Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


Òishlar, ularning tuzilishi va gigiyenasi


Download 2.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/129
Sana27.08.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1670536
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   129
Bog'liq
odam va uning salomatligi 8 uzb

Òishlar, ularning tuzilishi va gigiyenasi. Òishlar ikki xil bo‘ladi:
sut tishlari — 20 ta, doimiy tishlar — 32 ta. Sut tishlari bolaning
olti oyligidan ikki yoshigacha chiqadi. Bola olti yoshligidan to o‘n
ikki yoshigacha sut tishlari tushib, ularning o‘rniga doimiy tishlar
chiqadi. Doimiy tishlar soni 32 ta bo‘lib, yuqori va pastki jag‘da 16
tadan, jag‘larning o‘ng va chap tomonida 8 tadan bo‘ladi. Shulardan
oldingi 2 tasi kesuvchi (kurak), bittasi qoziq, ikkitasi kichik oziq
tish va uchtasi katta oziq tishlardir. Doimiy tishlarning 28 tasi 12—14
yoshgacha chiqadi. 4 tasi, ya’ni yuqori va pastki jag‘lardagi oxirgi
katta oziq tishlar (aql tishlar) 18 yoshdan keyin chiqadi (42- rasm).
Òish uch qismdan iborat: tish toji (koronka), bo‘yni va ildizi.
Òishning ko‘rinib turgan tashqi qismi koronka deb atalib, u oq
emal moddasi bilan qoplangan. Bu modda tishga qattiqlik xususiya-
tini beradi. Òishning milk bilan birikkan joyi uning bo‘yin qismi
deb ataladi. Òishning ildiz qismi jag‘ suyaklariga birikkan bo‘ladi.
Òishning ichki qismida bo‘shliq bo‘lib, u yerda qon tomirlari va
nerv tolalari joylashgan (43- rasm). Zararlangan tish o‘z vaqtida
davolanmasa, chirigan tishdagi mikroblar qonga o‘tib, yurak, buy-
rak, jigar va miya kabi hayotiy muhim organlarda og‘ir kasallik-
larni keltirib chiqarishi mumkin (44- rasm).
42- rasm. Og‘iz bo‘shlig‘i:
1— yuqorigi jag‘ tishlar; 2— pastki
jag‘ tishlar; 3— tomoqdagi bodom-
simon bez; 4— til; 5— yumshoq
tanglayning tilchasi6 —yum-
shoq tanglay; 7 — qattiq tanglay.
43- rasm. Katta oziq tishning
tuzilishi:
1— emal qavati; 2— dentin
qavati; 3 segment qavati;
— qon tomirlari; 5 — nerv
tolalari.


68
Òishlarning sog‘lom bo‘lishi ovqatni chaynash, yutish va hazm
qilish, nutqning ravon bo‘lishi, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz qilishda
ham muhim ahamiyatga ega. Òishni sog‘lom saqlash uchun har
kuni uxlash oldidan tishni tish pastasi yoki tish kukuni bilan
tozalash lozim.
Òil  og‘iz bo‘shlig‘ida joylashgan, muskuldan tashkil topgan
organ bo‘lib, u ovqatni aralashtirib, tomoq tomonga o‘tkazish va
uning ta’mini aniqlash vazifasini bajaradi. Òilning eng muhim
vazifalaridan biri so‘zlarning ravon talaffuz qilinishini ta’minlashdir.
Òil uch qismdan: uchi, tanasi va ildizdan iborat. Òilning ustini
qoplagan shilliq qavatda sezuvchi nerv tolalarining uchlari bo‘lib,
uning uchida, asosan, shirin, ildiz qismida achchiq, yon
tomonlarida sho‘r va nordon ta’mlarni sezuvchi retseptorlar bo‘ladi.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling