Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   116
Olmas Umarbekov
274
,
sezishsa, Xudo ko‘rsatmasin, o‘ldirib qo‘yishlari 
mumkin.
Hech kim boshqa bu haqda og‘iz ochmadi.
Soat to‘qqizdan chorak o‘tganda, Obidjon aka 
hammani yig‘di, xotiniga tilovat qildirib, o‘rnidan 
turdi. To‘g‘ri xonasiga borib, yozuv stoli tortma­
sida yotgan chust pichog‘ini qini bilan olib, shi­
mining cho‘ntagiga solib qo‘ydi. Har holda, yax­
shi odamlar oldiga ketayotgani yo‘q. Keyin hovli­
ga tushdi.
Katta kuyovi «Moskvich»ni ko‘chaga olib chiqdi.
– Mashinani darvoza oldiga qo‘ying, ko‘rinib 
turadi, – maslahat berdi Zaynabxon.
Obidjon aka indamay rulga o‘tirdi. Sumkani 
orqa o‘rindiqqa tashladi. Har ehtimolga qarshi 
Zaynabxon erining to‘nini sumka ustiga yopdi, 
shu bilan go‘yo pulni berkitgan bo‘ldi.
...Bozor oldi qorong‘i, jimjit edi. Obidjon aka 
katta yo‘ldan tushib, suvratxona eshigi og‘zida 
mashinasini to‘xtatdi. Bu yer ham qorong‘i, faqat 
yuz qadamcha naridagi oziq­ovqat do‘koni ichida 
chiroq miltillab turardi.
Obidjon aka mashina soatiga qaradi. O‘n 
daqiqa kam o‘n bo‘libdi. Tushsa, belgilangan joy­
ga borsa bo‘ladi. Eshikni ochib, bir oyog‘ini yer­
ga qo‘yganda, o‘ylanib qoldi. Pulni olib boradimi, 
yo ko‘rishganlaridan keyin mashinada beradimi? 
Avval ko‘rishish kerak, Sanjarni surishtirish ke­
rak, keyin nima deyishsa, shunday qiladi.
Shu qaror bilan mashinadan tushib, eshik­
ni qulfladi. Suvratxonani aylanib o‘tib, yalang-
likka chiqdi. Ro‘parada, eski uylar o‘rnida qad 
ko‘tarayotgan ko‘p qavatli bino qorayib turardi. 


Odam bolish qiyin
275
,
Atrof jimjit. «Sanaymiz, deyishsa­ya?» – xayolidan 
o‘tkazdi u yon­veriga bir­bir qarab chiqib... Unda 
mashinaga borishadi, chirog‘i bor, sanash oson. 
Yo‘q, sanashmaydi, shunday sumkani oli shadi­
yu, juftakni rostlashadi. Qo‘rqishadi bu yerda 
sanashga...
Obidjon aka soatiga qaradi, ammo qancha 
tikilmasin, necha bo‘lganini ko‘rolmadi. Ko‘rgan­
da nima foyda edi? Vaqtida keldi. Bu yog‘i endi 
tonggacha bo‘lsa ham kutadi. Boshqa iloji yo‘q: 
«Sanjar, Sanjar. Nima qilib qo‘yding, o‘g‘lim?»
Obidjon aka bugungacha o‘g‘lidan o‘pkalama­
gan edi. Uning o‘yinqaroq, ko‘cha odami bo‘lib 
ketayotganini payqagan, ammo bunday qaltis 
ishlar bilan shug‘ullanadi, deb o‘ylamagan edi. 
Qachon yo‘ldan toydi ekan? Nega ota bo‘lib u bi­
lolmay qoldi?
Kimdir orqasida yengil yo‘taldi.
– Keldingizmi?
O‘girildi. O‘zidan kichikroq, qotmadan kelgan 
odam bir qadam narida qorayib turardi. Yuz­ko‘zi 
ko‘rinmadi.
– Opkeldingizmi? – so‘radi u. Telefonda boshqa 
odam gaplashgan edi.
Mashinada, – dedi Obidjon aka.
– Opkeling!
– Sanjar qani?
– Uyga qaytishingiz bilan izingizdan kirib boradi. 
Obidjon akaga javob yoqmadi. U shu yerning 
o‘zida o‘g‘lini berishlarini kutgan edi. Demak, un­
dan cho‘chishdi, pulni olib kelmaydi, deb o‘ylash­
di. Nima qilish kerak? Beraveradimi? Aldash­


Olmas Umarbekov
276
,
sa­chi? Sanjar omonmikan o‘zi? O‘ldirib yubor­
gan bo‘lishsa­chi?
– Sanjarni olib kelasizlar. Qani u? – dedi u.
Yigit boshini o‘girib mashina tomonga qaradi. 
Obidjon aka shunda payqadi, u yuziga xotinlar­
ning paypog‘ini tortib olgan edi.
– Mashinada kim bor? – javob bermay so‘radi 
yigit.
Ovozi tanishdek tuyuldi. Obidjon aka uni qa­
yerdadir eshitgandek bo‘ldi. Balki talabadir? Ho­
zir hech narsaga ajablanmasa bo‘ladi.
– Mashinada hech kim yo‘q. Yolg‘iz kelganman. 
Sizlar ham va’dalaringda turinglar­da!
– Pulni opkeling. Sanjar ketingizdan boradi.
Obidjon aka pulni olib kelishdan boshqa iloji 
yo‘q edi. Shunday qildi.
– Mana. Sakkiz million.
Yigit sumkani olib, indamay yangi tushayot­
gan imorat tomon yura boshladi.
Shu tob uning kallasida sanchiq turdi.
– To‘xtang! – u yigitning qo‘lidagi sumkaga 
mahkam yopishib oldi.
Yigit to‘xtadi.
– Nima?
– Ishonmayman sizlarga! Men bilan borasan! 
Shu pul sizlarniki! Lekin o‘g‘lim uyga kelgandan 
keyin beraman!
Bilak ingichka, tesha sopidek edi. Obidjon 
aka hayron qolib, qattiqroq qisdi. Sumka yerga 
to‘p etib tushdi. Yigit kuch bilan siltanib qo‘li­
ni bo‘shatdi. Engashib sumkani ko‘tardi­da, bir 
sakrab o‘zini chetga oldi. Obidjon aka uning 
qochmoqchi ekanini tushundi. Qochsa, yetib 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling