Odam dunyoga odam bo`lib keladi. Sub’ektning odam zotiga mansubligi individ tushunchasida ifoda qilinadi. Hayvon bolasi esa dunyoga kelgan kunidanoq hayotining oxirigacha jonzot deb yuritiladi
Download 20.48 Kb.
|
Shaxsning psixologik xarakteristikasi
Odam dunyoga odam bo`lib keladi. Sub’ektning odam zotiga mansubligi individ tushunchasida ifoda qilinadi. Hayvon bolasi esa dunyoga kelgan kunidanoq hayotining oxirigacha jonzot deb yuritiladi. «Individ» tushunchasida kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgan. Yangi tug`ilgan chaqaloqni ham, katta Yoshdagi odamni ham, mutaffakkirni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoyi odamni ham, madaniyatli mamlakat kishisini ham individ deb hisoblash mumkin. Individ sifatida dunyoga kelgan kishi alohida ijtimoiy fazilat kashf etadi, Shaxs bo`lib yetishadi. Psixologiyada individ tomonidan amaliy faoliyat va munosabatlar jarayonida hosil qilinadigan hamda ijtimoiy munosabatlarning individga ta’sir o`tkazish darajasi va sifatini belgilaydigan tarzdagi ijtimoiy fazilatlar majmuasi Shaxs tushunchasida ifodalanadi. Ijtimoiy munosabatlar tizimini o`zida mujassamlashtirgan sub’ekt bo`lish degan ma’noni anglatadi. Akademik I.P. Pavlov iborasi bilan aytganda, odam hayotining ilk davri tirik mavjudodlikdir. Bu tirik mavjudod dunyoga kelgandan keyin ijtimoiy taraqqiyot jarayonida Shaxs sifatida shakllanadi. Agar tirik mavjudod sifatida odam dunyoga kelgach ijtimoiy muhit va ijtimoiy taraqiyotdan chetda qolsa, unda Shaxslik (odamlik) sifatlari na paydo bo`ladi, na taraqqiy etadi. Kishilik jamiyatidan tashqarida voyaga yetgan odam birinchi bor odamlarga duch kelib, biologik xos individual xususiyatlardan bo`lak hech qanday, kelib chiqishi jihatidan hamisha ijtimoiy - tarixiy xarakter kasb etadigan Shaxsiy fazilatlarga ega ekanligini namoyon qila olmaydi, balki tevarak atrofdagi odamlar mabodo uni birgalikdagi faoliyat va munosabat jarayoniga «torta olishgan» taqdirda ularni paydo bo`lishi uchun zarur tabiiy shart-sharoitlargagina ega bo`ladi. Hayvonlar orasida tarbiyalangan bolalar tajribasini o`rganish bu vazifani amalga oshirishning g`oyat darajada murakkabligidan dalolat beradi. Shaxsning psixologik xarakteristikasi, psixologiyada shaxs tushunchasi. Inson, odam ko‘plab fanlarning o‘rganish ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Ular odamlarning turli tomonlarini va hayot tarzini, rivojlanishi va boshqalarni o‘rganadi. O‘z ob’ektini belgilash va ta’riflash uchun turli tushunchalar qo‘llaniladi. Psixologiya fani odamni jamiyatda, boshqalar bilan munosabatda bo‘luvchi ongli faoliyat sub‘ekti sifatida o‘rganadi. Psixologiya fani odamni ta’riflashda ko‘plab tushunchalar qo‘llaniladi. Shu jumladan «shaxs», «individ», «individuallik» tushunchalari ham qo‘llaniladi. Odamning insonlik jinsiga mansubligi individ tushunchasi bilan ifodalanadi. Katta yoshdagi kishilar, chaqaloqlar, tilni va oddiy malakalarni o‘zlashtira olmaydigan ruhiy kasallar (telbalar) ham individdir. Individ tushunchasida kishining biologik turga mansubligi aks ettirilgan. Barcha kishilar odamlar individdir. «Individ» tushunchalar kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgandir. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning ham, katta yoshning ham, tafakkurni ham, akli zaif ovsarni ham, yovvoyilik bosqichidagi qabilaning vaqilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash mumkin. Individ sifatida kishi alohida sotsial fazilat kashf etadi, shaxs bo‘lib yetishadi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam keyinchalik, jamiyatdagina shaxs ga aylanadi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina shaxs deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi-uning ongli faoliyat egasi ekanligidir. Ma’lumki kishi ongi faqat jamiyatda, boshqalar bilan o‘zaro munosabatda til yordamida ijtimoiy tajribani o‘zlashtrishda shakllanadi. Binobarin shaxs ham faqat jamiyatdagina shaxsga aylanishi mumkin. Shaxs tushunchasida odamning ijtimoiy xarakteri aks ettirilgan. Lekin shaxsning ijtimoiy muhitning passiv mahsuloti deb qarab bo‘lmaydi. Shaxs ijtimoiy tajribani faol ravishda tahlil qiladi, o‘zlashtiradi, o‘zi uchun o‘zgartiradi-bu jarayon davomida o‘zi ham shaxs sifatida shakllanadi. Shaxsning faolligi o‘zi hayot uchun yo‘l tanlashida, bu yo‘lni egallashida. Hayotda o‘z mavqei va o‘rnini anglashida ifodalanadi. Shaxs shakllanib borgan sayin tashqi ta’sirlar, shu jumladan ijtimoiy ta’sirlar ham uning ichki dunyosi, psixologiyasiga qarab turli odamlarga turlicha ta’sir qiladilar. Masalan, bir xil baho turli o‘quvchilarga turlicha ta’sir qiladi. Download 20.48 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling