Termiz davlat universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Boshlang‘ich ta’lim va sport
tarbiyaviy ishi yo‘nalishi 405-guruh talabasi
Quldosheva O‘g‘iloyning
3-sinf tabiatshunoslik fanidan
“ODAM TANASI, TERISI VA SKELETI”
mavzusidagi bir soatlik
OCHIQ DARS ISHLANMASI
Mavzu: ODAM TANASI, TERISI VA SKELETI
Boshlang’ich sinf uchun tabiatshunoslik fanidan dars ishlanmasi
Darsning maqsadlari:
a) talimiy: tabiat, o’simlik va hayvonot dunyosi, tabiiy boyliklar, ularning turlari, “Qizil kitob” haqida ma’lumot berish;
b) tarbiyaviy: o’quvchilarda tabiatga mehr-muhabbatni o’shirish, ularga ekologik tarbiya berish;
d) rivojlantiruvchi: o’quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini o’stirish, ekologik savodxonligini, tafakkur doirasini kengaytirish, mustaqil va tez fikrlashga o’rgatish.
Dars uslubi: Suhbat, guruhlarda ishlash, “Aqliy hujum”, ”Klaster”, “Sinovlar guldastasi”.
Dars jihozlari: Odam tanasining tuzilishi aks etgan rasmlar, darslik, o’simlik va hayvonot dunyosi, “Qizil kitob” maketi, test topshiriqlari, boshqotirma, savolli vazifalar.
Darsning borishi: O’quvchilar bilan salomlashib, navbatchining hisoboti eshitiladi. Ma’naviyat daqiqasi o’tkaziladi. So’ngra o’quvchilar uchta guruhga bo’linib, o’z nomlari va shiorlari bilan tanishtiradi.
1-guruh: “Qushlar”. Shiori: “Qushlar bizning do’stimiz”.
2-guruh: “Quyosh”. Shiori: “Har doim bo’lsin quyosh”.
3-guruh: “Yulduzcha”. Shiori: “Biz kichik yulduzchalar, bilimga shay g’unchalar”.
O’qituvchi guruhlarning amal qilishi kerak bo’lgan “Oltin qoidalar” bilan tanishtiradi.
Intizom. 2. O’zaro hurmat. 3. Faollik. 4. Vaqtga rioya qilish. 5. O’zgalar fikrini takrorlamaslik. 6. O’ng qo’l qoidasi. 7. To’g’ri javob uchun rag’bat.
O’tgan darsdagi “Hayvonlarning xilma-xilligi” mavzusi yuzasidan savol-javob o’tkaziladi.
Baliqlarning qanday ahamiyati bor? 2. Qanday yovvoyi hayvonlarni bilasiz? 3. O’txo’r va go’shtxo’r hayvonlar nimalar bilan oziqlanadi? 4. Oziq zanjiriga misollar keltiring.
Do'stlaringiz bilan baham: |