Odam boʻlish qiyin


Download 173.81 Kb.
Pdf ko'rish
Sana25.12.2022
Hajmi173.81 Kb.
#1065758
Bog'liq
Odam boʻlish qiyin - Vikipediya



Odam boʻlish qiyin
Oʻlmas Umarbekov romani
"Odam boʻlish qiyin"— 
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi
 
Oʻlmas Umarbekov
qalamiga mansub
roman. Asar adibning ilk romani boʻlib 1969-yilda yozilgan.
[1]
U yozuvchining ilk katta asari
boʻlsada, yaxshi muvaffaqiyat qozondi va ellik yildan beri qayta-qayta nashr etilmoqda. Asar
sovet va undan keyingi davrlarda bir qancha tillarga tarjima qilinib nashr etilgan. Ilk bora
1970-yilda 
„Yosh Gvardiya“
 nashriyoti tomonidan nashr etildi. 1972-yilda rus tiliga tarjima
qilinib „Зелёная звезда“ nashriyotida nash etildi.
[2]
 
[3]
1985-yilda 
Gʻafur Gʻulom nomidagi
Adabiyot va sanʼat nashriyoti“
 asarni 
„Yoz yomg'iri“
 qissasi bilan birga 30 000 nusxali qattiq
muqovada nashr etdi. 2007-yilda 
Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi“
, 2018-
yilda „
Yangi asr avlodi
“ nashriyoti asarni nashr etdi.


Odam boʻlish qiyin
2019-yilgi nashr
Muallif
Oʻlmas Umarbekov
Janr
roman
Mamlakat
 
Oʻzbekiston
Til
oʻzbekcha
Nashr etilgan sanasi
1970-yil (
Yosh gvardiya
nashriyoti)
1972-yil (
Зелёная звезда
nashriyoti 
 
Rossiya
)
1985-yil (
Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va
sanʼat nashriyoti
)
1987-yil (
Зелёная звезда
nashriyoti 
 
Rossiya
)
2007-yil (
Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik
kompaniyasi
)
2018-yil (Yangi asr avlodi nashriyoti)
Sahifalar soni
187 bet (1985)
112 bet (2007)
352 bet (2018)
ISBN
ISBN 978-9943-27-508-9


O‘lmas Umarbekovning „Odam bo‘lish qiyinromanida hayot, hayotning haqiqatga to‘la nafasi
ufurib turadi. Asar tilining soddaligi, voqealarining jonliligi etiborga loyiq. O‘tgan asrning
ikkinchi yarmidagi o‘zbek nasri rivojida O‘lmas Umarbekovning o‘ziga xos o‘rni bor. Uning
Odam bo‘lish qiyin“ romani yoshlar hayoti, maʼnaviy-axloqiy muammolar, insonlarning
murakkab munosabatlari haqida yaratilgan va bugungi kunda ham ko‘p o‘qiladigan asarlar
sirasiga kiradi.
[4]
 
[5]
Oʻtgan asrning ikkinchi yarmida Oʻzbek adabiyotida Oʻlmas Umarbekovning „Odam boʻlish
qiyin“ romani tugʻildi. Asar real voqealarga asoslanib yozilgandek oʻziga jalb etadi. Asarda
ota-onaga hurmat, qadr-qimmat, odamiylik tuygʻulari, yosh qalbning tuygʻulari, oʻzbeklarning
sodda va mehribonligi, oʻspirin bolaning orzulari va shunga oʻxshash voqealar ibrat qilib
yoritib berilgan.
Unda Oʻzbek ayolini yaqqol namoyon etgan Hojar buvi (Zavod aya yoki „Otinbibi“), kuni faqat
qora mehnatda oʻtadigan qoʻllaridan har doim benzin isi alqab turadigan Obid aka, oʻzining
jonkuyar mehnati uchun „Qahramon unvoni“ni olgan qishloqning oldi odami Yusuf aka,
Maktabda yaxshi xulqi va aʼlo baholar bilan oʻqib kelayotgan Abdulla va Qishloqning aqlli qizi
Gulchehraning hayotidan hikoya qilingan.
Asar qahramonlari Abdulla , Gulchehra , Samad , Sayyora kabi endigina maktabni bitirgan,
katta hayot ostonasida turgan yoshlardir. Ularning har birini oʻz maqsadi, oʻz rejalari bor.
Lekin, bu qahramonlarning bir biridan farqi — ana shu maqsadlariga qanday erishishlarida.
Abdulla — yaxshi, oʻqimishli va ziyoli oilaning yakka — yu yolgʻiz farzandi. Maktabda aʼlo
baholarga oʻqib, oltin medal bilan yakunlaydi. U yaxshi tarbiya olgan, doimo yaxshi oʻqishga,
yaxshi kasb egasi boʻlishga, yuqori choʻqqilarni zabt etishga intilgan. Lekin bu intilish
keyinchalik boshqa yoʻnalishga oʻzgarib ketadi. Maqsadlar, rejalar oʻsha, ammo maqsadga
erishish yoʻli oʻzgaradi. Abdulla otasiga oʻxshashni xohlamaydi, u shohona hayotni, yaxshi
mansablarni istaydi, bu yoʻlda bir qizning hayotini barbod qiladi.
Gulchehra — oddiy qishloq qizi, chiroyli, aqlli qiz. U ham maktabni yakunladi, koʻpchilik qatori
shaharga ketmasdan, qishloqda qolib, uni obodonlashtirishni, qayta qurishni orzu qiladi. Ilk
bor sevib qoladi. Balki bu sevgi ham emasdir. Ahir hech kimga koʻngil qoʻymagan, yaxshi
yomonni farqiga bormaydigan qiz edi. Abdulla va Gulchehraning sevgisini yoshlikdagi oddiy
havas deb tushinish mumkin. Ikkisi ham bu hisni ilk bor tuyishadi va ilk bor dunyoda shunday
tuygʻular borligini bilishadi.
Asar haqida
Manbalar


 
Soʻnggi tahrir 7 oy avval
 
Muxriddin Azimov
 tomonidan amalga oshirildi
1. 
https://kitoblardunyosi.uz/odam-bolish-qiyin
2. 
https://royallib.com/book/umarbekov_ulmas/zelenaya_zvezda_chelovekom_bit_eto_trudno.html
3. 
https://readli.net/zelenaya-zvezda-chelovekom-byit-eto-trudno/
4. 
https://kh-davron.uz/kutubxona/multimedia/olmas-umarbekov-qizimga-maktublar-kitobidan.html
5. 
https://forum.ziyouz.com/index.php?topic=5486.0
Odam boʻlish qiyin romani kitobxon.comda (https://kitobxon.com/oz/kitob/odam-bolish-qiy
in%7C)
"
https://uz.wikipedia.org/w/inde
x.php?
title=Odam_boʻlish_qiyin&oldid=25
56055
" dan olindi 
Havolalar


Download 173.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling