Ochiq urug’li o’simliklar ham yuksak o’simliklar singari juda qadimiydir


Download 136.54 Kb.
bet2/23
Sana27.03.2023
Hajmi136.54 Kb.
#1299426
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Ochiq urugli haqda mustaqil ish

-mavzu. Qarag‘ay simonlar sinfi 

Reja: 
1. Kordaitlar qabilasiningning kelib chiqishi va tuzilishidagi o‘ziga xos 
xususiyatlar. 
2. Ginkgolar qabilasiga mansub Ginkgo bilobaning tuzilishidagi xususiyatlar. 
3. Qubbalilar (igna barglilar) qabilasining morfologik tuzilishi, ko‘payishi va 
hozirgi kunda tarqalgan oilalari. 


 

Tayanch ibora va atamalar: nutsellus, endosperm, qubba, anteridial va 

protallial hujayralar, smola yo‘llari, chang nayi. 

Kordaitlar qabilasi — Cordaitales 

 
Bu qabilaga mansub o‘simliklarning paydo bo‘lish davri paleobotanik 
ma’lumotlarga qaraganda paleozoy erasining toshqo‘mir davriga to‘g‘ri keladi. 
Karbon davrida kordaitlar har ikkala yarim sharlarda keng tarqalgan. Ular balandligi 
30 metrga qadar keladigan chiroyli o‘simliklar bo‘lgan. Poyasining faqat uch qismi 
shoxlangan. Barglari qattiq, bandsiz lansetsimon ingichka bo‘lgan. Tashqi 
ko‘rinishiga ko‘ra kordaitlar qozirgi qubbalilarni eslatgan (96-rasm). 
Kordaitlar bir yoki ikki uyli o‘simliklar bo‘lib, erkak va urg‘ochi qubbalari 
alohida-alohida barg qo‘ltig‘ida joylashgan. Mikrosporofillar qipiqsimon bir necha 
mikrosporangiy (changdon)li, megasporofillar ham 
qipiqsimon tuzilishli, uchida bittadan urug‘murtak 
joylashgan. 
Urug‘murtakda 
sagovniklarning 
urug‘murtagi singari chang yo‘li, ikki qavat intigumentli 
yopqich qatlam etli, qalin, shirali ichki qatlam hamda 
ingichka yog‘ochlangan tashqi qatlamdan iborat bo‘lgan. 
Urug‘lanish barcha qazilma holda uchraydigan ochiq 
urug‘lilar singari spermatozoidlar yordamida bo‘lgan. 
Urug‘murtak to‘liq yetilmagan. Balki sagovniklarning 
urug‘murtagi singari uning yetilishi uzilib tushgandan 
so‘ng yerda davom etgan bo‘lishi mumkin. 
Kordaitlarning sagovniklar bilan o‘xshashlik 
xususiyatlari ularning qadimiy ajdodlari bir xil 
o‘simliklar bo‘lgan deb xulosa qilishga undaydi. Lekin 
ularning plaunsimonlar bilan ham bog‘liqlik tomonlari 
bor degan fikrlar ham yo‘q emas. 


Download 136.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling