Odam savdosi qullik balosi


Odam savdosiga qarshi kurashishga doir qonunchilik


Download 422 Kb.
bet2/2
Sana20.06.2023
Hajmi422 Kb.
#1628791
1   2
Bog'liq
Odam Savdosi

Odam savdosiga qarshi kurashishga doir qonunchilik.
Odam savdosiga qarshi kurashish, insonlardan majburiy mexnatda chet ellarda foydalanishni oldini olish xamda bu boradagi jinoyatlarni tag-tomiri bilan yo’q qilish maqsadida mamlakatimizda 2008 yil 17 aprelda “Odam savdosiga qarshi kurashish to’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni, shuningdek, mazkur Qonunning ijrosini ta’minlash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 8 yulda “Odam savdosiga qarshi kurash samaradorligini oshirish bo’yicha choralar to’g’risida”gi qarori qabul qilindi. Bundan tashqari mazkur turdagi jinoyatlar uchun jazo choralarini keskin kuchaytirish bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga tegishli o’zgartish va qo’shimchalar kiritildi.


Chet ellarda qonuniy ishlashning xuquqiy asoslari.
O’zbekiston Respublikasi fuqarolari chet ellarda mexnat faolyatini O’zbekiston Respublikasi tomonidan horijiy mamlakatlar bilan tuzilgan xukumatlararo, idoralararo shartnomalar va bitimlar asosida faqat Tashqi mexnat migratsyasi masalalari agentligi va Toshkent, Buhoro, Nukus, Farg’ona, Qarshi shaxarlarida joylashgan Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo’yicha mintaqaviy byurolarning ko’magida amalga oshirishlari mumkin.
O’zbekiston fuqarolarini chet ellarda ishga joylashtirishga Tashqi mexnat migratsyasi masalalari agentligi va Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo’yicha Toshkent, Buhoro, Nukus, Farg’ona, Qarshi mintaqaviy byurolardan boshqa jismoniy va yuridik shahslarga bunday vakolat berilmagan. Takroran ta’kidlab o’tish joizki, yuqorida qayd etilgan vakolatli muassasalardan tashqari xech bir jismoniy va yuridik shahslar f uqarolarni chet elda ishga joylashtirish faolyati bilan shug’ullanish xuquqiga ega emaslar.
Respublikamiz fuqarolari amaldagi qonunchilik bo’yicha hususiy mexnat shartnomalari asosida mexnat faolyatini amalga oshirish uchun chet ellarga Tashqi mexnat migratsyasi masalalari agentligi tomonidan beriladigan ruhsatnomalar asosida chiqishlari belgilab qo’yilgan. Hususiy mexnat shartnomasi bo’yicha chet elda ishlash uchun fuqarolar belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan horijiy ish beruvchining mexnat shartnomasi nusxasi, ish beruvchi to’g’risidashi qisqa ma’ulmot, fuqaro to’g’risida ma’lumotnoma-holisnoma va sog’lig’i to’g’risida ma’lumotnomani Tashqi mexnat migratsyasi masalalari agentligiga taqdim etishlari lozim. Agentlik taqdim etilga xujjatlarni 15 kun ichida belgilangan tartibda ko’rib chiqib, fuqaroga chet elda mexnat faolyatini amalga oshirishga ruhsatnomani belgilangan tartibda rasmiylashtirib beradi. Chet ellarda ishlash istagida bo’lgan yoki turli shahslar, firmalardan chet eldash ishga joylashtirish to’g’risida takliflarni olgan respublikamiz fuqarolari O’zbekiston Respublikasi Mexnat va axolini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligining Tashqi mexnat migratsyasi masalalari agentligi yoki Toshkent, Buhoro, Nukus, Farg’ona, Qarshi shaxarlarida joylashgan Fuqarolarni chet ellarda ishga joylashtirish bo’yicha mintaqaviy byurolarga murojaat qilib, chet elda mexnat qilish to’g’risida o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga, ayniqsa, firibgar shahslar va firmalar tomonidan chet elga ishlashga yuborish to’g’risidagi takliflarini aniqlashtirish bo’yicha batafsil javob olishlari mumkin.
Download 422 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling