Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   116
Odam bolish qiyin
329
,
oyog‘ini uzatib unga cho‘zilgancha boshini qo‘ydi­
da, ko‘zlarini yumdi. Aftidan, uni endi hech kim 
tonggacha bezovta qilmas edi.
Ko‘zi ilindi. Ko‘m­ko‘k qir paydo bo‘ldi ko‘z oldi­
da. Keyin sariq o‘tov. O‘tov yonida pichan g‘arami. 
Kimdir uni issiq yumshoq tili bilan belini yalardi. 
Ko‘ktoy bu yalashning yoqib qolganidan erkala­
nib g‘ingshib qo‘ydi. Keyin nimadandir xavotir­
lanib, boshini ko‘tardi. Yonida Taqako‘z. Belini, 
dumi aralash biqinini yalayotgan u edi.
Ko‘ktoy orqasiga ag‘darilib, Taqako‘zning tum­
shug‘iga oppoq qornini tutdi. Taqako‘z bo‘yniga­
cha uni hidlab, bir­ikki yalagan bo‘ldi­da, orqasi­
ga tisarilib boshini ko‘tardi.
Ko‘ktoy uni tushundi. O‘rnidan turib, uning 
tumshug‘ini hidladi. Ular shunday birpas bir­bir­
larining hidlariga to‘yib turishdi. Keyin Taqako‘z 
ariq tomon yugurib ketdi. Ko‘ktoy uning ketidan 
lo‘killab yura boshladi.
O‘sha tun ular shaldirab oqayotgan ariq labi­
da uzoq o‘ynashdi. Bir­birlarini qurigan yumshoq 
o‘t ustida dumalatishdi, oyoqlari, dumlaridan 
tishlashdi. Taqako‘z ko‘pincha uning yumshoq, 
yo‘g‘on dumini tishlab buraydi, og‘ritmasdan yer­
ga tortadi, ag‘daradi­da, biqinlarini, kindigini ya­
laydi. Ko‘ktoy uning uzun quloqlarini tishlaydi...
Taqako‘z birdan o‘rnidan turib, katta ko‘cha 
tomon yugurib ketdi. Ko‘ktoy ham ikkilanmas­
dan uning ketidan yugurdi.
Katta ko‘chaga chiqishganda, u bo‘m­bo‘sh 
edi. Ko‘ktoy ehtiyotkorlikni unutib, Taqako‘zning 
ortidan ketaverdi. Shu o‘yin ichida ular qishloq­
ning markaziy tomoniga yetib borishdi. Bu yer 


Olmas Umarbekov
330
,
ham jimjit edi. U yer bu yerdagi magazinlar te­
pasidagi yonib turgan chiroqlarning tagida ham 
hech kim yo‘q, na odam, na it...
Taqako‘z Ko‘ktoyni o‘z hovlisiga boshladi. 
Hovlini tanishi bilan Ko‘ktoy hushyor tortib, bir 
oyog‘ini ko‘targanicha turgan joyida qotib qoldi. 
Buni Taqako‘z sezib, devor tagida turgan tog‘o­
racha oldiga bordi­da, shopillatib, yuvindi yeya 
boshladi. Bu uning o‘zicha taklifi edi. Ko‘ktoy 
unga yaqinlashdi va qo‘shilishib non to‘g‘ralgan 
quyuq, seryog‘ yuvindini yeya boshladi. Og‘ziga 
go‘sht parchasi ham chiqdi. Bu go‘sht shu kun­
gacha yegan go‘shtlarga o‘xshamasdi, sho‘rtang, 
xushbo‘y. Og‘zingga solsang erib ketadi. Ko‘ktoy 
beixtiyor shu go‘shtning hidi boshqa yoqdan ham 
kelayotganini sezdi. Boshini ko‘tardi. Uy bilan 
devor orasiga terilgan temir simga qator qilib, 
besh juft qazi osib qo‘yilgan edi. Xushbo‘y hid 
shu qaziniki edi.
Ko‘ktoy qorni och bo‘lmasa ham ishtaha bi­
lan qazilarga tikildi. Keyin ko‘p o‘ylab o‘tirmay 
bir sakradi­da, ikkita qazini tishlab tortdi. Sim 
uzi lib, hamma qazilar sim bilan birga yerga «to‘p» 
etib tushdi. Xamir yoygan xotinnikidan qars­qurs 
etgan o‘q ovozlari eshitildi. Itlar vovullab ketdi.
– Voy­dod! O‘g‘ri tushdi!
– Kim bor?! Chiqinglar! Kasofatlarni tutinglar! 
– degan ovozlar qishloqni, ayniqsa Taqako‘zning 
hovlisini tutib ketdi.
Taqako‘z Ko‘ktoyga qarab birinchi vovulladi. 
Hovlida bir­ikkita it ko‘rinishi bilan, qora qiyshiq 
oyoq it ikkalovi qishloqdan chiqib ketishdi.
Ko‘ktoy ikkita qazini tishlab olganicha, Taqa­
ko‘z boshlagan yo‘ldan qocha boshladi.


Odam bolish qiyin
331
,
Ko‘cha odamga, birpasda qayoqdandir paydo 
bo‘lib qolgan katta­kichik itlarga to‘lib ketgan edi. 
Hamma nimalardir deb qichqirar, itlar baravari­
ga vovullardi. Ko‘ktoy qay ko‘z bilan ko‘rsinki, 
Taqako‘z ham biroz undan orqada qolib, boshqa 
itlar singari unga qarab vovullardi. Qazilar yum­
shoq va uzun bo‘lganidan Ko‘ktoy boshini qan­
chalik baland ko‘tarmasin, ko‘kragiga, ikki oyog‘i 
orasiga urilib, yaxshi chopishga xalaqit berardi. 
Semiz bo‘lishiga qaramay, Qora qiyshiq oyoq it 
unga ancha yaqinlashib qolgan edi. Uning yonida 
uzun tayoq ko‘targan novcha kishi – Hakim pol­
von yugurib kelardi.
Bir mahal Taqako‘z Ko‘ktoyning yonida ke­
laturib, birdan undan orqada qoldi va jon­jahdi 
bilan uning dumg‘azasiga yopishdi. Ko‘ktoyning 
g‘azabdan ko‘zlari yonib ketdi. Taqako‘z sag‘rini 
kengligidan dumg‘azani tishlolmasligini ko‘rib, bor 
kuchini to‘pladi­da, Ko‘ktoyning dumiga yopishdi.
– Ol! Bos! – qichqirdi Hakim polvon.
Shu zahoti Ko‘ktoy boshi aralash umurtqala­
rigacha qarsillab ketganini sezdi, og‘zidagi qazini 
tashlab yubordi, gandiraklab oyog‘i tagida ivirsib 
kelayotgan itlarga turtilib ketdi. Hamma itlar yiqil­
di. Ammo orqadan quvib kelayotganlar ko‘p edi.
Ko‘ktoy ulardan qochib qutulolmasligini sezdi 
va zarb bilan oldingi oyoqlarini yerga tiradi­da, 
taqqa to‘xtadi. Tanasi boshi ustidan aylanib 
tushdi. Bir nechta it unga turtilib, angillaganicha 
dumalab ketdi. Ularning orasida u Taqako‘zni 
ham ko‘rdi. O‘rnidan turib boshini ko‘targani­
da, ro‘parasida Qora it turardi. Ko‘ktoyning vajo­
hatidan Hakim polvon ham to‘xtab qoldi.



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling