Ochiq urug’li o’simliklar ham yuksak o’simliklar singari juda qadimiydir
Download 136.54 Kb.
|
Ochiq urugli haqda mustaqil ish
Ochiq urug’li o’simliklar ham yuksak o’simliklar singari juda qadimiydir. Ular paleozoy yerasining oxiri, mezazoy yerasining boshlarida taxminan bundan 350-400 million yil oldin devon davrida paydo bo’lgan. Paleozoy va mezazoy yeralarida tog’ ko’tarilishi jarayonlari natijasida qurug’lik kengayib borgan. Namli muqit biroz bo’lsa ham qurg’oqchilikka aylangan. Bunday muhitning o’zgarishi qirqquloqlarni siqib chiqarib ularning o’rnini ochiq urug’li o’simliklar egallashiga sabab bo’lgan. Ochiq urug’li o’simliklar asosan daraxt va butalardan iborat. Ayrim turlari gnetum va qizilcha liana shaklida ham uchraydi. Ularning yana bir xarakterli tomoni shuki, yog’ochlik qismi yaxshi rivojlangan. Barglari har xil shakl va turlicha kattalikka ega. Shu sababli ochiq urug’lilarni tasniflashda shu belgilar muhim rol o’ynaydi. Ochiq urug’li o’simlikar ba'zi olimlarning fikricha, eng qadimgi har xil sporali qirqquloqlardan kelib chiqqan. Ochiq urug’lilar ham boshqa urug’li o’simliklar singari har xil sporalidir. Mikrosporangiylardan mikrospora, megosporangiylardan megospora hosil bo’ladi. Bu ikkala spora shakli, katta -kichikligi va tuzilishi jihatidan bir -biridan farq qiladi. Ko’pincha mikro va megosporalar strobillarida (qubbalarda) voyaga etadi. Faqat qirilib ketgan ayrim bennettitlarda bitta strobilda mikro va megosporalar bo’lgan. Hozirgi paytda bu bo’limga kiruvchi turlarning soni 700 ga yaqin bo’lib, ular 68 turkum, 10 ta qabila va 6 ta sinf (ajdod)ga kiradi. Bu bo’lim vakillari Yer yuzida keng tarqalgan bo’lib, Shimoliy Yarim sharda (nina bargli o’rmon zonasi) Tayga o’rmonlarini hosil qiladi. Ochiq urug’li o’simliklarning chiqib kelishi asosan devon davri bilan bog’liq bo’lib, ularning bundan 350-400 mln. yil ilgari o’sgan har xil sporali shakllarining qoldiqlari topilgan. Devon davrining oxirlarida arxeoptyerislar vujudga kelib, ularning bo’yi 30 metrga etgan. Arxeoptyerislarda o’zak va ikkilamchi ksilemaning bo’lishi ularni ochiq urug’lilarga yaqinlashtirdi. Lekin urug’li qirqquloqlarda ikkilamchi ksilema taraqqiy etmagan. Umuman bularda yog’ochlik o’rnida floema yaxshi rivojlangan.Ularda dastlabki barglar shakllanib, borgan, bu esa ochiq urug’li o’simliklarning paydo bo’lishida katta rol o’ynagan. Demak ochiq urug’lilar haqiqiy qirquloqlardan emas, balki qandaydir oraliq o’simliklardan kelib chiqqan bo’lishi mumkin. Bu bo’limga xos xususiyatlardan yana biri ularda qubbalarning bo’lishidir. Epidermis - po’st Mikrostrobil - Erkak qubba Megostrobil – urg’ochi qubba Mikropile - Urug’ yo’li Nutsellus - Urug’ kurtak mag’zi Integument - Urug’ kurtak qobig’i Ochiq urug’lilarga xos belgilardan biri ularda urug’ning hosil bo’lishidir. Urug’ megasporofillarda mevacha barglarda ochiq holda joylashadi. Urug’ -urug’kurtaklardan hosil bo’ladi. Urug’kurtak esa shakli o’zgargan megasporangiydir. Ular megosporafilda ochiq holda o’rnashgan. Magnoliyatoifa o’simliklarda esa urug’kurtak urug’chi tugunchasining ichida joylashgan bo’ladi. Evolyutsiya jarayonida makrosporangiy urug’kurtakka mikrosporangiya - changdonga aylangan. Mikrosporalar esa changga aylangan. hayotiy shakli jihatdan qarag’aytoifa o’simliklar daraxt, buta va lianalardan iborat. Monopodial tipda shoxlangan bu o’simliklarning ildiz sistemasi yaxshi taraqqiy etgan. O’tsimon vakili bor-yo’g’i bitta bo’lib,bennetitdoshlar oilasi vakili Williamsoniella hisoblanadi. U ham bo’lsa qazilma holatda ma'lum. Qubbalar o’q poya qoplag’ich va tangacha barglardan tashkil topgan. Tangacha barglar qo’ltig’ida urug’ kurtak yoki changdonlar joylashgan. Shunga ko’ra ular changchi (erkaklik) va urug’chi (urg’ochi) qubbalarga ajraladi. Hozirgi klassifikatsiyalar bo’yicha qarag’aytoifalar quyidagi 6 ta sinf (ajdod)ga bo’inadi. 1. Urug’li qirqquloqsimonlar - Lyginoptyeridopsida 2. Sagovniksimonlar - Cycadopsida 3. Bennettitsimonlar - Bennettitopsida 4. Gnetumsimonlar - Gnetopsida 5. Ginkgosimonlar - Ginkgopsida 6. Qaraqaysimonlar - Pinopsida 1,3 sinf (ajdod) vakillari faqat qazilma holda uchraydi. 2,4,5,6, sinflarning vakillari esa yer yuzida ancha keng tarqalgan. Urug’liqirqquloqlar, ginkgonamolar, velvichiyanamolarning faqat bittadan turi mavjud. Download 136.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling