagi haqiqiy joylashuv va ulanishlarni tavsiflaydi. Mantiqiy - signalning fizik topologiya doirasidagi harakatini tavsiflaydi. Axboriy - tarmoq orqali uzatiladigan axborot oqimlarining yoʻnalishini tavsiflaydi. Almashinuv boshqaruvi - tarmoqdan foydalanish huquqini oʻtkazish prinsipi. Fizik topologiya tarmoqning turli komponentlarini, jumladan, qurilma joylashuvi va kabelni sozlashni, mantiqiy topologiyani joylashtiradi; U jismoniy dizayndan qat’i nazar, tarmoq ichida ma’lumotlarning qanday oqishini koʻrsatadi. Ikki tarmoq oʻrtasida tugunlar orasidagi masofalar, fizik ulanishlar, uzatish tezligi yoki signal turlari oʻzaro farq qilishi mumkin, biroq ular foydalanadigan topologiya bir xil boʻlish holatlari ham koʻp uchraydi. Bunga misol sifatida mahalliy tarmoq (LAN)ni keltirish mumkin. LANdagi har qanday tugun tarmoqdagi boshqa qurilmalarga bir yoki bir nechta jismoniy ulanishlarni oʻz ichiga oladi. Ushbu ulanishlarni grafik jihatdan xaritalash tarmoqning fizik topologiyasini tavsiflashda qoʻllanishi mumkin boʻlgan shaklni ishlab chiqadi. Biroq, komponentlar orasidagi ma’lumotlar oqimini xaritalash tarmoqning mantiqiy topologiyasini aniqlaydi. Shina (bus) topologiyasi[tahrir | manbasini tahrirlash]Shina topologiyasi Ushbu turdagi topologiyada barcha ish stansiyalari(avtobus yoki magistral deb ataladi) umumiy bir kabelga parallel ulanadi. Signalning aks etishini oldini olish maqsadida kabelning uchlariga terminatorlar joylashtiriladi. Shina topologiyasi tarmoqlarining afzalliklari: Kabel iste’moli sezilarli darajada kamayadi; Tugunlardan birining ishdan chiqishi butun tarmoqning ishlashiga ta’sir koʻrsatmaydi; Tarmoqni sozlash oson; Tarmoq alohida tugunlarning ishdan chiqishiga chidamli. Shina topologiyasi tarmoqlarining kamchiliklari: Kabelning uzilishi butun tarmoqning ishlashiga ta’sir koʻrsatishi mumkin; Kabel uzunligi va ish stantsiyalari soni cheklangan; Kabel ulagichlari bilan bogʻliq muammolar tufayli tarmoqning ishonchliligi yetarli darajada emas; Barcha abonentlar oʻrtasida boʻlinishi tufayli kanal past tempda ishlashi mumkin. Yulduz topologiyasi asosida qurilgan tarmoqda har bir ish stansiyasi simi (burma juftlik) orqali markaziy konsentratorga yoki habga (inglizcha: hub) ulanadi. Hab shaxsiy kompyuterning parallel ulanishini ta’minlaydi va buning natijasida tarmoqqa ulangan barcha kompyuterlar bir-biri bilan aloqa qilishlari mumkin. Uzatuvchi tarmoq stansiyasidan ma’lumotlar hab vositasida mavjud aloqa liniyalari orqali barcha shaxsiy kompyuterlarga uzatiladi. Ma’lumotlar barcha ish stansiyalariga tarqatiladi, biroq u faqat moʻljallangan stansiyalar tomonidangina qabul qilinadi. Fizik yulduz topologiyasida signalizatsiya uzatilinishi, ya’ni shaxsiy kompyuter signallari bir vaqtning oʻzida barcha yoʻnalishlarda tarqalgani bois, bu lokal tarmoqning mantiqiy topologiyasi mantiqiy shina hisoblanadi. Ushbu topologiya 10Base-T Ethernet arxitekturasiga ega mahalliy tarmoqlarda qoʻllaniladi. Download 29.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling