Odam bo‘lish qiyin: roman va hikoyalar


Download 1.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/116
Sana13.05.2023
Hajmi1.53 Mb.
#1455502
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   116
Odam bolish qiyin
271
,
– Yo‘q, yo‘q, tushundim, – dedi Obidjon aka, 
o‘g‘lini nima qilishlari mumkinligini yana bir 
bor eshitishdan qo‘rqib. Ovoz egasining qanday 
odamligini bilmasa ham gap ohangidan dangal­
chiligiga ishondi. – Qachon?
– Kechasi o‘nda.
– Bugunmi?
– Shundog‘. Bugun kechasi o‘nda.
– Buncha pulni shu vaqtda...
Xirildoq ovoz uni bo‘ldi.
– Oka! Boshqa shaharlardan kelgan birodar­
lar bor, shoshib turishibdi. Shuyam pul bo‘ldimi 
hozir? Yo‘q bo‘lsa, qarz­qurz qiling. Qayerga keli­
shingizni eshitvoling. Eshitvotsizmi?
– Eshitaman.
Obidjon aka telefon yonida turgan qalamni 
qo‘liga olib, xotiniga ishora qildi. Zaynabxon dar­
rov daftar olib kelib uzatdi.
– Mirobod bozorini bilasiz, – tushuntira bosh­
ladi xirildoq ovoz. – Vokzalga qaragan darvozani 
yonida suvratxona bor. Shuni orqasi yalanglik. 
Sho‘tta turasiz. Ropa­rosa o‘nda. O‘zimiz oldi­
yizga kelamiz. Okajon, tag‘in melisa­pelisa qilib 
o‘tirmang. Organga aytadigan bo‘lsangiz, yo bi­
ronta odamni boshlab kelsangiz, puldanam ajriy­
siz, o‘g‘lizdanam. Kelishdikmi?
Obidjon aka boshini qimirlatdi.
– Yaxshi.
– Yashang!
Obidjon aka bir narsa demoqchi bo‘lib og‘iz 
juftlagan edi, ulgurmadi, xirildoq ovoz egasi 
go‘shakni qo‘yib qo‘ydi.


Olmas Umarbekov
272
,
Zaynabxon devorga suyanib dag‘­dag‘ titrardi. 
U chala­chulpa bo‘lsa ham qanday falokat yuz 
berganini anglagan edi.
– Eshitding­a? – dedi Obidjon aka.
Zaynabxon bo‘shashganicha boshini egdi. 
Shuncha pul albatta ularda yo‘q edi. Nari bor­
sa uch million chiqishi mumkin. Qolganini qa­
yerdan topishadi? Obidjon akaning esiga mashi­
nalari keldi. Bir­ikki joyi urilgan bo‘lsa ham besh 
yil burun olgan «Moskvich»lari bor. Motori soat­
dek ishlaydi, ballonlari ham o‘ziniki, hech qa­
yeridan yog‘, suv oqmaydi. Bozordagi pattachi 
o‘rtog‘i bir­ikki og‘iz solgan edi. O‘shandan qarz 
olsinmikin? Mashinani, mayli, istagan payti olib 
ketsin. Erining xayoli nimalarga ketganini sezib, 
Zaynabxon taklif qildi:
– Qizlarni chaqiraymi?
– Aytamizmi?
– Voy, aytmay bo‘ladimi? Hafiz, Sodiqjonlar 
qidirib yurishibdi­ku Sanjarni. Keyin ikkalovlari­
dan shuncha pul chiqib qolar?
– Mayli.
Zaynabxon telefonga yopishdi.
– Yo‘q, to‘xta, – Obidjon aka uning qo‘lidan ush­
ladi. – Tong otsin. O‘g‘ling tirik. Shundan xursand 
bo‘lishimiz kerak. Bu bir. Ikkilamchi, ketini o‘ylab 
ish qilishimiz kerak. Pul masalasiga kelsak... ke­
chagi xatjildlar ikki yarim millionmidi? Demak, 
cho‘ntaklarni qoqishtirsak, uch million o‘zimizdan 
chiqadi. Yana besh million topish kerak. Bun­
cha kuyovlarda yo‘qdir, so‘rab uyaltirmaylik. 
Raufxo‘jaga mashinani sotamiz. Nima deding?
– O‘zingiz bilasiz. Ishqilib, aldashmasmikin?
Obidjon aka gapni tushundi.


Odam bolish qiyin
273
,
– Ularga pul kerak. O‘g‘lingni nima qilishadi? 
Ziyofat payti ko‘rinmay qoluvdi, qimor o‘ynagani 
ketgan ekan­da kasofat... Qimor ham ko‘knoridek 
gap. Vaqtida o‘ynamasa xumori tutadi.
Zaynabxon kecha erini aldaganidan, bugun esa 
o‘g‘li emas, o‘zi garov tushgandek uyalib, boshini 
egganicha o‘tirardi. Tong yorishguncha u shun­
day o‘tirdi. Eri ham o‘rnidan turmadi. Ikkalasi­
ni­da noxush o‘ylar o‘z girdobiga tortib ketgan edi.
...Peshingacha pulning hammasi jamlandi. 
O‘zlarida bori taxmin qilganlaridek, uch mil­
lion chiqdi. Qolganini ikkala kuyov kechgacha 
topib kelamiz, desa ham Obidjon aka ko‘nmadi. 
Raufxo‘janiki naqd, dedi. Chindan ham o‘ylagan­
dek chiqdi. Raufxo‘ja u og‘iz ochishi bilan ichkari 
uyga kirib ketib, birpasda qiyiqqa besh million 
o‘rab chiqdi. Faqat, hammasi mayda, yog‘ bos­
gan, g‘ijim pul edi. Uyda qizlari militsiyaga xabar 
berish haqida bir­ikki og‘iz ochib ko‘rishdi, lekin 
Obidjon aka rozilik bermadi. Gap o‘g‘lining ha­
yoti ustida ketyapti, qimorbozlardan har narsa 
kutsa bo‘ladi. Militsiya borligini bilib qolishsa, 
Sanjarni sog‘ qo‘yishmaydi! Kichkina kuyovi bir­
ga borishni, yo borib bir chekkada turishni taklif 
qildi. Obidjon aka bunga ham ko‘nmadi. U ancha 
tinchigan, ertalabkiga qaraganda xotirjam ko‘ri­
nardi. Katta qizi osh qildi. Obidjon aka hech nar­
sa bo‘lmagandek, ishtaha bilan yedi.
Har holda, ada, birga boray? – yana iltimos 
qildi ovqatdan so‘ng Sodiqjon.
– Sizga dalda bo‘lardi, – qo‘shildi kuyoviga Zay­
nabxon.
– Tushunsalaring­chi. Ular bilan o‘ynashib 
bo‘lmaydi. Yonimda bironta odam borligini 



Download 1.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   116




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling