Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


Muvozanat organining ishi


Download 2.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/129
Sana27.08.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1670536
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   129
Bog'liq
odam va uning salomatligi 8 uzb

Muvozanat organining ishi. Odam tanasining turli xil harakat-
larida vestibular analizator retseptorlari qo‘zg‘aladi. Harakat tezligi


142
qancha yuqori bo‘lsa, retseptorlar shuncha kuchli qo‘zg‘aladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, ichki quloqning yarimdoira kanal-
chalari va xaltasimon tuzilmalardagi retseptorlarning har qaysisi
ma’lum bir harakatlarda qo‘zg‘alish xususiyatiga ega. Odamning
muvozanat organi normal rivojlangan va sog‘lom bo‘lsa, uning
turli xil murakkab harakatlari, fazoda turli holatlarda bo‘lishi
noxush hollarni yuzaga keltirmaydi. Bu organ yaxshi chiniq-
tirilgan bo‘lsa, odam har qanday silkinish, tebranish, aylanish
harakatlariga va samolyotda uchishga, suv kemalarida yurishga
bardoshli bo‘ladi.
Muvozanat organi funksiyasining buzilishi. Muvozanat
organining funksiyasi har xil kasalliklar, shikastlanish hamda
bu organning yoshlikdan chiniqtirilmaganligi tufayli buziladi.
Odam harakati biroz tezlashganda, aylanganda, tebranganda,
transportda yurganda bosh aylanishi, ko‘z tinishi, yurak urishi
tezlashishi, qon bosimi pasayishi, rang oqarishi, ko‘ngil aynishi
va qusishi, ba’zan esa hatto hushidan ketishi mumkin.
Vestibular analizatorni chiniqtirish tadbirlarini yoshlikdan
boshlash zarur. Bolani beshikda va belanchakda tebratish, so‘ngra
velosiðedda yurishni mashq qildirish, karuselda aylanish, suvda
suzish, yugurish, sakrash, gimnastika mashqlari va sport o‘yin-
lari bilan shug‘ullanish, raqsga tushish kabilar bu organni
chiniqtiradi.
1. Muvozanat organining tuzilishi va funksiyasini tushuntiring.
2. Muvozanat organining funksiyasi buzilganda odamda qanday noxush
belgilar paydo bo‘ladi?
3. Muvozanat organi qanday chiniqtiriladi?
4. Muvozanat organining markazi qayerda joylashgan?

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling