Odam va hayvonlarning organlari organlar sistemasi


Download 178.92 Kb.
bet1/2
Sana08.04.2023
Hajmi178.92 Kb.
#1341184
  1   2
Bog'liq
Ishbayeva Dilnoza Odam va hayvon organlari sistemasi. Dars ishlanma.


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI SURXONDARYO VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI

ANGOR TUMANIDAGI 22 – SONLI UMUMTA’LIM MAKTABINING BIOLOGIYA FANI O'QITUVCHISI
ISHBAYEVA DILNOZANING 7-SINFLAR UCHUN BIOLOGIYA FANIDAN “ODAM VA HAYVONLARNING ORGANLARI ORGANLAR SISTEMASI”MAVZUSIDA
OCHIQ DARS
ISHLANMASI

14.11.2022 yil
O‘quv fanining nomi: Biologiya
Dars mavzusi: Odam va hayvonlarning organlari organlar sistemasi.
Darsning ta’limiy maqsadi. O‘quvchilarni Odam va hayvonlarning organlari organlar sistemasi va ularning ishlash jarayoni bilan tanishtirish.
Darsning tarbiyaviy maqsadi. O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, tibbiy tarbiya berish, kasbga yo‘llash.
Darsning rivojlantiruvchi maqsadi. O‘quvchilar o‘z tana a’zolari va to‘qimalari bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishlari va o‘zlari mustaqil ravishda qo‘shimcha adabiyotlar va darslik ustida ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish va rivojlantirish.
Darsni jihozlash. Darslik, turli xildagi mavzuga tegishli rasmlar, doska, monitor.
Darsda foydalanilgan texnologiya. Hamkorlikda o‘qitish texnologiyasi (“Arra-2” metodi).
Asosiy tushunchalar va tayanch bilimlar: arteriya, vena, kapillyar, endokrin sistema, gormon, limfa.
Odam organlari sistemasi” mavzusidagi hamkorlikda o‘qitish texnologiyasidan foydalanilgan taqdimot darsning texnologik xaritasi.

TEXNOLOGIK BOSQICHLAR

O‘QITUVCHINING FAOLIYATI

O‘QUVCHINING FAOLIYATI

I. Tashkiliy qism
(4 daqiqa)

Salomlashadi, o‘quvchilarning darsga tayyorligini, davomatni aniqlaydi, o‘quvchilar diqqati va e’tiborini darsga to‘la jalb etadi, darsda amal qiladigan qoidalarni eslatadi, o‘quvchilarda darsga qiziqish uyg‘otish, faollashtirish, o‘quvchilarni dars mavzusi, maqsadi, borishi bilan tanishtiradi.

Dars mavzusi, maqsadi, borishi va unda bajariladigan topshiriqlarni anglaydi. Topshiriqlarning didaktik maqsadi, bajariladigan o‘quv topshiriqlari yuzasidan ko‘rsatmalarni anglaydi.

II. O‘tgan mavzu bo‘yicha o‘quvchilarning bilimi nazorati
(12 daqiqa)

O‘tgan mavzu yuzasidan og‘zaki ravishda o‘quvchilardan so‘raladi va “Aqliy hujum” metodidan foydalangan holda savol-javob qilinadi(1-topshiriq).

O‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi(1-topshiriq).

III. Bosqich. Yangi mavzuni o‘rganish
(15 daqiqa)

Yangi mavzu reja asosida slaydlar yordamida bayon etiladi. O‘quvchilarni teng sonli 4 ta guruhga ajratiladi. Guruhlarning birinchisiga “Epitiliy to‘qimasi”, ikkinchisiga “Biriktiruvchi to‘qima”, uchinchisiga “Muskul to‘qimasi” va to‘rtinchisiga “Nerv to‘qimasi” nomlari beriladi. O‘quvchilarga mustaqil bajarish uchun topshiriqlar beradi. Har bir guruhning taqdimotini tinglaydi.

O‘quvchilar slaydlar yordamida mavzuni tushunib olishga harakat qilishadi. Har bir guruh o‘quvchilari o‘zlariga berilgan topshiriqlar bo‘yicha taqdimot tayyorlab, tushuntirib beradi.
Mustaqil ishlarda ishtirok etadi.

IV. Yangi mavzuni qayta ishlash
(10 daqiqa)

O‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini nazorat qilish va baholash maqsadida topshiriqlar beradi(2-topshiriq).

Egallagan bilimlarini nazorat qilish va o‘z-o‘zini baholash maqsadida topshiriqlarni bajaradi(2-topshiriq).

V. Darsni yakunlash
(4 daqiqa)

Erishilgan natijani tahlil qiladi, darsga yakun yasaydi. Uyga vazifa beradi.

O‘z o‘quv faoliyati va erishgan natijasini tahlil qiladi va baholaydi. Mustaqil va ijodiy ish topshiriqlarini oladi.

Bosh miya nerv sistemasining markaziy bo'limi , organizmning barcha funksiyalarini boshqarib turadi.


Bosh miya :
- > Vazni katta odamda 1020 - 1970 g ✅
- > Chaqaloqlarda 450 g ✅
- > Keksalkkda vazni kamayadi. ✅
- > 20 yoshgacha odam miyasining hajmi 3,5 - 4 marta , vazni esa 20 marta ortadi. ✅
- > 100 mlrd dan ortiq neyronlardan oborat bo'ladi. ✅
📌 Tuzilishi.
Bosh miya kalla qutisi ichida joylashgan.
Ikki qismdan iborat :
1⃣. Bosh miya stvoli ( Ustun )
- > Uzunchoq miya ✅
- > O'rta miya ✅
- > Oraliq miya ✅
- > Miyacha ✅
- > Miya ko'prigi ( Varoliyev koprogi. ) ✅
2⃣. Bosh miyya katta yarimsharlaridan iborat.

Bosh miya ham oq va kulrang moddalardan iborat.


Oq modda -- > Bosh miyani orqa miya bilan va miya bo'limlari bilan bog'laydi. ✅
Kulrang modda -- > Bosh miya katta yarim sharlari va miyachani sirtdan qoplab turadigon po'stlog'ini hosil qiladi. Bosh miya kulrang moddasi reflektorlik funksiyasini bajaradi. ✅
📌 Uzunchoq miya.
Reflektorlik va o'tkazuvchanlik vazifasini bajaradi.
Kulrang moddasi :
- > Nafas olish ✅
- > Yurak ishini boshqarish ✅
- > Hazm qilish ✅
- > Himoya ✅ funksiyalarini boshqaradi.
📌 Varoliyev ko'prigi.
Uzunchoq miya bilan o'rta miya oralig'ida joylashgan.
- > Ko'z soqqasi ✅
- > Yuz muskullarini ✅
Harakatlantiruvchi markazlar bo'ladi.
📌 O'rta miya.
Miya oyoqchalari , to'rt tepalik va tepaliklar orasida joylashgan.
- > Skelet muskullari tonusi ( tarangligi. ) ✅
- > Qo'l barmoqlari nozik harakatlari ✅
- > Ko'rish ✅
- > Eshitish ✅
- > Chamalash ✅ reflekslari joylashgan.

1⃣. Uzunchoq miya⤵️


2⃣. Ko'prikcha ➡️ Miya sopi
3⃣. O'rta miya ⤴️

Miya sopidan 12 juft kalla - miya nervlari chiqadi. Ular miyani boshidagi sezgi organlari , bezlar va muskullar bilan bog'laydi.


Ulatdan bir jufti ADASHGAN NERVLAR hisoblanadi.
Adashgan nerv :
- > Yurak ✅
- > O'pka ✅
- > Oshqozon ✅
Va boshqa ichki organlarni ishini boshqaradi.
📌 Oraliq miya.
O'rta miya ustida joylashgan.
- > Moddalar almashinuvi ✅
- > To'yish ✅
- > Och qolish ✅
- > Chanqash ✅
- > Tana harorati doimiyligi ✅
Kabi xususiyatlar oraliq miya bilan bog'liq.
📌 Miyacha.
Uzunchoq miya ustida joylashgan ikkita yarimsharlardan iborat.
- > Harakat ✅
- > Skelet muskullari ✅
- > Tana muvozanati ✅
Tonusini boshqarib turadi.
Miyachasi shikastlangan odam yurganda gandiraklaydi , beoxshov chayqalib harakatlanadi.
O‘tgan mavzular yuzasidan o‘quvchilarning bilimini aniqlash uchun “Aqliy hujum” savollari. (O‘quvchilar savollarga og‘zaki javob beradi).
1-topshiriq.

  1. Biologiya nimani o‘rganadi?

  2. Biologiya so‘zining ma’nosi qanday?

  3. Biologiyaning bo‘limlarini ayting.

  4. Umurtqali hayvonlarga qaysi sinflar kiradi?

  5. Baliqlar yuragi necha kamerali?

  6. Baliqlar tana shakli nima uchun suyri shaklda tuzilgan?

  7. Qanday baliq turlarini bilasiz?

  8. Suvda ham quruqlikda yashovchilar qanday nafas oladi?

  9. Suvda ham quruqlikda yashovchilar yuragi necha kamerali?

  10. Suvda ham quruqlikda yashovchilar nima uchun suvdan uzoqqa ketolmaydi?

  11. Sudralib yuruvchilar sinfi nimalar kiradi?

  12. Sudralib yuruvchilar tuxumini qayerga qo‘yadi?

  13. Qushlarning yuragi necha kamerali?

  14. Qushlar issiqqonli hayvonmi yoki sovuqqonli?

  15. Qushlar jabra yordamida nafas oladimi?

  16. Qushlar qanday ko‘payadi?

  17. Sutemizuvchilarga qaysi hayvonlar kiradi?

  18. Sutemizuvchilarning yuragi necha kamerali?

  19. Sutemizuvchilar nafas olish organlariga nimalar kiradi?

  20. Sutemizuvchilar bolasini qanday boqadi?


Download 178.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling