Odam tanasi, terisi va skeleti
Sport bilan Tibbiy ko’rikdan
Download 0.67 Mb.
|
2 5397614129643004845
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yangi mavzuning bayoni
- Guruhlarga savollar: 1-guruhga
Sport bilan Tibbiy ko’rikdan
shug’ullanish o’tish
Ruhan tetik bo’lish Badantarbiya Jismonan yetuk Ozoda yurish Yangi mavzuning bayoni. Odam tanasi qanday a’zolardan tashkil topgan? Bosh, bo’yin, gavda, qo’l va oyoq odam tanasining asosiy qismlaridir. Odam tanasi teri bilan qoplangan. Teri ostida muskullar bor. Muskullar suyaklarga birikkan. Odam tanasi ichida yurak, o’pka, jigar, oshqozon, ichak kabi a’zolar bor. Har bir a’zo odam hayoti uchun zarur bo’lgan muhim vazifalarni bajaradi. Teri tanamizni shikastlanishdan, suv, chang va mikroblardan himoya qiladi. Terida juda mayda qon tomiralri, xaltachalar, naychalar bor. Sog’lom odamda tana harorati o’ttiz olti yarim darajada bo’ladi. Teri ham havodan nafas oladi. Skelet odam tanasining ichida joylashgan. U qattiq suyaklardan tarkib topgan. Tanamizda 200 dan ortiq suyaklar bor. Suyaklar bir-biri bilan birikib, skeletni tashkil qiladi. Gavda suyaklari; umurtqa suyaklar; ko’krak qafasi suyaklari; tos suyagi; bosh suyagi-kalla suyagi; oyoq-qo’l suyaklar. Kalla suyagi bosh miyani, ko’krak qafasi esa yurak va o’pkalarni himoya qilib turadi. Tanadagi muskullar teri ostidagi skeletning barcha suyaklari sirtida va odamning ichki a’zolarida bo’ladi. Ular suyaklarga pishiq paylar orqali birikkan. Muskullar skelet suyaklarini harakatga keltiradi. Jismoniy mehnat qilish, sport bilan shug’ullanish muskullarni chiniqtiradi. Ko’p harakat qiladigan, jismoniy tarbiya bilan muntazam shug’ullanadigan odamlarning muskullari baquvvat, yaxshi rivojlangan bo’ladi. Ularning qaddi-qomati chiroyli bo’lib, yengil va erkin harakat qiladi. Guruhlarga savollar: 1-guruhga: 1. Tabiat nima? 2.Odam tanasida qanday a’zolar bor? 2-guruhga: 1. Odam tanasini boshdan-oyoq qoplagan narsa nima? 2. Gavda suyaklariga qaysi suyak kiradi? Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling