Odam va uning salomatligi 8 B. Aminov, T. Tilavov, O. Mavlonov


 Òamaki tarkibida qanday zaharli moddalar bor va ular nafas organlariga qanday ta’sir ko‘rsatadi? 37- rasm. „Og‘izdan og‘izga“


Download 2.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/129
Sana27.08.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1670536
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   129
Bog'liq
odam va uning salomatligi 8 uzb

3. Òamaki tarkibida qanday zaharli moddalar bor va ular nafas
organlariga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
37- rasm. „Og‘izdan og‘izga“
usulida sun’iy nafas
oldirish.


63
5- laboratoriya mashg‘uloti
1. Ko‘krak qafasining harakatini kuzatish
Z a r u r a s b o b v a j i h o z l a r : santimetrli o‘lchov tasmasi,
sekundomerli soat.
I s h n i b a j a r i s h t a r t i b i
1. Bir o‘quvchi tekshiriluvchi sifatida olinadi va u belidan yuqori ustki
kiyimini yechib stulga o‘tiradi.
2. Tekshiruvchi (o‘qituvchi yoki o‘quvchi) tekshiriluvchi normal nafas
olayotganida ko‘krak qafasining harakatini kuzatadi.
3. Ko‘krak qafasi va qorinning nafas olishdagi harakatiga qarab, soatning
sekundomeri yordamida bir minutda nafas olish soni aniqlanadi.
4. Nafas olganda va chiqarganda ko‘krak qafasi aylanasining o‘zgarishi
quyidagicha aniqlanadi: tekshiriluvchi tik holatda normal nafas olganida,
ko‘krak qafasining aylanasi santimetrli o‘lchov tasmasi bilan o‘lchanadi
(buning uchun tasmaning yuqorigi qirrasi orqa tomonidan kurakning ostiga,
oldingi tomonidan ko‘krak bezining ostiga qo‘yiladi). So‘ngra chuqur nafas
olganda ko‘krak qafasining aylanasi o‘lchanadi; undan keyin chuqur nafas
chiqarganda ko‘krak qafasining aylanasi o‘lchanadi.
Tajriba natijalarini o‘quvchilar daftarlariga yozib oladilar.
2. Nafas bilan chiqariladigan havo tarkibidagi karbonat angidrid
(CO
2
)ni aniqlash
Z a r u r a s b o b v a j i h o z l a r :  ikkita toza probirka, nay, paxta,
distillangan suv, ohakli suv (oldindan bir stakan suvga ozroq ohakni
eritib tayyorlab qo‘yiladi).
I s h n i b a j a r i s h t a r t i b i
1. Probirkaning bittasiga distillangan suv, ikkinchisiga ohakli suv quyib
shtativga joylashtiriladi.
2. Tajriba o‘tkazuvchi (o‘quvchi yoki o‘qituvchi) chuqur nafas olib,
distillangan va ohakli suv quyilgan probirkaga navbat bilan puflaydi. Puflash
8—10 minutdan so‘ng takrorlanadi.
3. Asta-sekin probirkadagi tiniq ohakli suvning rangi o‘zgarib
xiralashadi, distillangan suvning rangi o‘zgarmaydi. Ohakli suvning rangi
loyqalanib, xiralashib qolishiga sabab shuki, nafas bilan chiqarilgan havo
tarkibidagi karbonat angidrid (CO
2
) ning erigan ohak tarkibidagi Ca (OH)
2
ga ta’siri natijasida CaCO
3
hosil bo‘ladi.


64

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   129




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling