Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov
Download 2.89 Mb. Pdf ko'rish
|
odam va uning salomatligi 8 uzb
Refleks turlari. Reflekslar yuzaga kelish sababiga, ahamiyatiga,
natijasiga va boshqa xususiyatlariga ko‘ra quyidagi turlarda bo‘ladi: 1. Biologik ahamiyatiga ko‘ra: — ovqatlanish reflekslari — organizmni ovqat bilan ta’min- lashga qaratilgan; — himoyalanish reflekslari — organizmni tashqi muhitning noqulay ta’sirlaridan himoya qilishga qaratilgan; — mo‘ljal olish refleksi — notanish joylarga borib qolganda odam o‘zi turgan joyni, yo‘lni aniqlashga qaratilgan; — jinsiy reflekslar — nasl qoldirishga qaratilgan. 2. Reflekslar natijasiga ko‘ra, musbat va manfiy bo‘ladi: — musbat reflekslar ma’lum bir ishni bajarishga qaratiladi. Masalan, yurish, yugurish, ovqatlanish, o‘qish, yozish, gapirish va hokazo. Svetoforning yashil chirog‘ida odam harakat qilib ko‘chani kesib o‘tadi. O‘qituvchi o‘tgan darsni so‘raganda o‘quvchi o‘rnidan turib javob beradi; — manfiy reflekslar odam harakatini, bajarayotgan ishini ma’lum vaqt to‘xtatishga (tormozlashga) qaratilgan. Masalan, svetoforning qizil chirog‘i yonganda odam harakatdan to‘xtab, to yashil chirog‘i yonguncha kutib turishi bunga misol bo‘ladi. 3. Foydali va zararli shartli reflekslar: — foydali shartli reflekslar odamning o‘zi uchun, jamiyat uchun foydali ishlarni bajarishga qaratilgan. Bularga yuqorida aytilgan musbat va manfiy shartli reflekslar misol bo‘ladi; — zararli shartli reflekslar noto‘g‘ri tarbiya natijasida paydo bo‘ladi. 117 4. Birinchi va ikkinchi signal sistemasining shartli reflekslari. Birinchi signal sistemasiga ko‘rish, eshitish, hid va ta’m bilish, og‘riq sezish kabilar kiradi. Tashqi va ichki ta’sirlar ana shu sezgi organlariga ta’sir etishi natijasida paydo bo‘lgan shartli reflekslar birinchi signal sistemasining shartli reflekslari, deb ataladi. Masalan, svetoforning yashil va qizil chirog‘ining yonib- o‘chishi, darsga kirish va chiqish qo‘ng‘irog‘ining tovushi, ovqatning ta’mi va hidi kabilarga shartli reflekslarning hosil bo‘lishi. Ikkinchi signal sistemasi, hayvonlardan farqli o‘laroq, odamda og‘zaki va yozma nutqning mavjudligidir. Og‘zaki va yozma nutqning ma’nosiga qarab odamda har xil shartli reflekslar hosil bo‘ladi. Og‘zaki nutq bosh miya po‘stloq qavatining chakka sohasidagi eshitish markaziga, yozma nutq esa bosh miya po‘stloq qavatining ensa sohasidagi ko‘rish markaziga ta’sir qiladi. Download 2.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling