Riniyatoifalar bo’limi


Download 42 Kb.
Sana14.08.2020
Hajmi42 Kb.
#126299
Bog'liq
ринияфит


Riniyatoifalar bo’limi- Rhyniophyta

Bu bo’limga yuksak o’simliklarning eng soda tuzilishga ega bo’lgan vakillari kiradi. Shotlandiyalik paleobotanik D. Skot bu guruhga kiruvchi o’simliklarni alohida bo’limga ajratishni taklif etgan va ularni dasavval psilofitlar (Psilophyta), keyinchalik esa riniyafitlar (Rhyniophyta) deb atagan.

Bu bo’lim vakillari bizgacha yetib kelmagan, ularning qazilma holda topilgan turlari tuzilishi jihatidan yuksak o’simliklarning evolyusiyasini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.

1859 yilda kanadalik geolog D. Dauson Kanadadan devon davriga xos qoldiqlardan noma’lum yuksak o’simliklarning g’aroyib bir qoldig’ini topgan. Uning dixotomik shoxlangan tanasi bo’lib, barglari bo’lmagan.O’tkazuvchi sistemasi esa tipik protostel holatda bo’lib, soda (primitiv) hisoblanadi. Topilgan o’simlikning sporangiysi uning dixotomik shoxchalarining ustida joylashgan. Yer ostki organlari esa topilmagan. Dauson topgan bu o’simligiga Psilophyton princeps deb nom bergan.

1912 yilning kuzida Shotlandiyada Rhynia turkumiga oid o’simlik topiladi. 1937 yilda Buyuk Britaniyada paleobotanik U. Lang sodda yuksak o’simliklarning riniyalardan ham qadimgi vakilini yuqori silur qoldiqlaridan Kuksoniya (Cooksonia) deb atalgan yangi turkumni aniqlaydi. Keyinchalik kuksoniyaning qoldiqlari yuqori silur qatlamlaridan Chexiya, markaziy Qozog’iston, Nyu-York shtatidan, Shotlandiyadan va G’arbiy Sibirdan ham topilgan. Kuksoniyalar ham bundan 415 mln. yillar oldin yashagan o’simliklar ekanligini paleobotanik materiallar tasdiqlaydi. Bu qoldiqlar silur davridan to devon davrining oxirigacha yashagan eng qadimgi yuksk o’simliklar sanalib, ular dastlab psilofitlar bo’limiga birlashtirilgan. Hozirda ko’pchilik olimlar ularni riniyatoifalar (Rhyniophyta)deb atashadi. Ular elementar o’q organi kauloid va undagi filloid hamda rizoidlardan iborat. Evolyusiya jarayonida kauloidlardan yirik barglar (paporotnik barglariga o’xshash) kelib chiqqan.

Filloidlar esa kauloidda o’rnashgan bo’rtma o’simtlar bo’lib, plaunlarning kichik barglari-mikrofillarningkelib chiqishi bilan bog’liq deb ko’rsatiladi. Riniyafitlar sporofiti ildiz va barglarga ega bo’lmagan dixotomik shoxlangan telomdan iborat bo’lgan. Kauloidining uchida joylashgan sporangiylarda teng sporalar (izosporalar) hosil bo’lgan. Ularning kauloidining anatomik tuzilishi primitiv bo’lib, o’tkazuvchi to’qimalari soda tuzilishga ega protostel tipida bo’lgan. Sprangiylari qalin po’stli va sharsimon, uzunchoq shakllarda, diametri 1 mm gacha, riniyalarda esa uzunligi 12 mm gacha yetgan. Dastlabki yuksak o’simliklar dengiz bo’ylarida va katta suv havzalari atrofidagi botqoqliklarida o’sgan. Riniyafitlar bo’limi bitta riniyasimonlar ajdodi va 2 ta qabilaga: riniyanamoldar va psilofitnamolarni o’z ichiga oladi.



Riniyanamolar qabilasi-Rhyniales. Ularning poyasi dixotomik shoxlangan, poyasi tuksiz, protokselemasi kauloidning markazida joylashgan, ya’ni sentarx tipida. Sporangiylari uzunchoq yoki sharsimon bo’lib, uzunasiga ochilgan. Keyingi klassifikasiyalar bo’yicha ko’pchilik olimlar, jumladan amerikalik botanik Birxorst (1971) ilgarigi klassifikasiyalar bo’yicha riniyadoshlar, Xorneofitdoshlar, Xednadoshlar va boshqalarni bitta Riniyadoshlar oilasiga birlashtiradi.

Qabilaning Kuksoniya turkumi bundan 415 mln. yil ilgari o’sgan. Ularning sporangiysi mayda, qalin po’stli sharsimon yoki biroz uzunchoq bo’lgan. Qabilaning yaxshiroq o’rganilgan turkumi riniyalardir. Ular sernam joylarda qalin o’sgan. Vakillaridan katta riniya (Rhynia major) yirikroq bo’lib, balandligi 0,5 m.gacha yetgan. Poyasining dm. 5 mm. ga yaqin bo’lgan. Ularda markaziy stelasi ingichka bo’lib, kselemasi zaif taraqqiy etgan. Tanasida ildizpoyaga o’xshash gorizontal o’suvchi rizomoidlari bo’lib, ulardan yuqoriga qarab poyasimon qismi, pastga tomon esa rizoidlar taraqqiy topgan. Riniyanamolarning yana bir xarakterli xususiyati shuki, ularning sporangiylari bir-biriga yaqin joylashgan, ayrimlarida ular qo’shilib o’sib sinangiylarni hosil etgan.



Psilofitnamolar qabilasi-Psilophytales. Bu qabilaga bitta psilofitdoshlar (Psilophytaceae) oilasi kiradi. Bularda o’q poya (kauloid) yaxshi taraqqiy etgan. Oila turkumlaridan bittasi psilofit bo’lib, devon davrining boshlaridan ma’lum bo’lgan va Harbiy Yevropa, Ural, G’arbiy Sibir, Sharqiy Qozog’iston, Xitoy va Shimoliy Amerikadan topilgan. Psilofitlar balandroq bo’yli bo’lib, poyasining yo’g’onligi 5 mm gacha yetgan. Jinsiy bo’g’ini ma’lum emas.

Riniyafitlarni o’rganish telom nazariyasining yaratilishida asosiy material bo’lib xizmat qilgan. Riniyafitlardan yo’sinsimonlar, plaunsimonlar, qirqbo’g’imsimonlar va paporotniksimonlarning kelib chiqqanligi haqida yetarli asoslar mavjud.



Zosterofilltoifalar-Zosterophyllophyta bo’limi
Bu bulimning xarakterli belgisi sporangiylari yon holatda joylashuvi va ekzarx ksilemani mavjudligidir. Bo’lim bitta ajdod va 3 turkumi yaxshi o’rganilgan. Goslingiya (Gosslingia) turkumida poya dixotomik shoxlangan, unda xuddi selaginella singari rizoforaga o’xshash o’simtalar o’sib chiqqan. Qisqa yon shoxlar uchida buyraksimon sporangiylar xosil bo’lgan. Shunga mos, ayrim paleobotaniklar plaunsimonlarni ulardan kelib chiqqan degan xulosaga kelgan. Savdoniya (Sawdonia) turkumi novdasida tikanga o’xshash o’siqlar emergenslar ham borligi aniqlangan.

Ancha qadimgi turkum zosterofillyum (Zosterophyllum) qo’yi devon davridan ma’lum. Ularning bo’yi 15-17 sm va turli xil telomga ega bo’ladi. Uning novdalari tug’ri burchak ostida dixotomik shoxlangan va ulardan vertikal holatda sporoli telomlar chiqadi hamda ularning uchki qismida qisqa bandlarda ko’p sonli (60 tagacha) boshoqsimon shaklda sporangiylar joylashadi. Bunda ayrimlarida sporangiylar spiral, boshqasida ikki qatorli yoki bir qatorli bo’lib joylashadi. Shunday qilib devon boshida sporangiylar joylashuvi bo’yicha turlicha bo’lgan.



O’tkazuvchi boylamlari protostel tipda tuzilgan.
Download 42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling