Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


- rasm. Asosiy mimika harakatlari


Download 2.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/129
Sana27.08.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1670536
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   129
Bog'liq
odam va uning salomatligi 8 uzb

70- rasm. Asosiy mimika harakatlari:
— osoyishta chehra;— tabassum; — xushchaqchaq chehra;
— savol ma’noli chehra; — e’tibor; — o‘ylash; — nafratlanish;
— qayg‘u;— yig‘i.
1
2
3
4
5
6
7
8
9


123
larning xususiyatlarini va hokazo. Albatta, bunda har bir odam
nerv sistemasining individual xususiyatlari, tajribasi, malakasi
kabilar muhim rol o‘ynaydi.
Uzoq muddatli xotirada ta’sirning izi miya hujayralarida uzoq
muddat davomida, ba’zilari umr bo‘yi saqlanadi. Sodir bo‘lgan
voqealarning eslab qolinishi ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo‘ladi. Ixtiyorsiz
eslab qolish odamning xohishiga bog‘liq emas, bunda odam uchun
ahamiyatga ega bo‘lmagan ba’zi o‘tkinchi, tasodifiy ta’sirlar ma’lum
vaqt davomida saqlanib qoladi. Ixtiyoriy eslab qolishda odam tashqi
muhitdagi voqealarni, ta’sirni tanlab, ularning kerakligini, zaru-
rini, xohlaganini xotirada saqlaydi. Voqealar, ta’sirlar ko‘p bo‘l-
ganida ularning hammasi esda qolmaydi. Ko‘p yoki oz voqea ta’sirini
eslab qolish va ularni oz yoki ko‘p muddat davomida saqlash har
bir odamning individual qobiliyatiga hamda voqealarning ahamiyatiga
bog‘liq. Bundan tashqari, har bir ta’sir (axborot, voqea) qancha
ko‘p takrorlansa, shuncha uzoq vaqt esda qoladi. Shu bilan birga,
har bir odam nerv sistemasining xususiyatlariga ko‘ra, voqealarni
eslab qolishi har xil bo‘ladi.
1. Odamning nutqi va fikrlash qobiliyati qanday rivojlanadi?
2. Odam xulq-atvorining shakllanishi nimalarga bog‘liq?
3. Hissiyot va uning turlarini hamda sodir bo‘lishini tushuntiring.
45- §. Uyqu va uning ahamiyati
Uyquning fiziologik tabiati. Uyqu bosh miya katta yarimsharlari
po‘stloq qismidagi nerv markazlarining tormozlanishi natijasida hosil
bo‘ladigan fiziologik holatdir. Uyqu vaqtida analizatorlarning faoliyati
pasayadi yoki butunlay yo‘qoladi, ya’ni ko‘rish, eshitish, hid va
ta’m bilish, harakatlanish, terining issiq-sovuqni, siypalashni,
kuchsiz og‘riqni sezish xususiyatlari deyarli yo‘qoladi. Uxlagan
odamda oliy nerv faoliyatiga xos bo‘lgan fikrlash, ong, tashqi
muhitdagi voqealarni, o‘zgarishlarni sezish, ular to‘g‘risida xulosa
qilish qobiliyati deyarli yo‘qoladi. Shartli reflekslar hosil bo‘lmaydi.
Shuni ta’kidlash lozimki, uyqu vaqtida markaziy nerv sistemasi-
ning quyi qismlari, ya’ni orqa miya, uzunchoq, o‘rta, oraliq miya-
dagi markazlarning ish faoliyati butunlay yo‘qolmaydi. Ma’lum
darajada pasayadi, chunki bu markazlar odamning hayotini
ta’minlaydigan organlar (yurak-qon tomir, nafas olish tizimi,
buyrak, endokrin sistemasi kabilar) ishini boshqaradi. Shuning
uchun uyqu vaqtida bu organlarning ishi pasayadi, xolos.


124

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling