Odam savdosiga oid muammolar va ularning huquqiy yechimlari


Download 34.3 Kb.
bet1/3
Sana31.01.2024
Hajmi34.3 Kb.
#1818300
  1   2   3
Bog'liq
1547310487 73793


ODAM SAVDOSIGA OID MUAMMOLAR VA ULARNING HUQUQIY YECHIMLARI.
Reja:



  1. Odam savdosi

  2. Inson a’zolari yoki to‘qimalarini ajratib olish

  3. Qabrni tahqirlash

  4. Odam o‘g‘rilash



Odam savdosi (JK 135-moddasi)
Odam savdosi – hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Undan keladigan daromad giyohvand moddalar va qurol savdosidan so‘ng uchinchi o‘rinda turadi. Jinoyat­chilikning mazkur turidan keladigan daromadning yillik aylanmasi 7 mlrd. AQSh dollarini tashkil etadi.
Jinsiy ekspluatatsiya, majburiy mehnat, bolalar meh­natini ekspluatatsiya qilish ayrim mamlakatlarda shu darajada keng tarqal­ganki, natijada hozirgi kunda millat genofondiga, shu bilan birga milliy xavfsizlikka jiddiy xavf tug‘dirmoqda. Bunday holatda har qanday madaniyati rivojlangan mam­lakat mazkur jinoiy faoliyat turi bilan kurash bo‘yicha barcha zarur choralarni ko‘rishi lozim. O‘zbekiston ham bu borada istisno emas.
Odam savdosining bevosita ob’ektini shaxsning shaxsiy erkin­ligi, sha’ni va qadr-qimmatini kafolatlovchi ijti­moiy munosa­batlar tashkil etadi. Qo‘shimcha ob’ekt alohi­da kvalifikatsiya qilin­gan tarkiblarda shaxsning hayoti va sog‘lig‘i daxlsizligini ta’min­lovchi ijtimoiy munosabat­lar hisoblanadi.
JK 135-moddasi tavsiflovchi dispozitsiyaga ega. Mazkur jinoyat ob’ektiv tomondan odam savdosi, ya’ni odamlarni olish-sotish yoki ularni ekspluatatsiya qilish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilishda ifodalanadi.
Odam savdosi shaxs ekspluatatsiyasining boshlanishidan qat’i nazar, aybdor JK 135-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan harakat­lardan birini sodir etgan paytdan boshlab, odamlarni olish-sotish, ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish harakat­lari sodir etilgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi.
Odam savdosi odamni olish-sotish, ya’ni uni sotuvchiga pul ko‘rinishida ma’lum miqdordagi mablag‘ yoki boshqacha mulkiy ekvivalent (ko‘char va ko‘chmas mulklar, mulkiy xarakterdagi daro­madlar, mulkiy yoki pul ko‘rinishidagi qarzdan voz kechish va bosh­qalar) berish evaziga sotib oluvchi egaligiga topshirish hi­soblanadi.
Odam savdosining bir ko‘rinishi odamlarni biror-bir faoliyatga, mazkur holatda ekspluatatsiyaga jalb qilishga qaratilgan harakatlarda namoyon bo‘luvchi odamlarni yollash hisoblanadi (masalan, odamlarni qidirish, xohlovchilarni ro‘yxatga olish, ular bilan dastlabki keli­shuv tuzish va boshq.). Odamni yollash faqat uni olish-sotish bilan tugaydi va bu, qoida tariqasida, aldash orqali amalga oshiriladi. Aybdor jabrlanuvchining o‘z xohishiga ko‘ra ma’lum bir faoliyat bilan shug‘ullanishiga roziligini olmoqchi bo‘lganda yollash usuli sifatida ko‘ndirish mazkur holatda kamdan-kam hollarda qo‘lla­niladi.
Odamni yollash uni zo‘rlash, qo‘rqitish yoki majburlash­ning boshqacha turlarini qo‘llash orqali amalga oshirilsa, kelib chiqqan oqibatlarning darajasidan qat’i nazar, qil­mish JK 135-moddasi 2- yoki 3-qismi bilan javobgarlikka tortiladi.
Yollash yollanayotgan shaxsning roziligini olishga qara­tilgan harakatlar amalga oshirilgan paytdan boshlab, shaxs roziligi olin­ganidan qat’i nazar, tugallangan hisoblanadi.

Download 34.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling