Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


 Markaziy nerv sistemasidagi tormozlanish jarayonini qanday tushunasiz? 2


Download 2.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/129
Sana27.08.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1670536
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   129
Bog'liq
odam va uning salomatligi 8 uzb

1. Markaziy nerv sistemasidagi tormozlanish jarayonini qanday
tushunasiz?
2. Òashqi tormozlanish turlarini ayting va misollar keltiring.
3. Ichki tormozlanishning qanday turlari bor va ular qanday tarbiya-
viy ahamiyatga ega?
4. Shartli refleksning tormozlanishi qanday ahamiyatga ega?
43- §. Oliy nerv faoliyati — odam
xulq-atvorining asosi
Odamning xulq-atvori, aql-idroki, fikrlashi, ongi, bosh-
qalar bilan muomalasi va shu kabi barcha ruhiy xususiyatlarini
uning oliy nerv faoliyati belgilaydi. Oliy nerv faoliyati bosh
miya katta yarimsharlari va ularning postlog‘ida joylashgan nerv
hujayralari (nerv markazlari)ning qo‘zgalish, tormozlanish
jarayonlarining kuchiga, tarqalish tezligiga hamda ularning bir-
biriga munosabatiga bog‘liq.
I. P. Pavlov ko‘p yillik ilmiy kuzatishlari asosida miyaning nerv
hujayralaridagi qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlarining ku-
chiga, tarqalish tezligiga va ularning bir-biriga munosabatiga ko‘ra,
odam oliy nerv faoliyatini quyidagi 4 tiðga bo‘lgan.
1. Kuchli qo‘zg‘alish, tormozlanishdan ustun bo‘lgan
muvozanatsiz tið (xolerik). Bu turga kiruvchi bolalar tinib-tinchimas,
serharakat, boshqalar bilan tez o‘rtoqlashib, tez urishib qoladi-
gan, arzimas narsaga yig‘lab, o‘zidan o‘zi kuladigan xususiyatga
ega bo‘ladi. Bunday bolalarning zehni yaxshi bo‘ladi-yu, ammo
xulq-atvori juda murakkab bo‘lib, ularning tarbiyasi ota-ona,
o‘qituvchilar uchun ancha qiyinchilik tug‘diradi.
2. Kuchli, muvozanatlashgan, harakatchan tið (sangvinik). Bu
turga kiruvchi bolalar qobiliyatli, zehnli, ishchan, har bir ishni
tezroq bajarishga intiladigan, atrofidagi kishilar va o‘rtoqlariga yaxshi
munosabatda bo‘ladi.
3. Kuchli, muvozanatlashgan, kamharakat tið (flegmatik). Bu
tur vakillari qobiliyatli, zehnli, yuvosh bo‘ladi, har bir ishni
nihoyasiga yetkazib, shoshmasdan bajaradi, xulq-atvori, atrofdagi
kishilar va o‘rtoqlari bilan munosabati yaxshi bo‘ladi.


120
4. Kuchsiz, muvozanatlashmagan, tormozlanish qo‘zg‘alishdan
ustun tið (melanxolik). Bu turdagi bolalar kamharakat, ishyoqmas,
qo‘rqoq, mustaqil fikrga ega bo‘lmagan, fikrlash qobiliyati past
bo‘ladi.
Oliy nerv faoliyatining yuqorida ko‘rsatilgan turlari tug‘ma,
ya’ni nasldan naslga berilgan bo‘ladi. Bu belgilar, asosan, bola-
ning yoshlik davrlarida yaqqolroq ko‘rinadi, yoshi kattalashgan
sari tashqi muhit, ota-ona, o‘qituvchilar va atrofdagi kishilarning
tarbiyaviy ta’siri natijasida o‘zgaradi.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling