Odam bo’lish qiyin


Download 18.82 Kb.
Sana14.12.2022
Hajmi18.82 Kb.
#1001771
Bog'liq
kurs ishi


Syujet. (O’lmas Umarbekovning “Odam bo’lish qiyin” romani asosida.)

Mundarija.


Kirish.
I bob. Badiiy asar syujeti.

    1. Syujet turlari haqida.

    2. Zamonaviy asarlar syujeti.

II bob. O’lmas Umarbekovning “Odam bo’lish qiyin ” romani syujeti.
2.1.“Odam bo’lish qiyin” romanida syujet turlarining qo’llanilishi va ahamiyati.
2.2. Romandagi xronikali syujetning ustunligi.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

1.1 A.Frans “Insoniyat tarixi” hikoyasida bizga asarning asosiy g’oyasini (“Odamlar tug’ildilar, azob chekdilar va o’ldilar”degan fikrini) yetkazish uchun shohning olimlarga insoniyat tarixini yozishni topshirganini, bu topshiriq olimlar tomonidan qanday bajarilganini va nihoyat, shoh bu tarixni o’qiy olmay, ammo faqat tarixning mazmuni haqidagi fikrni eshitib vafot etganligini hikoya qiladi. Ya’ni muallif o’z g’oyasini to’ppa- to’g’ri aytmaydi, balki hayotda bo’lgan bir voqeaning tasviri orqali ifoda etadi. Abdulla Qahhor “O’g’ri” hikoyasida ekspulyatorlar hukmron jamiyatda bir kishi (dehqonning ho’kizini olib ketgan o’g’rigina ) emas, balki butun jamiyat tuzumi zulmkor ekani haqidagi haqiqatni bizga uqtirish uchun ho’kizning yo’qolishi munosabati bilan bir kambag’al dehqin boshiga tushgan sarguzashtni tasvirlaydi. Biz bu ikki asarda ham hayotni bevosita mushihada etamiz va muallif aytmoqchi bo’lgan fikrga o’zimiz mustaqilva muqarrar ravishda kelamiz. Shunday qilib, asar mazmunining asosida yotgan g’oya badiylik kasb etadi asarning pafosi hayotiy shaklga kiradi.


G’oyalar hayotning o’zida voqealar, hodisalar va buyumlar ustidan bevosita mushohada qilish orqali hosil bo’lganidek adabiyot asarining g’oyaviy mazmuni ham unda tasvir etilayotgan voqeaning bevosita mushohada etilishi natijasida o’quvchi zehnida tug’iladi.
Asarda hikoya qilinayotgan voqea “syujet” deb ataladi. (syujet fransuzcha “predmet”,ya’ni tasvirlanayotgan yoki bayon etilayotgan narsa demakdir) Adabiyotning kichik asarlarida (masalan, hikoyada) bir kichik voqea va uning tafsiloti tasvirlanadi. Bu holda asarning ixcham syujetliligi haqida so’z yuritiladi. Yirik janrlarga mansub asarlar syujeti esa ko’ptarmoqli bo’ladi. Bunday chog’da syujetning murakkabligi xususida gap boradi. Har ikki holda ham syujet asat mazmuniga asos bolgan kichik yoki katta voqea bo’lib qoladi.
Syujetning bu ta’rifi to’g’ri bo’lsa ham syujetning butun mohiyatini aks ettirmaydi. Syujetga M.Gorkiy tomonidan berilgan ta’rif adabiyotshunoslikda eng mukammal hisoblanadi, chunchi unda adabiyotning muhim vazifasi bo’lgan harakterlar tasvirida syujetning ro’li uqdirib ko’rsatilgandir. Buyuk yozuvchining fikricha syujet badiiy asarda tasvirlangan “odamlarning o’zaro aloqalari, ammo oralaridagi qarama- qarshiliklar, bir- birlarini yoqdirish yoki yoqtirmasliklari- umuman, kishilar orasidagi munosabatlar – u yoki bu harakterning , tipning tarixi, o’sishi, tashkil topib borishidir”1. Gorkiy ta'rifi epik va dramatik asarlarga taalluqlidir.
“O’tkan kunlar” romani murakkab syujetli asar. Romanni syujetidagi murakkablik uning g’oyaviy mazmunidagi murakkablikdan kelib chiqadi va shu murakkablikni ifoda etishga hizmat qiladi. Abdulla Qodiriy feodal tuzumning antigumanistik mohiyatini ochish uchun u davr hayoining uch tomoniga alohida e’tibor beradi. Feodal tuzum xalqni ekspulatatsiya qilishga qaratiladi. Hon va beklar o’z manfaatlarini ko’zlab, to’xtovsiz ravishda hokimyat uchun kurashadilar. Bu maqsadlariga erishuv uchun xalqning bir qismini(qipchoqlarni), ikkinchi qismiga (qora choponlilarga) qarshi qo’yadilar. Bu sotsial linya”O’tkan kunlar” syujetining eng katta qismini , asosiy liniyasini tashkil etadi. Ammo feodal tuzum adolatsizligining ko’rinishlaridan biri unda “odat” deb atalmish hodisaning hukmronligidir. Shu “odat”ga ko’ra farzandlar taqdiri faqat ota- onalar hohishi bilangina hal etiladi. “O’tkan kunlar”da ana shu odat“ ning roli Otabekning oilaviy hayotini tasvirlash orqali ochib beriladi. Shunday qilib roman syujetining ikkkinchi katta tarmog’i – shaxsiy taqdir liniyasiyuzaga keladi. Bu ikki syujet liniyasi o’z navbatida bi qancha kichik syujet liniyalariga bo’linib ketadi (hon va Musulmonqul: zolim Azizbek va adolatparvar Yusufbek hoji:Otabek, Qutidor va hon: Otabek, Kumush va Zaynab:Hasanali va Otabek oralaridagi munosabatlar kabi). Romanda yana uchinchi asosiy syujet liniyasi ham bor; hayotda yaxshilik bilan yomonlikning abadiy kurashi yana bir ko’rinishda – bir tomondan Otabek va uning yaqinlari, ikkinchi tomondan, Homod va uning sheriklari orasidagi olishuv tariqasida ham tasvir etilgandir. Syujetda ham sotsial liniya, ham shaxsiy liniya ana shu uchinchi liniya bilan chambarchast bog’langan holda o’quvchi ko’z o’ngida namoyon bo’ladi. Shunday qilib , “Otkan kunlar” romani faqat feodal o’tmish, uning adolatsizligi to’g’risidagina emas, umuman hayotning bosh hodisalaridan biri - yomonlik bilan yaxshilikning kurashi haqida ham hikoya qiladi. Muallifning mahorati shundaki, asarda bu uch syujet liniyasi uzviy ravishda bir biri bilan bog’langan holda hayotning bir butun manzarasini tashkil etadi.
Ma’lumki, hayotda rivojlanish qarama-qarshiliklarning kurashi oqibatidir. Ijtimoiy taraqqiyotning xuddi shu qonuniga mos holda adabiyotda ham hayot harakatda korsatiladi. “Otkan kunlar” romanida dastlab kishilar bir holatda tasvir etiladi, keyin ularning hayotida birma bir o’zgarishlar maydonga kela boshlaydi. (Otabekning sevishi va uylanishi, honga nisbatan yomon niyatda ekanlikda ayblaninb qamalishi, bu falokatdan qutulgandan keyin ota-ona orzusiga ko’ra ikkinchi marta qayta uylanishga majbur bo’lishi, Kumushning asta –sekin undan uzoqlashishi kabi). Bu o’zgarishlarni maydonga keltirgan prujina- yuqoridagi uch syujet ichida yashiringan qarama-qarshiliklardir: Otabek, Yusufbek hoji va ularning maslakdoshlari bilan hon , beklar va ularning malaylari orasida mamlakatni idora etish usullariga qarashda, insonning fazilatlariga baho berishda qarama- qarshiliklar bor. Otabek va Kumushning oilaviy masalalarga qarasi esa xalq ongida, shu jumladan, Otabekning onasi va otasi ongidagi odatiy tushunchalarga tamoman ziddir. Nihoyat, romanda bir –biriga qarama –qarshi ikki guruhga bo’linadilar: hondan tortib Homidgacha bir qator kishilar odamiylikdan mahrum , manfaatparast bo’lsalar, Otabek, Kumush, Yusufbek hoji, Qutidor va Hasanaliga o’xshash boshqacha dunyoqarashdagi kishilar o’zlarining insoniy sifatlari bilan ularga tamoman qarama- qarshi shaxslardir. “O’tkan kunlar” romani mana shu bir-biriga zid hodisalar va kishilar orasidagi kurashning tasviridan maydonga keladi.
Har bir asar syujeti asosida yotgan ana shu ziddiyat konflikt deb ataladi. Konflikt – badiiy asarda tasvirlangan harakterlar, ifoda etilgan g’oyalar, kayfiyatlarning kurashidir. (Konflikt –lotincha “to’qnashuv”demakdir). XIX asr adabiyotshunosligida , shu jumladan, K.Marks va F. Engelsning adabiyotga oid asarlarida “konflikt” o’rnida “kolliziya” termini ishlatiladi. (Bu so’z ham lotincha bo’lib, “to’qnashuv” ma’nosida) 40-yillarda adabiyotda, ayniqsa, dramaturgiya sohasida konfliktning ahamiyatini tushunmaslikka qarshi olib borilgan kurash jarayonida “konflikt” terminini surib chiqardi. “Kolliziya” termini hozirgi vaqtda hali ro’yobga chiqmagan konfliktma’nosida ko’proq ishlatiladi, “konflikt’ esa kolliziyaning o’tkir namoyon bo’lishi ma’nosida qo’llaniladigan bo’ldi.
Yozuvchilar hayotdagi konfliktlarni badiiy asarda yana ham bo’rttiribroq, yorqinroq qilib tasvirlashga harakat etadilar. Bu qoidaga, ayniqsa, dramaturglar alohida e’tibor beradilar. Lekin roman ham konfliktsizlikni ko’tarmaydi. Aksincha, A. Fadayevning fikricha, roman mazmuni va vositalarining ajralmas qismidir, chunki, roman faqat hajm jihatidangina dramadan farq qiladi, u katta dramadir. “O’tkan kunlar” romanida konfliktning

1Горкый М. Собр. Соч. томах. Т.27;с.215.

Download 18.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling